Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
“Davlat pensiyalarini tayinlash va to„lash tartibi to„g„risida” 
Nizomning 2-Ilovasi
 
Urush nogironlariga tenglashtiriladigan shaxslar 
RO„YXATI 
1941 yil 22 iyundan 1945 yil 9 maygacha Ikkinchi jahon urushi 
(keyingi o‗rinlarda Ikkinchi jahon urushi deb ataladi) va boshqa 
urushlar davrida harakatdagi armiya tarkibidagi harbiy qismlar, 
shtablar 
va 
muassasalarda 
xizmatni 
o‗taganda, shuningdek, 
O‗zbekiston Respublikasini himoya qilishda yaralanish, kontuziya 
olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron bo‗lib qolgan 
harbiy 
xizmatchilar 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti 
to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi «a» 
bandida va 28-moddasining «a» va «b» bandlarida nazarda tutilgan 
shartlar va normalarga ko‗ra pensiya bilan ta‘minlanishga haqli urush 
nogironlari hisoblanadilar. 
Quyidagi nogironlar urush nogironlariga tenglashtiriladilar: 
a) sobiq SSSR va O‗zbekiston Respublikasi chegaralarini 
qo‗riqlash paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki 
kasallanish natijasida nogiron bo‗lib qolgan harbiy xizmatchilar; 
b) 1941 yilning 22 iyunidan 1954 yilning 31 dekabrigacha sobiq 
SSSR hududida harakat qilgan hamda qiruvchi batalonlar, vzvodlar va 
xalqni himoya qiluvchi otryadlarda xizmat qilgan davrda yaralanish, 
kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron bo‗lib 
qolgan shaxslar; 
v) temir yo‗llarning front yaqinidagi uchastkalarida ishlagan
mudofaa inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa 
harbiy obyektlar qurilishi ishlarida qatnashgan hamda Ikkinchi jahon 
urushi davrida urush bo‗layotgan joylarda yaralanish, kontuziya olish, 
mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron bo‗lib qolgan 
xodimlar; 
g) Ikkinchi jahon urushi davrida partizan otryadlari va 
qo‗shilmalari tarkibida yoki yashirin ishlarda bo‗lgan davrda 
yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish natijasida 
nogiron bo‗lib qolgan shaxslar; 


427 
d) harakatdagi armiya tarkibidagi ishlarda yaralanish, kontuziya 
olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron bo‗lib qolgan 
yollangan tarkibdagi shaxslar; 
e) Ikkinchi jahon urushi davrida fashist konslagerlarida (getto va 
zo‗rlik bilan tutib turiladigan boshqa joylarda) bo‗lgan davrda 
yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida 
nogiron bo‗lib qolgan shaxslar (tutqunlar, shu jumladan, bolalar); 
j) tinchlik o‗rnatuvchi kuchlar tarkibida qatnashish, shuningdek, 
harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda baynalmilal burchlarini 
ado etish tufayli yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki 
kasallanish tufayli nogiron bo‗lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki 
ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy 
xodimlar tarkibidan bo‗lgan shaxslar; 
z) harbiy xizmatdagi vazifalarini (xizmat vazifalarini) bajarish 
paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish 
natijasida nogiron bo‗lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar 
organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy xodimlar 
tarkibidan bo‗lgan shaxslar; 
i) o‗quv mashg‗ulotlari yoki tekshirish uchun yig‗inlarga chaqiril-
gan va shu yig‗inlarda o‗z xizmat burchlarini bajarayotib yaralanish, 
kontuziya olish, mayiblanish va kasallanish natijasida nogiron bo‗lib 
qolgan harbiy majburiyatli shaxslar. 


428 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin