JK 288m. 2 qismida zobit tarkibidagi shaxs tomonidan, praporshik, michman, kontrakt bo‘yicha xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan dezertirlik uchun javobgarlik belgilangan.
2.3 Halok bo‘layotgan harbiy kemani tashlab ketish jinoyati uchun javobgarlik
(JK 289-m.)
Jinoyatning bevosita ob’ekti bo‘lib katastrofa yoki avariyalarda, harbiy kema «halokatida» harbiy munosabatlarning o‘rnatilgan tartibi hisoblanadi.
Jinoyat ob’ektiv tomondan halok bo‘layotgan harbiy kemaning komandiri oxirigacha o‘z xizmat majburiyatlarini bajarmasdan, yoki kema komandasi tarkibidagi shaxs tomonidan komandirning tegishli farmoyishisiz tark etishida ifodalanadi.
Agar halok bo‘layotgan harbiy kemani komandiri o‘z xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmay amalda tark etgan vaqtdan boshlab yoki komandirning ruxsatisiz komanda a’zolari tomonidan kemani tark etgan vaqtdan boshlab jinoyat tugallangan deb tan olinadi.
Sub’ektiv tomondan halok bo‘layotgan harbiy kemani tark etish bevosita qasddan sodir etiladi. Komandir o‘z vazifalarini bajarmasdan yoki tula hajmda bajarmasdan kemani tashlab ketayotganini anglaydi va kemani tashlab ketishni istaydi. Agar aybning extiyotsizligi aniqlansa jinoiy javobgarlik mustasno etiladi.
Harbiy kemani komanda a’zolari tomonidan tashlab ketilishi ham bevosita qasddan sodir etiladi. Aybdor, harbiy kema komandirning komandasi yo‘q bo‘lishiga qaramasdan kemani tashlab ketayotganini anglaydi va shuni istaydi. Ehtiyotsizlik shaklidagi ayblar ham jinoiy javobgarlikni mustasno etadi.
Jinoyat sub’ekti komandir yoki harbiy kema komandasi a’zosi. Harbiy kema komandasi harbiy xizmatchilardan shakllanadi, ammo uning tarkibiga o‘quv yig‘inlari o‘tayotgan davrdagi harbiy majburiyatchilar ham kirishlari mumkin.
JK 289m. 2 qismida jangovor holatda sodir etilgan harbiy kemani tashlab ketganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi.
2.4 O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan buyin tovlash jinoyati uchun javobgarlik (JK 290-m.)
Jinoyatning bevosita ob’ekti harbiy xizmat o‘tashning urnatilgan tartiblarini ta’minlovchi jamiyat munosabatlaridan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |