Jismoniy madaniyat



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/11
tarix02.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#123850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BASKETBOL

To’xtashlar. Vaziyatga qarab o’yinchi, keskin yugurishlar va yugurish yo’nalishini o’zgatirishlar bilan bir qatorda raqib ta’qibidan bir oz bo’lsa ham qutilishga, bo’sh joyga chiqishga va keyingi hujum harakatlari uchun imkoniyatga ega bo’lish maqsadida kutilmagan (qo’qqisdan) to’xtashlardan foydalanadi.
To’xtalish ikki uslubda sakrab va ikki qadam bilan amalga oshiriladi.
Burilishlar. Hujumchi himoyachidan qutilish uchun, to’pni urib chiqarishidan saqlash uchun fintlarini ishlatib, so’ng savatga hujum qilish uchun burilishlardan foydalanadi. Burilishning ikkita oldinga va orqaga burilish usuli bor.
Oldinga burilish basketbolchi yuzi bilan qayoqqa qaragan bo’lsa, shu tomonga qadam tashlab o’tish yo’li bilan bajariladi, orqaga burilish esa – u orqasi bilan qaysi tomonga qadam tashlab o’tish yo’li bilan bajariladi.
To’p bilan bajariladigan usullar (texnikasi). To’p bilan bajariladigan usullar quyidagi texnik malakalarni: to’pni ilib olish, uzatish, urub yurish va to’pni savatga otishni o’z ichiga oladi.
To’pni ilib olish – bu malakaning yordamida o’yinchi ishonarli ravishda to’pni egallab olish va u bilan keyingi hujum harakatlariga kirishishi mumkin.
To’pni ilib olish, keyinchalik to’pni oshirib berish, olib yurish yoki otishni bajarish uchun ham dastlabki holat hisoblanadi, shuning uchun harakatlar o’z tuzilishsi bilan keyingi usullarni aniq va qulay bajarilishini ta’minlashi lozim. O’yinchi to’pni xali ilmay turib, uni keyin qayoqqa va kimga uzatishni bilishi kerak.
To’pni ikki qo’l bilan ilib olish. To’pni ikki qo’l bilan ilib olish, to’pni egallashning eng oddiy va shu bilan birga ishonchli usuli hisoblanadi.
Tayyorlov qismi: agar to’p o’yinchiga ko’krak yoki bosh balandligiga yaqinlashayotgan bo’lsa, unda qo’llarni to’pga qarshi chiqarish, bo’sh barmoqlar va panja bilan to’pni tutish, to’p hajmiga nisbatan kattaroq voronkani hosil etish kerak.
Asosiy qismi: to’p barmoqlarga tegish vaqtida unga panjalarni yaqinlashtirib, barmoqlar bilan ushlash kerak (kaft bilan emas), qo’llarni esa ko’krakka tortib, tirsak bo’g’inlarida bukish kerak. Qo’llarni bukish uchib kelayotgan to’pning urish kuchini pasaytiradigan amortizatsiyon harakat hisoblanadi.
Yakunlovchi qism: to’pni qabul qilgandan keyin gavdani yana ozgina oldinga tashlanadi: yoyilgan tirsaklar bilan raqibdan saqlanayotgan to’pni keyingi harakatlarga tayyorlash holatiga olib chiqiladi. Agar to’p ko’krak balandligidan ancha past uchib kelsa, unda o’yinchi to’pining uchish balandligiga pasaytirib, odatdagidan ko’ra pastroq o’tiradi
To’pni tortib olish. Agar himoyachi to’pni ushlab olishga erishsa, unga eng avvalo uni raqibning qo’lidan tortib olishga harakat qilish kerak. Buning uchun iloji boricha ikki qo’l bilan to’pni chuqurroq (kattaroq) ushlashi lozim, so’ng bir vaqtning o’zida gavda bilan burilib, keskin o’ziga siltab tortish kerak. To’pni raqibning qarshiligini yengishi yengillashtiradigan gorizontal o’qi atrofida aylantirish kerak
To’pni urib chiqarish. Hozirgi vaqtda to’pni urib chiqarish himoya usullarining maqsadga muvofiqligi va samaradorligi, shu usullarni bajarish paytida bir vaqtning o’zida himoyachi qo’lining to’p bilan – hujumchining qo’li bilan to’qnashish (tegishi)ga yo’l qo’yadigan o’yin qoidalarining ayrim punktlarining yangi izohlanishi sababli ancha o’sdi
Odatda hujumchi to’pga yetarli darajada tez chiqadi. Bunday holda himoyachi qisqa oraliqda mumkin bo’lgan maksimal tezlikni olib, uchayotgan to’p tomondagi yo’lda raqibning o’zi o’tishi kerak. Yelka yoki qo’llar bilan to’p tomonga raqib yo’lini kesadi va to’pga ega bo’ladi.
Hujumchi bilan turtishib ketmaslik uchun, himoyachi, uning yonidan zich (yopishgan) holda o’tayotib, yo’n tomonga ancha og’adi. To’pni egallagandan keyin xato qilib qoymasligi uchun darhol to’pni urib yurishga o’tishi ma’qul.
To’pni olib yurganda to’sib olib qo’yish. To’pni olib borayotgan hujumchiga himoyachi yetib olgan paytda amalga oshiriladi. Buning uchun unga to’pni urib yurishning tezligi maromi moslashishi kerak, so’ng esa, hujumchining orqasidan chiqib, undan bir lahza avval hujumchiga yaqinroq qo’li panjasiga sakrayotgan to’pni qabul qilish va o’zi to’pni urib yurishni davom ettirishi kerak, lekin boshqa yo’nalishda.
To’pni otish paytida ushlab olish. Bo’yda va sakrash balandligida hujumchi oldida ba’zi afzalliklarga ega bo’lgan himoyachi savatga otish paytida to’pni qo’ldan uchib chiqishiga halaqit qilishi kerak. Otishga qarshi harakat paytida himoyachi bevosita to’p yaqinida bo’lishi kerak. O’shanda bukilgan panjani to’pga yonidan – tepasidan qo’yishadi, natijada hujumchi savatga otishni bajara olmaydi.
To’pni to’sish o’yinchi sherikning straxovka qilishi davomida ham amalga oshishi mumkin. Masalan, markaziy o’yinchi to’pni olgan zahoti sakrab burilib savatga hujum qiladi. Biroq straxovka uchun tomonga boshqa himoyachi burilib, otishning asosiy davrini boshlang’ich paytida to’pni orqasidan to’sadi. To’pni ushlab olish paytida butun qo’l bilan (qo’llar bilan) yuqoridan pastga harakat qilishdan qochish kerak, ayniqsa, ikki yoki bir qo’l bilan pastdan tashlashga harakat paytida.
Sakrab savatga otish paytida to’pni qaytarish. Sakrab savatga to’p otishga samarali qarshi harakat eng qiyin vazifa hisoblanib, himoyachidan butun kuchni safarbar qilishini, mahoratini va e’tiborini talab qiladi. To’p barmoq uchlaridan chiqqanda va hujumchi tomonidan nazorat qilinmayotgan payt, to’pni halqa tomon uchish yo’nalishidan qaytarish uchun eng yaxshi payt hisoblanadi.
O’zining shchiti oldida (yoki ostida) sapchigan to’p uchun kurashda to’pni egallash. Hujumchi savatga to’p otganidan keyin himoyachi shchit tomonga raqib o’tishi mumkin bo’lgan yo’lni to’sishi, mustahkam holatni egallashi, so’ng esa sapchigan to’pni tez va o’z vaqtida egallash uchun sakrab, kurashish kerak. Sakrash ozgina yugurishdan keyin yoki joyida turib, ikki oyoq bilan bo’lganidek, bir oyoq bilan depsinib bajariladi. Baland sakrab va to’pni egallab, o’yinchi yerga tushayotganda, to’p yoki shchitga taalluqli bo’lgan qulay holatni raqibning egallashiga halaqit berish uchun kuchli kurashda oyoqlarni keng qo’yadi va gavdasini bukadi.
Fintlar va usullarning birga qo’shilishi. Basketbolning hozirgi zamon texnikasi analizi, odatda, ba’zi usullarni o’rganishga asoslanadi. Biroq musobaqalar amaliyotida hamma bu usullardan alohida ko’rinishda deyarli kam foydalaniladi. Aniq bir o’yin holatida qiyin taktik vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun ko’proq ulardan bir usulning ikkinchi usul bilan yoki fint bilan birin-ketin qoyilishi kompleksi qo’llaniladi.
Keskin yugurish finti – keskin yugurish. O’yinchi chap oyog’ini oldinga-chapga chiqarib qo’yadi, gavdasini chapga bir oz egadi va himoyachiga uni chap tomonga aylanib o’tishga tayyorlanayotganini ko’rsatgan holda xuddi o’sha tomonga qarashini (nigohini) o’tkazadi. Agar himoyachi fintga javob qaytarsa, u holda gavdani egish bilan himoyachi yonidan o’ng oyog’i bilan shiddatli qadam qoyish kerak.
O’tish uchun finti – o’tish. O’tishga imitatsiya qilib o’yinchi oldinga – chapga qadam qo’yadi, xuddi o’sha yo’nalishida qo’llar to’p bilan buriladi. Himoyachi fintga javob qaytarganda, o’yinchi darhol zarb bilan tepinib itariladi (turtiladi) va chap oyog’i qadami bilan himoyachi yonidan to’p bilan o’ng tomonga o’tib ketadi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin