133
barcha olmosning (yiliga 100 mln karat) 10 % i JAR ga tegishli. JAR yiliga 3,5 ming
t. uran qazib oladi va bu soha bo’yicha u dunyoda Kanada va AQSH dan keyin 3-
o’rinda turadi.
Mamlakatda yiliga 3,5 mln t. xrom rudasi, 3,7 mln t. marganes, 10 mln karat
olmos va boshqa foydali qazilmalar qazib olinadi.
JAR da yiliga 100 mlrd kVt/s elektr energiyasi hosil qilinadi. Uning asosiy
qismini Vitvatersrand rayonidagi IES lar va Keyptaun AES i beradi. Asosiy sanoat
tarmoqlari: qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, ximiya, engil, oziq-ovqat
sanoatlari.
Yirik sanoat markazlari: Yoxannesburg, Pretoriya, Keyptaun, Durban, Ist-London,
Port- Elizabet, Nyukasl.
JAR ni barcha hududini birday iqtisodiy rivojlangan deb bo’lmaydi. Chunki,
“aparteid” (alohida rivojlanish) siyosiy chuqurlashgan davrda, ya’ni 1976-1981 yillar
sovuq rezervasiyalar o’rnida 10 ta “qoralar mustaqil davlati” yoki bandustan tarkib
topgan. U erlarda sosan “qora tanlilar” yashaydi. Erlari kam unum, qishloq xo’jaligi
esa kam mahsul. Yirik shaharlari yo’q. JAR dagi unumdor erlarning 87 % i oq
tanllarga qaraydi.
Shunday qilib, JAR xo’jaligida iqtisodiy rivojlangan mamlakatni ham, iqtisodiy
rivojlanayotgan mamlakatni ham ko’rish mumkin. Shuning uchun JAR iqtisodi 2
yoqlama mamlakat deyiladi. Qishloq xo’jaligida asosiy o’rinda dehqonilik turadi.
Mamlakatda yiliga 15 mln t. g’alla etishtiriladi. G’allaning 4/5 qismini makkajo’xori
tashkil etadi. JAR da yiliga 2 mln t. bug’doy, 500 000 t. sargo etishtiriladi. G’alladan
tashqari yana eryong’oq, tamaki, kungaboqar, paxta, sitrus mevalari ham etishtiriladi.
JAR da 13 mln bosh qoramol, 31 mln bosh qo’y, 1,5 mln bosh cho’chqalar
boqiladi. Chorvachilikning bunday rivojlanishida Evropaliklarning roli yuqori.
Transporti. Avtomobil transporti mamlakat ichkarisida yo’lovchi va yuk tashishda
muhim ahamiyatga ega. Avtoyo’llarning umumiy uzunligi 40 ming km. Temir
yo’llarning yuk tashishdagi roli yuqori. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 23 ming
km dan ortiq.
Havo transporti yaxshi rivojlangan bo’lib, eng yirik universal porti Durban porti,
eng yirik ko’mir va ruda eksport qiluvchi mahsus porti Richards- Bey portidir.
Mazkur portlardan yiliga 50100 mln t. yuk o’tadi. Port-Elizabet va Keyptaun portlari
kichikroq portlardir.
Asosiy eksportiN temir, marganes, xrom, nikel, oltin, mis, foforit, ko’mir, uran,
olmos, makkajo’xori, chorva mahsulotlari.
Asosiy importi: mashina va jihozlar, ximiya sanoati mahsulotlari, bug’doy, sanoat
buyumlari.
Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya.
Pul birligi – rand.
Dostları ilə paylaş: