Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


XVII. SPORT TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATLARI



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə83/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

XVII. SPORT TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATLARI


17.1. Tadbirkorlik haqida tushunchalar

Menejment va marketing haqidagi boblarda tadbirkor­lik xususida ham so’z yuritiddi. Ya’ni, tadbirkorlikni ikkala sohaning ham o’zaro aloqadorolik faoliyatidan kelib chiqqan maxsus soha deyish mumkin. Boshqacha ma’no va shaklda bayon qilinganda, tadbirkorlik har bir sohada ishning xal etilishini ko’ra bilish, ularni tashkil qilish, boshqarish hamda barchasini amalga oshiruvchi faoliyatdir.


O’zbekiston mustaqilligi sharoitida tadbirkorlik, asosan, sanoat, qishloq xo’jaligi, engil sanoat, savdo, tijorat va boshqa sohalarda ko’proq qo’llanilib, ommaga namoyon bo’lmoqda. Tadbirkorlik yurtimizda yangi kasb yoki faoliyat emas. Mamlakatda ishlab chiqarilgan maxsulotlarni dunyo bozoriga chiqarish, savdo qilish, buyuk ipak yo’lining markazi sifatida horijiy mamlakatlarning tadbirkorlari, tijoratchilari, elchilari bilan yurtimiz kishilari yaqin aloqadorlikda ish tutishgan. Bu bilan mahalliy aholining kiyim-kechak, bezaklar, taqinchoqlar, zeb-ziynatlar, qimmatbaho matolar (ipak, shoyi, baxmal, tabiiy jun va hokazolar), bo’yoqlar, chinni idishlar va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qondirganlar. Shular asosida yurtimiz aholisi orasida ishbilarmon, zukko bilimdonlar, tadbirkorlar etishib chiqishiga asos solingan bo’lsa, ajab emas.
Turg’unlik va mustamlakachilik yillarida savdo ishlari faqat davlat korxonalari, turli muassasalar orqali olib borildi. Bozor nomigagina mavjud bo’lib, erkin savdoga yo’l yo’qedi. Chetdan mol olib kelib sotish, xaridorlarning ektiyojini qondirish to’g’risida gap bo’lishi mum­kin emas edi. SHunday bo’lsada, ba’zi bir ishbilarmon, tadbikorlar mol olib kelib sotish ishlarini yopiq-yashirin holda bajarib kelishgan. Bular o’sha davrlarda olib-sotar, chayqovchi deb atalar va qo’lga tushsa qonun bilan jazolanar edi. Shu o’rinda misol tariqasida eslash mumkinki, sportchilar xorijiy mamlakatlardagi musobaqalardan qaytishda o’ziga yoki aka-ukalariga sport kiyimlari, buyumlari va shunga o’xshash narsalarni xarid qilib olib kelishar ekan, (bojxonada) ularni olib qo’yish va hatto ularni ayblash hollari odatiy raem bo’lgan. Mustaqillikning sharofati tufayli maxsus qonunlar ishlab chiqildi va ular asosida tadbirkorlik, savdo, tijorat, innovasiya o’z mablag’ini jamg’armaga qo’yish faoliyatlariga keng yo’l ochib berildi. Ularning eng ilg’orlari, dav­lat va xalq manfaatlari yo’lida yaxshi xizmat qilayotganlarni rag’batlantirish ham amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasida "Tadbirkorlik to’g’risida-gi" qonunda; «Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amavdagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir» deb ta’kidlangan.
O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi» qonunida; «Dav­lat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydzlanish chog’idagi huquqlari hamda qonun bilan qo’rikdanadigan manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi» - deb ta’kidlanishi respublikamiz tadbirkorlaridan sifat va kafolatga etiborlarini karatishlari zarurligini ko’rsatadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin