96
sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Shuningdek, Lvovda LAZ
ishlab chiqariladi.
3.Janubiy rayonda mashinasozlik, agror-industrial va baliqni qayta ishlash
sanoatlari, kemasozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va kurort xo’jaligi
rivojlangan.Janubiy rayonda kinoapparaturalar (Xersones), traktor pluglari, uzum
etishtirish, konservalar ishlab chiqariladi.
Iqlimiy sharoitlari bu rayonda kuzgi bug’doy, arpa, kungaboqar, hatto sholi
etishtirish imkonini beradi. Qoradengiz sohillarida ayniqsa Qrimda turizm
rivojlangan: Yalta, Alushta, Gurzuf, Misxar, Sudak, Evkatariya, Odessa.
Ukrainada gidroenergiya resurslari faqat Dnepr daryosida mavjud, ya’ni GES
lar asosan shu daryoda qurilgan. Elektr energiyasining asosiy qismini IES lar
beradi. IES lar asosan ko’mirga, qisman torfga (shimolda) ishlaydi. Ukrainada 5 ta
AES lar qurilgan (170 mlrd kVt/s-2006y).
Tashqi savdosi: Ukraina yiliga 135 mln tonna ko’mir qazib oladi va uning
asosiy qismini Horijiy Yevropa davlatlariga eksport qiladi. Yiliga 100 mln t. temir
rudasi qazib oladi (dunyoda 5- o’rinda) va uning taxminan 5 % ini eksport qiladi.
Po’lat eksporti bo’yicha dunyoda 5-o’rinda (yiliga 53 mln t.-1990yil, 37 mln t.
-2006 yil). Po’latni Horijiy Yevropaga eksport qiladi.
Ukraina tashqi savdosining asosiy qismini MDH va Horijiy Yevropa
davlatlariga to’g’ri keladi.
Asosiy eksporti: ko’mir, qora metall, shakar qand, g’alla, mashina va jihozlar
(Kraz, Zaparojes, LAZ, Xerson), ximiya mahsulotlari, kino va fotoapparaturalar
(Kiev, Xarkov).
Asosiy importi: o’rmon mahsulotlari, mashinalar, qog’ozlar, baliq, gazmollar
(lama), neft, gaz, paxta.
Ukraina hududidan “Soyuz” gaz quvuri “Do’stlik” neft quvuri, “Mir”
energetika sistemasi, “Bratstva” gaz quvurlari Horijiy Evropaga o’tgan.
Temir yo’l va dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Pul birligi – grivna.
O’zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasida eksportning
7,2 % i, importning 11,6 % i Ukraina hissasiga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: