Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Ixtisosli xodimlarga bo’lgan talab va ehtiyojlarni o’rganish va uni yo’lga solish tadbirlari



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə60/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

10.2. Ixtisosli xodimlarga bo’lgan talab va ehtiyojlarni o’rganish va uni yo’lga solish tadbirlari

O’quv yurtlari va mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish, sport maktablarida yoshlarni tarbiyalash sohalarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunga ko’ra, hozirgi muhit va sharoitni hisobga olganda, Respublikada mutaxassis xodimlarga etarli darajada extiyoj bor. Faqat ularning faoliyati, sohalariga qarab zaruriyati va muammoli tomonlari ilmiy jihatdan to’la o’rganilmayotir. Shu sababli quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:



  1. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassis xodimlarni tayyorlashni bir tizimga solish, ya’ni O’zbekiston Davat jismoniy tarbiya instituta hamda respublikadagi oliy o’quv yurtlari jismoniy tarbiya fakulьtetlarining o’kuv rejalari va dasturlarini muvofiqlashtirish.

  2. Sport turlarining xalqaro miqyosdagi o’rni va respublikadagi zaruriyati hamda ehtiyojlariga qarab ularni rivojlantirish, ularga tegishli bo’lgan sohalarga murabbiylarni tayyorlash.

  3. Milliy o’yinlarning ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlarini hisobga olib, shu sohada mutaxasis xodimlar /tashkilotchilar/ tayyorlash.

  4. Xotin-qizlar jismoniy tarbiyasini chuqur taxlil qilgan holda, mahalliy xotin-qizlardan mutaxassislar tayyorlashni ko’paytirish, bunda 3-4 oylik maxsus kurslar tashkil qilish, unda yuriqchi-uslubiyatchilar /instruktor-metodist/ tayyorlash.

  5. Mutaxassis xodimlarning malakasini oshirish institutlarida /barcha tabaqalarda/ ilmiy-usuliy va nazariy-amaliy jihatdan bilimlarni chuqurlashtirishga jiddiy e’tibor berish.

  6. Maktabgacha bolalar muassasalarida ishlovchi mutaxassislarni tayyorlashda jismoniy tarbiyani chuqurlashtirish, imkon boricha o’rta va oliy jismoniy tarbiya o’quv yurtlarida xodimlarni tayyorlashni keng ko’lamda olib borish.

  7. Mutaxassislar tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan sohalarni to’la ravishda moddiy-texnik, darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash, professor-o’qituvchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va o’z vaqtida ularni taqdirlab borish.




Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin