SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
309
tajribalarni qo„llash orqali yoshlarimizda teran fasafiy tafakkur, ilmiy mushohadalarga
chorlovchi g„oyalar asosida mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllanishiga xizmat qiladigan
shart-sharoitlarni yaratib berilganligi bilan bog„liqdir. Buning uchun, ta‟lim tizimida o„zaro
aloqadorlik, integratsiyani ta‟minlash va tizimining barcha sohalarida
nazariy hamda amaliy
ahamiyat kasb etadigan jarayonlarga yanada kengroq e‟tibor qaratish lozim bo„ladi.
Darhaqiqat, mustahkam va sifatli zamonaviy ta‟lim — bu barqaror iqtisodiy o„sish, fan,
texnika va texnologiyalarning rivoji, ijtimoiy xizmatlar sifatini ta‟minlashning garovi bo„lib
kelgan. Shuning uchun ham mamlakatimizda ta‟limga davlat siyosatining ustuvor
yo„nalishlaridan biri sifatida e‟tibor qaratish kundan-kun kuchayib bormoqda. Ayniqsa, bugungi
kunda ta‟lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sohani rivojlantirish davlatimiz
siyosatining bosh maqsadi sifatida qaralmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta‟lim tizimini yangilash va takomillashtirishga
qaratilgan izchil islohotlar olib borilayotgan ekan, bunday islohotlar
zamirida rivojlanayotgan
ta‟limning oldiga ham muhim vazifalarni yuklash taabiiy albatda. Bu borada pedagog olim
M.M.Xolmuxammedov o„zining “Professional ta‟lim tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida
modernizatsiya qilish” mavzusidagi maqolasida: “Tizim o„z oldiga hududlar va sohalar kesimida
iqtisodiy yuksalishga munosib hissa qo„sha oladigan o„rta bo„g„in kadrlarini tayyorlash,
yoshlarni malakali mehnat orqali o„z hayot farovonligini ta‟minlashga o„rgatish, o„z mehnat
faoliyatiga innovatsion va keriativ yondashish, yaratuvchanlik, intelektual, ma‟naviy potensialni
rivojlantirish kabi vazifalarni qo„yadi”,-deb yozadi[1].
Pedagog olim M.M.Xolmuxammedov tomonidan ilgari surilgan
yuqoridagi vazifalarga
tayangan xolda, ta‟lim tizimining asosiy maqsadlarini belgilab olish maqsadga muvofiqdir.
Darhaqiqat, bugungi Yangi O„zbekiston sharoitida ta‟lim tizimining asosiy vazifalari mazmunan
boyib borishi, ijtimoiy vazifalarining takomillashib borishi taabiiy xolatdir. Ana shunday
ijtimoiy vazifalardan biri, ta‟limda raqamli texnologiyalarni qo„llash va ulardan foydalanish
bo„yicha o„quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishning barcha komponentlarini o„zida
mujassamlashtiruvchi strategiyalarni ishlab chiqish, bugungi axborot
asrida tizimining bosh
maqsadini tashkil etmog„i zarur. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, mamlakatimizda bir qator
qonun hujjatlari va davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari qabul qilinib, amaliyotga joriy
etilmoqda.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan: “…mamlakat
taraqqiyoti uchun yangi
tashabbus va g„oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo„lgan,
intellektual va ma‟naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta‟lim tashkilotlari
bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo„lishlari uchun ularda zarur ko„nikma va bilimlarni
shakllantirish;
dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta‟lim tizimini
yo„lga qo„yish, darslik va o„quv qo„llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish,
ularning yangi
avlodini yaratish, o„quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;
ta‟lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-
o„qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o„rni va maqomini oshirish,
ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga
qarab moddiy
rag„batlantirish;
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
310
pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib
borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o„qish”
tamoyili asosida takomillashtirib borish;
ilmiy-tadqiqot va ta‟lim xizmatlarini ko„rsatish bo„yicha xususiy sektorning salmog„ini
kengaytirish, hududlarda nodavlat ta‟lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini
shakllantirish, ta‟lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo„llagan xolda ta‟limni
boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish,
elektron
resurslar va masofaviy ta‟limni yanada rivojlantirish, ta‟lim oluvchilar o„rtasida IT-sohasidagi
kasblarni ommalashtirish;
ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar
ko„lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag„batlantirish,
mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
ta‟lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta‟lim
tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo„yicha tizimli ishlarni amalga oshirish”,[2]
kabi O„zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta‟lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada
rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari belgilab berildi.
Dostları ilə paylaş: