Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
10-VAZIYAT 
Yuridik shaxsga turar joyni ijaraga beruvchi xodimning daromad-
laridan JShDS hisob-kitobi. Xodimning yanvar-mart oylaridagi 
mehnatiga oyiga 850 000 so‗mdan haq to‗langan. Xodim Toshkent 
shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m bo‗lgan turar joy binosini 1 
yanvardan boshlab ijaraga berish to‗g‗risida ish beruvchi bilan 
shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 so‗m ijara haqi oladi. 
Jismoniy shaxslarning turar joyni ijaraga topshirishchdan oladigan 
daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda 
tutilgan to‗lovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni 
ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun belgilangan eng kam ijara 
haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam bo‗lmasligi 
kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova). 
Toshkent shahrida bir oylik ijara to‗lovining eng kam miqdori etib 
1 kv.m turar joy uchun – 4 500 so‗m: Nukus va viloyat bo‗ysunuvidagi 
shaharlarda – 3 000 so‗m; boshqa aholi punktlarida – 1500 so‗m 
belgilangan. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 
7,5%lik stavka bo‗yicha JSHDS solinadi (Soliq kodeksining 181-
moddasi). 
SHJBPHga badallar ish beruvchi va xodim o‗rtasida tuzilgan 
mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdash shartnoma 
bo‗yicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab 
yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad bo‗lganligi 
va ishlar bajarish bilan bog‗liq bo‗lmaganligi bois, undan SHJBPHga 
ajratmalar qilinmaydi. 
Ijara haqidan JSHDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda 
uning eng kam summasi 225 000 so‗mni (4 500 x 50) tashkil etadi, u 
haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan 
summadan soliq hisoblanadi: 
1 000 000 x 7,5% = 75 000 so‗m. 


130 
Yanvar-mart oylari uchun mehnatga haq to‗lash tarzidagi 
daromaddan 7,5%lik stavka bo‗yicha soliqni hisoblaymiz: 
(2 550 000 - 516 720) x 7,5% = 152 496 so‗m. 
Yanvar-fevral oylarida 101 664 so‗m JSHDS ushlab qolingan. 
Mart oyidagi soliq summasi 50 832 so‗mga (152 496 -101 664)teng. 
SHJBPHga majburiy badallar 40 665,6 so‗mga ((2 550 000 - 516 
720) x 2%) teng. 
Yanvar-fevral oylarida SHJBPHga 27110,4 so‗m o‗tkazilgan, mart 
oyida ajratmalar 13 555,2 so‗mni (40 665,6 – 27110,4) tashkil qiladi. 
Mart oyi uchun byudjeta 37 276,8 so‗m soliq (50 832 -13 555,2) 
o‗tkaziladi. Majburiy sug‗urta badallari 68 000 so‗mni (850 000 x 8%) 
tashkil etadi. 
Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin xodimga 1 
656 168 so‗m ish haqi (850 000 + 1 000 000 - 75 000 - 50 832 - 68 
000) to‗lanadi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin