Jaxon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishi reja: Jahon xo’jaligi sub‘ektlari



Yüklə 52,97 Kb.
səhifə12/14
tarix20.11.2023
ölçüsü52,97 Kb.
#164461
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Jaxon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishi reja Jahon xo’-fayllar.org

Tariflarni yoqlovchi xamda ularga qarshi fikrlar. Tarif va

ishlab chiqarish subsidiyalari

Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import tariflari:


  • mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi;


  • mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta’minlaydi va yalpi talabni rag’batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o’sadi va joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi xolati yaxshilanadi;


  • milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;


  • davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi;


  • milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi;


  • iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va h.k.


Milliy iqtisodiyotning tiqlanishi sharoitida ko’pgina davlatlar o’z ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm siyosatini qo’llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tug’diradi.


Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O’zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istiqbolli soha hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoya qilinadi. Tarmoqni tarifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz.
TO’LOV BALANSINING MOHIYATI VA TARKIBI
Reja:


  1. To’lov balansining mohiyati va tarkibi


  2. Makroiqtisodiy modellarda to’lov balansining ahamiyati



1. To’lov balansining mohiyati va tarkibi
To’lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o’rtasida bo’ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo’nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo’nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to’lov balansida o’z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to’lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to’lovlar ko’rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to’lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bog’liq bo’ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valyuta bo’lishi mumkin.
4-jadval

Yüklə 52,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin