Jismoniy madaniyat



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/11
tarix02.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#123850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BASKETBOL

1.2 O‘yin taktikasi tasnifi
Sport taktik tayyorgarligi - bu maxsus musobaqalashuv jarayonida biron-bir sport turi bo’yicha tizimli kurash olib borishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir.
Ushbu jarayon tanlangan sport turi bo’yicha umumiy holatni o’rganish, musobaqa nizomi va hakamlik mahorati, sportchilarni taktik mahorati, musobaqadan oldin o’z taktik malakasiga ega bo’lishi, mashg‘ulotlarda va nazorat musobaqalarda taktik usullarni qo’llash uchun zarur sharoitni yuzaga keltirishni o’z ichiga qamrab oladi. Taktik tayyorgarlik sportchi yoki jamoani ma’lum darajada natijaga erishganligida namoyon bo’ladi. Basketbol sport turida taktik tayyorgarlik turli o’yin kombinatsiyalarini o’rganishni talab qiladi. Kombinatsiya o’yinchilar tomonidan o’rganilgan va hamkorlikda kelishilgan jamoaviy tizim bo’lib, jamoadagi biron-bir basketbolchi xalqaga to’p tashlashi uchun sharoit yaratishdan iborat.
Taktika va texnikaning chambarchas, uzviy bog‘liqligi tufayli basketbol nazariyasi va amaliyotida qo’shma jumla bilan “texnik-taktik harakat” deb yuritish odat tusiga kirgan.

1-rasm.Jamoani hujumga o’tishda taktik joylashishi
Jamoadagi bir necha o’yinchilarning koordinatsion jihatdan muayyan maqsad sari muvofiqlashtirilgan va tartiblashtirilgan texnik-taktik harakatlari shu o’yinchilrning o’zaro taktik harakatlari deb izohlanadi. Jamoaning yaxlit (bir butun) taktik harakatlarini esa o’yin tizimi deb yuritiladi.
O’yin tizimi jamoaning barcha o’yinchilarini o’zaro joylashishi va o’zaro harakatini anglatadi. O’yin tizimi muayyan maqsadlarga qaratiladi. (Masalan, bir markaziy o’yinchi bilan hujumni tashkil qilish o’yin tizimi, himoyada shaxsiy o’yin tizimini qo’llash va h.k.).
Hujumda jamoa harakatini tashkil qilish aksariyat taktik kombinatsiyalar asosida amalga oshiriladi.
Kombinatsiya— hujumni foydali natija bilan yakunlanishiga qaratilgan bir necha o’yinchilar yoki butun jamoa o’yinchilari bilan oldindan “charxlantirilgan” (mashqlantirilgan) o’yin tizimini anglatadi. Bundan tashqari, “o’yinni olib borish shakllari” tushunchalari ham mavjud. O’yin taktik jihatdan faol (aktiv) va sust (passiv) shakllarda olib borilishi mumkin. O’yinni faol shaklda olib borilishiga maydon bo’ylab raqibga nisbatan xavfli vaziyatlar tug‘dirish, shaxsiy yoki butun jamoaga nisbatan zich hujum qarshiligini ko’rsatish, bosim qilish, himoyada esa keskin o’zgaruvchan “ochiq” va “yopiq” qarshi harakatlarni uyushtirishlar misol bo’la oladi.
Sust shaklda o’yinni olib borish — bu demak raqib yoki raqiblar harakatiga shartli erkinlik berish. Bunday o’yin shakli raqib jamoani “chalg‘itish” uchun qo’llaniladi, ayrim hollarda bunday o’yin shakli asabga “tegish” uchun qo’llaniladi.
O’yinni tashkil qilish va olib borishda quyidagi harakat turlari qo’llaniladi:
-yakka (individual) harakatlar — bu jamoa oldiga qo’yilgan taktik vazifalarni sherigiga yakka holda mustaqil harakat ko’rsatishni anglatadi;
-guruhli harakatlar — bu jamoa oldiga qo’yilgan taktik vazifalarni ikki yoki uch o’yinchi ishtirokida xal qilishga qaratilgan harakatlarni ifodalaydi;
-jamoali harakatlar — bu jamoaning barcha o’yinchilari ishtirokida o’yin oldiga qo’yilgan taktik vazifalarni amalga oshirish chorasini belgilaydi.
O’yinchilarni o’yin funksiyasi (ixtisosligi) bo’yicha taqsimlanishi. Zamonaviy basketbolda o’yinchilar quyidagi funksiyalarga (ampula) ixtisoslashgan bo’ladi:
-himoyachilar,
-forvardlar;
-markaziy o’yinchilar.
Himoyachi o’yinchilarning funksiyalari:
-hujumchi sheriklari faoliyatiga rahbarlik qilish;
-pozitsion holatdan savatga to’p tash lash;
-raqiblarni tezkor “yorib” o’tib savatga hujum qilish;
-himoyada — raqiblarni tezkor kontr hujumini to’xtatish;
-o’z shchiti atrofida raqiblarga faol qarshi chiqish.
-forvardlar:
-keskin o’zgaruvchan vaziyatlarda tezkor harakatlanish.;
-uzoq va yaqin joylardan savatni ishg‘ol qilish;
-o’zining tezkor reaksiyasi yoki markaziy hujumchisiga aniq to’p uzatish qobiliyati hisobiga savat oldida o’yin keskinlashtirish;
-markaziy hujumchi bilan birga raqib va o’z shchiti oldida otilgangan to’pni olib qayta hujum uyushtirish.
Markaziy hujumchilar — baland bo’yli, odatda baquvvat bunday funksiyaga ixtisoslashgan o’yinchilar hujumda ham, himoyada ham shchitdan sapchigan to’plarni olish, olib qulay turgan sherigiga uzatish, savatga qayta tashlash, savatga tashlanayotgan (o’z shchiti oldida) to’p yo’nalishini to’sish, savatga to’siq qo’yish bog‘liq “ishlarni” bajaradi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin