39
iqtisodiy konyunkturaning o‗zgarishlariga bevosita bog‗liq bo‗lmagan
barqaror daromad manbalari hisoblanadi va bilvosita soliqlar bo‗yicha
tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlarini
o‗sish tendensiyasiga ega ekanligi davlat byudjeti daromadlari hajmini
uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa, qo‗shilgan qiymat
solig‗i, aksiz solig‗i kabi barqaror daromad manbalarini byudjet daro-
madlarining tarkibidagi yuqori salmog‗ini ta‘minlashni taqozo qiladi.
To‗g‗ri va egri soliqlar yagona soliq tizimni tashkil etib, bir-biri
bilan o‗zaro bog‗langandir.
Yevropa mamlakatlarida bilvosita soliqlarning roli AQSh,
Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa
mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida bilvosita soliqlar-
ning salmog‗i 40 foizdan yuqori bo‗lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni
tashkil etadi. Mazkur ko‗rsatkich 50 foizdan yuqori bo‗lgan mamla-
katlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya,
Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‗rsatkich 25-30 foizni tashkil
qiladi.
8
Dostları ilə paylaş: