Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Jismoniy tarbiya va sportda tadbirkorlikning asoslari va ahamiyati



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə84/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

17.2. Jismoniy tarbiya va sportda tadbirkorlikning asoslari va ahamiyati

Tadbir so’zi biron-bir maxsus yoki o’ta zarur ishni amal­ga oshirish faoliyatini anglatadi. Bunday muhim faoliyatni amalga oshirishning yo’l-yo’riq hamda usullarini yaxshi biluvchi, amadda bevosita faoliyat ko’rsatuvchi shaxsni, uning atrofidagilarni tadbirkorlar deyiladi. O’tgan bo’limda tadbirkorlik faoliyatini yangi bir soha hisoblansada, uning qadimdan mamlakatimizda muvaffaqiyatli qo’llanib kelinganligi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonning taraqqiyoti tufayli tadbirkorlikning ham mazmunan va shaklan kengayib-boyib davom etayotganligi qayd etilgan edi.


Tadbirkorlikning ijtimoiy hayot, davlat hamda xalq farovonligi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Iqtisodiy isdohotlarni yanada chu-qurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi farmon (1994 yil) qabul qilindi.
Bu farmondan keyin tadbirkorlik faoliyatlari bilan bog’liq qonunlar, qarorlar qabul qilindi. Tadbir­korlik haqida gap ketganda, turli xil maxsulotlarni ishlab chiqarish va ularni aholining talablari hamda ehti-yojlari asosida rivojlantirish ko’z oldimizga kelishi tabiydir. Bunday jarayonlar kichik, o’rta va katta tijorat, savdo-sotiq shakllarida ko’proq namoyon bo’lmoqda.
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi, ayniqsa, yurtimiz hududlarida kurash, tennis, boks, sharqona yakkakurashlar va boshqa sport turlari bo’yicha o’tkazilayotgan turnirlar, chempionatlar, kubok birinchiligi va boshqa tadbirlarning tashkiliy asoslarida tad­birkorlik katta rol o’ynamoqda.
Jismoniy tarbiya va sport harakatida tadbirkorlik asosan ikki yo’nalishda faoliyat ko’rsatishini e’tirof etish ma’kuldir, ya’ni:

  1. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, jamiyatlar va ular bilan bevosita aloqador sport uyushmalari-ning eng yuqori tabaqasidan tortib to quyi tarmog’igacha (sport klub, jismoniy tarbiya jamoasi, komandalar va hokazolar) rahbarlik, turli sport musobaqatarini tashkil qilish va ular bilan aloqador faoliyatlar tadbir­korlikning asosini tashkil etadi.

  2. Sport inshootlarini kengaytirish, ta’mirlash, tur­li sport buyumlari, jixozlarini ishlab chiqarish yoki horijdan olib kelib iste’molga chikariщ, sport komandalarini moddiy va moliyavii ta’minlash hamda shunga o’xshash boshka juda ko’p tadbirlardagi faoliyatlar ham tad­birkorlikning asosidir.

Bu yo’nalishlar sport menejmenti va marketinga faoliyatlarini mazmun hamda ba’zi bir shakllariga o’xshab xetadi. SHu sababdan ham xorijdagi menejment va marketing sohasidagi mutaxassislar, olimtar tadbirkorlikni tan oladilar.
Tadbirkorlikning mazmun va shakllari hamda ularni amalga oshirish faoliyatlari mamlakatimizda menejment va marketingning yangicha yo’nalishini belgilab berdi. Shu sababdan ham tadbirkorlik negizidagi homiylik, xo’jalik yuritish, tijorat ishlari sport klublarida rivojlanib bormoqda. Bunda sportchilarning mashg’ulotlarini (trenirovka) tashkil qilish, ularni zarur buyumlar, sport kiyimlari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar bilan ta’minlash nazarda tutiladi. Sport klublarning rahbar-lari, komandalarning murabbiylari, sport uyushmalari, assosiasiyalarning mas’ul xodimlari, turli homiy tashkilotlar, idoralar hamda shaxslar bilan uzviy bog’liq hamda muloqotlar asosida tadbirkorlik faoliyatlarida maqsad yo’lida foydalanmoqdalar.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni yuritish va udan samarali foydalanish jarayonida har ikki tomon, k’ni iste’molchilar (sport jamoalari, ularning mas’ul xodimlari) va ta’minlovchilar (ishlab chiqarish, muassasa, tijorat rahbarlari va hokazolar) o’zaro kelishuv hamda maqsadli faoliyatlarini amalga oshirishda quyidagilarga jiddiy e’tibor berishlari lozim:

  • tadbirkorlik haqidagi qonun, qarorlar va nizomlarga qat’iy ravishda rioya qilish;

  • jismoniy tarbiya va sport sohasidagi iste’molchi­lar va ularni ta’minlash faoliyatlari bilan aloqador bo’lgan jarayonlarni puxta. o’rganish;

  • o’zaro kelishuvchilik hamda rasmiy ravishda tuzilgan shartnomacharni (kontrakt) o’z vaqtida bajarish;

  • insoniylik, axloq normalari hamda ma’naviy-ma’rifiy qoidalarga itoat etish;

  • o’zaro hurmat, munosabat va raxbarliknint madaniy me’yorlarini saklash va hokazolar.

Yuqorida qayd etilgan yo’nalishlardagi tadbirkorlik asoslari hamda barcha faoliyatlarning amalda bajarilishini ta’minlovchilar mamlakatning buyuk kelajagi uchun xizmat qilishlari lozim. Bu jihatlar jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, xalq milliy o’yinla-rini rivojlantirish, ayniqsa, sport terma jamoalari-ni shakllantirish, ular bilan olib boriladigan mashg’ulotlar, ijtimoiy-madaniy, tibbiy xizmatlarga bevosi­ta yordam berilishi bilan muhim ahamiyatga egadir.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin