148
qatorda ijaradan daromadlar paydo bo‗lgan kundan e‘tiboran birinchi
oy tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki tarzdagi
deklaratsiya ham taqdim etadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda
jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini
bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Agar soliq to‗lovchi daromadlar to‗g‗risidagi deklaratsiyani taqdim
etmagan bo‗lsa, davlat soliq xizmati organi o‗zidagi mavjud
ma‘lumotlar asosida soliq summasini eng yuqori stavka bo‗yicha
hisoblashga va soliq to‗lovchiga to‗lanishi lozim bo‗lgan hisoblangan
soliq summasi to‗g‗risida bildirishnoma topshirishga haqli. Soliq
to‗lovchi tomonidan jami yillik daromadi to‗g‗risida deklaratsiya
taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiya
hisobga olingan holda aniqlanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi
―Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat
turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-4453-sonli Farmoniga asosan, 2013 yil 1
yanvardan boshlab jismoniy shaxsning jami yillik daromadi
to‗g‗risidagi deklaratsiya va jismoniy shaxsning mol-mulkni ijaraga
berishdan olinadigan daromadlar bo‗yicha yakuniy deklaratsiyalari
birlashtirilib o‗rniga ―Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi
to‗g‗risidagi deklaratsiya‖ga unifikatsiya qilingan holda Davlat soliq
xizmati organlariga taqdim etilishi belgilangan. Ushbu me‘yorlar
O‗zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrdagi O‗RQ-343 sonli
Qonunga asosan Soliq kodeksiga ham kiritildi.
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, mehnat xaqi
shaklidagi daromadni hisoblash, undirish va davlat byudjeti
daromadlariga o‗tkazib berish ish beruvchi yuridik shaxslar – soliq
agentlari zimmasiga yuklatilgan.
Dostları ilə paylaş: