5 rasm-to’siq usuli.a-yondan b-oldindan
Buning uchun o’ziga “gorizontal” ustunlik yaratish ya’ni raqibning savat tomonga bo’lgan yo’lini to’sib qo’yish kerak. Biroq har doim ham buni amalga oshirib bo’lmaydi. Shuning uchun “vertikal” ustunlikdan ham foydalanish zarur ya’ni maksimal yuqori nuqtada to’pni olib qo’yish. Aynan shu sababli baland bo’yli gavdali va sakrovchan o’yinchilar to’pni olib qo’yish bo’yicha yetakchilik qiladilar. Birinchilar va ikkinchilar raqibni siqib chiqara oladilar o’yinchilar esa raqiblaridan oshib o’tadilar. Ikki xil turdagi to’pni olib qo’yishlar mavjud: himoyada va hujumda. Agar jamoa hujum qilayotgan paytda to’pni egallab olsa, demak to’pni ko’tarib olishni u hujumda amalga oshirgan bo’ladi. Mos ravishda himoyalanayotganlar to’pni egallab olsalar ular himoyada to’pni olib qo’ygan bo’ladilar. Birinchi bo’lib to’pni to’liq egallagab olgan yoki harakatni bajargan (savatga tushirib yuborgan yoki sherigiga maqsadli to’p uzatib bergan) o’yinchiga to’pni olib qo’yish yoziladi. Himoyachilar savatga yaqinroq joylashadi, shuning uchun himoyada to’pni olib qo’yish osonroq amalga oshiriladi.
Maqsadi sherigini ta’qib qilayotgan himoyachi yo’lini to’sib, o’z sherigini ozod qilishdan iborat (6 - rasm).
6 rasm-To’pni olish uchun taqib qilish
“Juftlik” usuli: hujum qilayotgan o’yinchi to’pni sherigiga uzatadi va uning yo’lini himoyachiga to’siq qo’yib ochib beradi.
Hujumchi to’pni olib to’siq qo’yib ochib beradi. Hujumchi to’pni olib, to’siq qo’ygan sherigi oldindan o’tib, hujumni yakunlaydi (7 a, b -rasm)
7 rasm-Juftlik usuli a-hujumchi o’yinchi yordamida b-yordamchi o’yinchiga uzatish orqali
“Ta’qib qilish va to’pni olish uchun kesib chiqish” hujumchi himoyachi ta’qibidan qochib, to’psiz yoki to’p bilan uni chalg‘itish maqsadida unga o’z ta’qibchisini “duchor” qiladi va uni shu yo’l bilan adashtiradi. So’ng hujumchilar bir-biriga qarama-qarshi kesma yo’nalishda harakatlanadi va shu yo’l bilan ta’qib qilayotgan himoyachilarni to’qnashishga hamda ularni aldanishiga majbur qiladi (8, 9 a,b, 10- rasm).
Dostları ilə paylaş: |