10.3. Mutaxassislarni tayyorlash, ularni ish bilan ta’minlash tartiblari. Jamoatchi faollarni tayyorlash
10.3.1. Mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ularni ish bilan ta’minlash tartiblari
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassis kadrlarni tayyorlashning asoslari va yo’llari bilan tanishildi. Bo’lajak mutaxassislarning kelgusi ish faoliyati va ishga joylashish masalalari ham talabalikning ilk davrlaridan boshlanadi. Bunda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati /JTNU/, sport pedagogikasi, sport ixtisosligi /speializasiya/ fanlarini o’qitish, ayniqsa, pedagogik va tashkiliy o’quv amaliyotlari jarayonida ishlash tartibi, ishga kirish va institut yo’llanmasi haqida tegishli tushunchalar beriladi.
Oliy o’quv yurti o’z bitiruvchilarini ishga taqsimlash va yo’llanma berish huquqiga egadir. Davlat imtihonlari boshlanishidan 1-2 oy oldin talabalarni ishga taqsimlash jarayoni bo’lib o’tadi. Bunda oliy o’quv yurti rektori, fakulьtetlarning dekanlari, ixtisosli kafedralar, O’zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya qo’mitasi, Xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklarining vakillari, mutaxassislarni ishlashga taklif etuvchi idoralarning xalq ta’limi bo’limlari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari xodimlari ishtirok etadilar.
Bitiruvchilarni ishga taqsimlash Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining yo’riqlari /instruksiya/ asosida amalga oshiriladi. Bunda:
Bitiruvchilarning oilaviy turmush sharoiti, istak-xohishi;
turli muassasalar, tashkilotlar, o’quv yurtlarining buyurtmalari /zayavka/ e’tiborga olinadi. Shuningdek, oliy o’quv yurti rahbariyatlarining taklifi bo’yicha shu erda ishlashga yoki magistraturada o’qishga tavsiya etiladi.
Talaba oliy o’quv yurtini muvaffaqiyat bilan tugatib, yo’llanma olib, bo’lajak ish joyiga /ishga taqsimlovchi tashkilotga/ etib boradi. Ariza berib, mutaxassisni taklif qilishgan bo’lsa, bu holatda yosh mutaxassis ishga tezda joylashtiriladi va tartib-qoidalar asosida ularga imtiyozlar beriladi. Yosh mutaxassis o’zining xohishi bilan yashash joyiga ishga kelsa /maktab, bilim yurti va boshqa/, u holda ma’muriyat bilan shartnoma tuzishi kerak. Aks holda yosh mutaxassis yuqori tashkmlotlarga /viloyat, tuman-shahar xalq ta’limi bo’limlari va hokazo/ murojaat qilishi, ular qo’ygan shartlarga ko’nishi lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |