424
4-ilova
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8
sentyabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to„lash tartibini
yanada takomillashtirishga yo„naltirilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni tasdiqlash to„g„risida”gi 252-son qarori bilan
tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to„lash tartibi
to„g„risida” Nizomning 1-Ilovasi
Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar
RO„YXATI
1941 yil 22 iyundan 1945 yil 9 maygacha
Ikkinchi jahon urushi
(keyingi o‗rinlarda Ikkinchi jahon urushi deb yuritiladi) va boshqa
urushlar davrida harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar,
shtablar va muassasalarda xizmatni o‗tagan,
shuningdek, O‗zbekiston
Respublikasini himoya qilishda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar
«Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‗g‗risida»gi O‗zbekiston
Respublikasi Qonunining 28-moddasi ―j‖ bandiga muvofiq pensiya-
larga ustama pul olishga haqli bo‗lgan
urush qatnashchilari
hisoblanadilar.
Quyidagilar urush qatnashchilariga tenglashtiriladilar:
a) 1941 yilning 22 iyunidan 1954 yilning 31 dekabrigacha bo‗lgan
davrda qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni himoya qiluvchi
otryadlar tarkibida sobiq SSSR hududida jangovar harakatlarda ishtirok
etgan shaxslar;
b) Ikkinchi jahon urushi va fuqarolar
urushi davrida partizan
otryadlari va qo‗shilmalarida yoki yashirin ishlarda bo‗lgan shaxslar;
v) Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki
harakatlar ketayotgan joylarda xizmatni o‗tagan sobiq SSSRning Ichki
ishlar vazirligi organlari va Davlat xavfsizligi qo‗mitasi organlarining
boshliqlar hamda oddiy xodimlar tarkibidan bo‗lgan shaxslar;
g) Ikkinchi jahon urushi davrida harakatdagi armiya va flotlar
tarkibidagi qismlar hamda bo‗linmalarda balog‗at
yoshiga etgunga
qadar polk o‗g‗illari va yungalar sifatida yurgan shaxslar;
d) Ikkinchi jahon urushi davrida temir yo‗llarning front yaqinidagi
uchastkalarida, mudofaa chizig‗i inshootlarida ishlagan, harbiy-dengiz
425
bazalari, aerodromlar hamda harbiy harakatlar
ketayotgan joylardagi
boshqa harbiy obyektlar qurilishi ishlarida qatnashgan xodimlar;
e) harakatdagi armiya tarkibida ishlagan yollanma xodimlar
tarkibidan bo‗lgan shaxslar;
j) Ikkinchi jahon urushi davrida fashist konslagerlari (getto va
zo‗rlik bilan ushlab turiladigan boshqa joylar)da bo‗lgan (tutqunlar, shu
jumladan, bolalar) shaxslar;
z) Leningrad shahri qamali davrida shaharning korxonalari,
muassasalari va tashkilotlarida mehnat qilgan va «Leningrad mudofaasi
uchun» medali hamda «Qamaldagi Leningrad fuqarosiga»
nishoni
bilan taqdirlangan shaxslar;
i) 1956 yilning 24 oktyabridan 1956 yilning 10 noyabrigacha
bo‗lgan davrda Vengriya hududidagi jangovar harakatlar davrida
harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o‗tagan
harbiy
xizmatchilar;
k) harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda o‗z baynalmilal
burchlarini ado etgan, tinchlik o‗rnatuvchi
kuchlar tarkibida ishtirok
etgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati
organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‗lgan shaxslar.