Arterial qon bosimini oʻlchash yurak tomirlar va nafas tizimi kasalliklarida qoʻllaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi. Sogʻlom, katta yoshli odamlarda arterial bosim qator sabablarga, ayniqsa yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlari va shunga oʻxshaganlarga koʻra oʻzgarib turadi. Sistolik bosim 120dan 140mmgacha, diastolik bosim esa 70-90mmgacha simob ustuni atrofida oʻzgarib turadi. Ertalab arterial bosim 5-10mm simob ustuniga past boʻladi.
Qon bosimini oʻlchovchi 2 xil asbob mavjud:
1)Koʻrsatkichli qon bosimini oʻlchaydigan asbob(manometr).
2)Simobli qon bosimini oʻchaydigan asbob(sfigmomanometr).
Qon bosimini oʻlchash ketma-ketligi
Odam oʻzini xotirjam tutishi kerak. Yaqinda qilingan mashqlar, achchiqlanish yoki xavotirlanish qon bosimining ortishiga va notoʻgʻri maʻlumot olinishiga olib keladi. Odamning xavotirlanmasligi va qoʻrqmasligi uchun shifokor unga nima qilmoqchi ekanligini tushuntirish kerak.
Odam qoʻlining yuqori qismiga asbobning yengini oʻrnatish lozim.
Rezinali balonchaning burchagini berkitish kerak.
Bosimni simob ustunining 200mmdan ortadigan qilib koʻtaradi.
Fonendoskop tirsakning ichki tarafiga qoʻyiladi.
Havoni asta-sekin qoʻyib yuborib, qon tomirining urishini diqqat bilan eshitish lozim. Asbobning koʻrsatkichi (yoki simob darajasi)asta tusha boshlaganda yuqori va pastdagi oʻlchamlarga eʻtibor qaratiladi.
Artеrial puls (lotincha pulsus-zarb), artеriyalar dеvorining davriy (ritmik) tеbranishi, yurak ish faoliyati natijasida yuzaga kеladi. Yurak chap qorinchasi sistolasi vaqtida qonning aorta devoriga urilishi natijasida yuzaga keladigan tebranish arterial pulsdir. Puls ko`pincha bilak va tirsak artеriyasida, tashqi uyqu arteriyasida, chakka arteriyasida, son, taqim, tovon arteriyasida (pеrifеrik puls dеb nomlanadi) aniqlanadi, chunki bularda artеriya yuza joylashadi. Normada kattalarda tinch holatda puls ritmik, ikkala qo`lda bir xil paypaslanadi.
Bilak artеriyasida pulsni aniqlash. bir daqiqada 60-90 ta bo`ladi. Meyorda insonlarda puls soni 60-90 tagachadir. Puls to’lqini 90 dan ko’paysa taxikardiya va 60 dan kamaysa bradikardiya deb yuritiladi.