40
―Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlari‖ dasturiy mahsuli deb
yuritish maqsadga muvofiq deb topildi.
DSQ ning 2011-yil 24-sentyabrdagi ―WEB texnologiyasi asosida
qayta ishlab chiqilgan ―Jismoniy shaxslarning soliq solish obyektlarini
hisobga olishˮ hamda ―Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini
hisobga olishˮ dasturiy majmualarini davlat
soliq xizmati organlarida
amaliyotga joriy etish to‗g‗risidagi 270-sonli buyrug‗iga asosan
dasturiy majmua joriy etildi.
―Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olishˮ
dasturiy majmuasini joriy qilish maqsadlari.
―Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olishˮ
dasturiy majmuasiini yaratishdan maqsad:
- mol-mulk, yer va yakka tartibdagi soliq to‗lovchi jismoniy
shaxslar to‗g‗risida (yashash manzili, soliq to‗lov obyekti, davlat
ro‗yxatidan o‗tkazilganligi va hokazo) to‗liq ma‘lumotlar bazasini
yaratish;
- mol-mulk va yer solig‗i to‗lovchi jismoniy shaxslarni to‗liq
hisobga olishni, soliqlarni hisoblanishi va byudjetga o‗z vaqtida to‗liq
undirilishini nazorat qilish; yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad
solig‗idan, pensiya badallaridan hisoblangan va to‗langan to‗lovlar
haqidagi ma‘lumotlarga ega bo‗lish va
nazoratini olib borish;
- uchastka soliq inspektorlarining ish samaradorligini oshirish,
ro‗yxatga olish bilan bog‗liq bo‗lgan va o‗z hududidagi mahalla
fuqarolar yig‗inlari bo‗yicha dasturiy mahsulda soliq to‗lovchilarning
ro‗yxatini olib, nazorat ishlarini amalga oshirish;
- DSI larda shakllantirilgan ma‘lumotlar bazasini mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‗limlari, yer resurslari va davlat
kadastri bo‗limlari, harbiy komissariyatlar, hokimiyatlar huzuridagi
ro‗yxatga
olish organlari, fuqarolik holatlariga dalolatnoma yozish
bo‗limlari (FHDYo), notarial idoralaridagi mavjud ma‘lumotlar bilan
doimiy bir xil bo‗lishiga erishishdan iborat.
Dasturiy majmuada ma‘lumotlar bazasidan jismoniy shaxslarga
taalluqli bo‗lgan barcha axborotlarni olish mumkin. Ya‘ni:
- davlat soliq inspeksiyalarida hisobga olingan soliq to‗lovchilar,
ularga tegishli bo‗lgan soliq obyektlari, hisoblangan soliqlar, to‗langan
to‗lovlar, boqimanda va ortiqcha to‗lovlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
- viloyat hududidagi soliq inspeksiyalari miqyosida hisobga
olingan soliq to‗lovchi jismoniy shaxslar soni, hisoblangan soliq
41
summalari, undirilgan soliq summalari,
boqimanda va ortiqcha
to‗lovlar to‗g‗risidagi tahliliy ma‘lumotlar; soliq to‗lovchi jismoniy
shaxslarga berilgan soliq imtiyozlari, berilgan imtiyoz turlari, imtiyoz
berilgan soliq summasi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
- yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat turlari, ularga
hisoblangan soliq summalari, pensiya badallari, mavjud boqimandalari
hamda ortiqcha to‗lovlari to‗g‗risida umumiy ma‘lumot;
- import tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, ular
to‗g‗risida batafsil ma‘lumotlar;
- jismoniy shaxslarga egalik huquqi berilgan va tijorat maqsadida
foydalanilayotgan xususiy obyektlar hamda
ularni soliqqa tortilishi
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
- soliq to‗lovchi jismoniy shaxsning varaqasi (alohida har bir
jismoniy shaxsning pasport ma‘lumotlari, yashash manzili, egalik
huquqi berilgan mol-mulk obyektining inventar bahosi, yer maydoni,
tadbirkorlik faoliyatiga tegishliligi hamda soliq majburiyatlari
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar) kabi ma‘lumotlarni olish mumkin.
Dasturiy majmua natijaviy ma‘lumotlari asosida mol-mulk, yer
solig‗i to‗lovchilar hamda yakka tadbirkorlar sonini o‗tgan
davrlarga
nisbatan o‗zgarish dinamikasini, sabablarini hamda ularning byudjetga
to‗lagan to‗lovlari hajmidan kelib chiqib, o‗zgarishlarni tuman,
(shahar) DSI lar miqyosida nazorat qilish, imtiyozga ega bo‗lgan
jismoniy shaxslar ro‗yxatini doimiy ravishda tegishli idoralar bilan
solishtirish hamda berilgan imtiyozlarning turlari, imtiyoz berilgan
obyektlarning qiymati bo‗yicha tegishli tartibda ko‗rsatmalar berish
imkoni tug‗iladi.
Dasturiy majmua ma‘lumotlari asosida jismoniy shaxslarga egalik
huquqi berilgan va tijorat maqsadida foydalanilayotgan xususiy
obyektlar soni dinamikasi hamda ulardan undirilgan soliqlar hajmidan
kelib chiqib, o‗zgarishlarni
tahlil qilish, tadbirkorlik subyektlarini
ro‗yxatdan o‗tkazish inspeksiyalarida va DSI larda ro‗yxatga olingan
tadbirkorlarning faoliyat turlari bo‗yicha o‗zgarish dinamikasini
doimiy tahlil qilib borishga imkon yaratiladi. Shuningdek, vakolatli
idoralar bilan o‗tkazilgan solishtirishlar natijasida qo‗shimcha soliq
obyektiga egalik huquqini qo‗lga kiritgan jismoniy shaxslarni hisobga
olinishi va soliqqa tortilish
dinamikasini tahlil qilish, o‗tkazilgan
tahlillar natijasida aniqlangan holatlar bo‗yicha soliq qonunchiligiga
42
o‗zgartirishlar kiritish va byudjet parametrlarini belgilash bo‗yicha
takliflar kiritish imkoni tug‗iladi.
Dostları ilə paylaş: