31. Antiseptika -jaroxatga tushgan mikroblarga qarshi kurashish chora tadbirlar yigʻindisi, jarohatlarni va ularni tozalab davolashda ishlati-ladigan asboblarni kimyoviy moddalar bilan yuqumsizlantirish usuli. 1867-yilda ingliz olimi J. Lister fransuz bak-teriologi L. Paster tajribalariga asoslanib operatsion xona havosidagi, jarroh qoʻlidagi va jarohatga ishlati-ladigan narsalar (doka, jarrohlik asboblari) dagi bakteriyalarni yoʻqotish bilan jarohatlarni koʻpgina asoratlardan saqlab qolish mumkin, degan xulosaga keldi. Buning uchun u 5% li karbol kislota eritmasiga hoʻllangan bir necha qavat bogʻlov ishlatdi. Antiseptik kimyoviy preparatlar yuza va chuqur qoʻllaniladi. Yuza Antiseptika.da jarohat va boʻshliklar xlora-min, xloratsid, vodorod peroksid, kaliy permanganat va boshqa moddalar eritmasi bilan yuviladi yoki jarohat yuzasiga antisep-tik mazlar (mas, A. V. Vishnevskiy mazi) surtiladi. Chuqur A.da esa avj olayotgan jarohat atrofidagi teri ostiga anti-septik suyuqliklar (furatsilin, rivanol va boshqa eritmalar), teri osti, muskul orasi yoki venaga antibiotiklar singari antiseptik moddalar yuboriladi.
32. Zamonaviy o’rta tibbiyot xodimining kasbiy kompetensiyalari? - :_ Tibbiyot xodimlari kasbiy kompetentligining to‘liq tuzilmasi motivasion-yo‘naltiruvchi bo‘g‘in, rivojlantiruvchi, tuzatuvchi korreksion va kasbiy maslahat xarakteriga ega bo‘lganligi bilan xarakterli kompetensiyalarga ega bulishi kerak
Yuqoridagilarga asoslanib, yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarni umumlashtirgan holda tibbiyot xodimlari sotsial intellekti va sotsial-psixologik kompetentligini
1. Sotsial intellektga ega bulish- tibbiyot xodimlari sotsial intellektining kasbiy kamolotdagi holatini yanada chuqurroq tushunish imkonini berdi.
2. Tibbiyot xodimlari sotsial intellektini umumiy intellekt, emotsional intellekt, empatiya, ekspert baholash bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganilganligi natijalari singari sotsial-psixologik kompetentlik ko‘rsatkichlarida ham bosqichlanish kuzatildi vabelgilanadi
33. Aseptika (yunoncha a — inkor qoʻshimchasi va septicos — yiringli) — mikrobsizlik holatini taʼminlaydigan usullar; fizik (kuydirish, nur, qaynatish, muzlatish), kimyoviy (antiseptik moddalar bilan taʼsir etish), mexanik, biologik va kimyoviy. usullar bilan amalga oshiriladi. Aseptikaga nemis olimi E. Bergman asos solgan. Aseptika turli murakkab jarroxlik operatsiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz bajarishga imkon beradi. Aseptikaga quyidagilar kiradi: a) jarrohlik asboblari, bogʻlov materiallari va b.ni sterillash; b) jarroh qoʻlini maxsus usullarda yuvish va tozalash; v) operatsiya va b. tekshirish ishlarini bajarish vaqtida koʻrsatilgan qonun-qoidalarga qatʼiy amal qilish; g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish. Aseptika antiseptika usuli bilan birga olib boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki b. jarohatlarni bogʻlash vaqtida ham Aseptika qonunqoidalariga amal qilish lozim. Aseptika tibbiyotning barcha sohalarida qoʻllaniladi