Jdpu suhbat 21-40-savollarga javoblar 21. Bemorlarning shaxsiy gigiyenasi



Yüklə 36,26 Kb.
səhifə3/10
tarix08.08.2023
ölçüsü36,26 Kb.
#138904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
240 talik JDPU 21-40

25. Limfa sistemasi (lotinchasystema lymphaticum) — odam va umurtqali hayvonlarda toʻqima va aʼzolardan limfa olib ketib, venoz sistemasiga quyadigan kapillyarlar va boshqa tomirlar, tuzilmalar. Odamning limfa sistemasi — limfa kapillyarlari turi, limfa tomirlari chitali, limfa tugunlari hamda ikkita limfa yoʻlidan tashkil topgan. Limfa sistemasi toʻqimalararo suyuqlikning ortiqchasini chiqarish va uni venoz oqimga qayta oʻtkizishda, toʻqimalardan kapillyar qon tomirlarga soʻrilmagan oqsil moddalar, kolloid eritmalarning oʻzlashtirilishida qatnashadi. Limfa sistemasi yuraktomir sistemasiga kiradi. Limfa kapillyarlari bosh qismi berk sirtmoq va boʻrtmalar hosil qiluvchi turli shakldagi naychalardan iborat. Ular bosh va orqa miya, taloq, togʻay, koʻz oqi hamda gavhari va platsentadan tashqari barcha aʼzolarda mavjud. Limfa kapillyarlarining diametri qon tomir kapillyarlarnikidan bir necha marta ortiq. Ular devori yuqori oʻtkazuvchanlikka ega.
26. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin sog’liqni saqlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar?
Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishildi.O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i takomillashtirilmoqda.Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarning irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi. Natijada 1991 — 2017-yillarda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi 20 foizga, onalar va chaqaloqlar o‘limi 3,1 barobar kamaydi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1995-yilga nisbatan 4,6 yilga oshdi va bugungi kunda 73,7 yilni tashkil etmoqda.

Yüklə 36,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin