UYUSHGAN JISMONII TARBIYA JAMOASI
Uncha katta bo’lmagan korxona, muassasalarning xizmatchilari, ishchilari o’rtasida ommaviy tarbiyaviy iiiarni tashkil etish uchun jismonii tarbiya jamoasini tuzish mumkin bo’lmasa, soha va tarmoq tartibi bo’yicha birlashgan jamoalar tashkil etiladi.
Birlashgan jamoalarni tuzish to’g’risida tegishli kengashlar yoki kasaba uyushmalari qo’mitalarining sport jamiyati kengashi rayosatining qarori bo’lishi lozim.
KORXONALARNING SPORT KLUBI
Jismoniy tarbiya jamoasini tashkil etishning yuqori va takomillashgan shakli sport klubidir. Respublika kasaba uyushmalari federasiyasining 1991 yil qaroriga asosan, korxona sport klubi ommaviy-sog’lomlashtirish va sport ishlari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishgan jismoniy tarbiya jamoalaridagina tashkil etiladi.
Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda va respublika hukumatining qarorlariga binoan o’zini-uzi boshqarish va moliyaviy ta’minlash bo’yicha yirik ishlab chiqarish korxonalari, sport inshootlari, aholi istiqomat joylarida mustaqil sport klublar tashkil etilmoqda. Ularning o’z sharoitlari asosida Nizom va ustavlari mavjud. Shu asosida ular o’z faoliyatlarini a’zolik badallari, pullik xizmatlar, tijorat, homiylik kabi omillar hisobiga yuritadilar. Bularga misol tariqasida Toshkent traktor zavodi (TTZ), Navoiyazot, «Navbahor», «Paxtakor» kabi sport va futbol klublarini ko’rsatish mumkin. Bunday ish usullari va ilg’or tajribalar viloyatlarning markazlarida tennis, boks, shaxmat, ot sporti, sharqona yakka kurashlar va boshqa sport turlari bo’yicha tashkil etilmoqda.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTAB O’QUVCHILARINING «YOSHLIK» SPORT UYUSHMASI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi 271-sonli qarorini amalga oshirishda Xalq ta’limi vazirligi yangi qadam qo’ydi. Mustaqillik yillarigacha «Yosh kuch» va keyingi yillarda «Mehnat rezervlari» nomi bilan yuritilgan o’quvchi-yoshlarning sport jamiyati o’rniga «Yoshlik» sport uyushmasi tashkil etildi. Uning viloyatlar, shahar-tumanlarda quyi tarmog’i mavjud. Uyushmaning asosiy maqsadi maktab o’quvchilari va kasb-hunar kollejlari hamda boshqa o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quvchi-yoshlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etish, iqtidorli yoshlarning sport mahoratlarini oshirishga qaratilgan. Bu yo’lda «Umid nihollari» va «Barkamol avlod» uyinlari sport musobaqalarini tashkil qilish bilan asosiy faoliyat ko’rsatadi. Uyushmaning Nizomi va ustavi mavjud. Maktab o’quvchilarining «Umid nihollari» respublika musobaqalari muvaffaqiyatli o’tkazilib kelinmoqda. Uning Nizomi asosida musobaqllar to’rt bosqichga (jamoa, tuman-shahar, viloyat va respublika miqyosida) o’tkaziladi. 2002 yilda navbatdagi final musobaqalar Farg’onada o’tkazildi. Bunday musobaqalar uzluksiz ta’limning bir tarmog’i sifatida o’quvchilar, jamoalar va yuqori muassasalarning ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlarining yo’lga qo’yilishi va eng muhimi «Sog’lom avlod dasturi»ning hayotga singdirilishi borasidagi ko’rik-sinov hisoblanadi. Shuningdek «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini bajarishga zamin tayyorlaydi. Mamlakatda o’rta maxsus o’quv yurtlarini yagona tizim, ya’ni kasb-hunar kollejlariga aylantirilishi jismoniy tarbiya va sport harakatida yangi bir bosqichni yaratdi, ya’ni «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalarini yagona tizim va talablar darajasida o’tkazishni taqozo etdi. Bunday yirik sport tadbiri 2001 yil 30 apreldan 5 maygacha Jizzax shaxrida zo’r tantana bilan o’tkazildi. Bunday tadbirlar ham to’rt bosqich-da o’tkazilishi ko’zda tutilganligi, o’quv yurtlari, tuman-shahar va viloyatlar miqyosida yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir.
«Umid nihollari» va «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalarini tashkil etishda Xalq ta’limi vazirligi va Davlat sport qo’mitasi, sport uyushmalari o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |