Mavzuga doir masalalar: 1-masala. Jismoniy shaxsga 2018-yilning yanvar va fevral oylari
uchun 1 200 000 so‗m (600000 + 600000) ish haqi hisoblangan.
Yanvar oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i
55155 so‗mni tashkil etgan
. Jismoniy shaxsning fevral oyi uchun hisoblangan ish haqidan ushlanishi lozim bo„lgan daromad solig„i summasini aniqlang? 2-masala. O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180-
moddasiga muvofiq har bir to‗liq oy uchun eng kam ish haqining to‗rt
baravari miqdorida imtiyozga ega bo‗lgan jismoniy shaxsga 2018-yil
yanvar oyi uchun 1200000 so‗m ish haqi hisoblandi
. Jismoniy shaxsdan ushlanishi lozim bo„lgan daromad solig„i summasini aniqlang? 3-masala . Jismoniy shaxsga 2018-yil yanvar va fevral oylarida
1850000 so‗m (925000 + 925000) ish haqi hisoblangan. Shuningdek,
fevral oyida 600000 so‗m mukofot summasi berilgan
. Jismoniy shaxsga yanvar va fevral oylari uchun hisoblangan ish haqidan ushlanishi lozim bo„lgan daromad solig„i summasini aniqlang?
136
4-masala . II guruh nogironiga 2018-yil yanvar va fevral oylarida
1200000 so‗m (600000+600000) ish haqi hisoblangan. Yanvar oyida
16168 so‗m soliq ushlangan.
Jismoniy shaxsga fevral oyi uchun hisoblangan ish haqidan ushla- nishi lozim bo„lgan daromad solig„i summasini aniqlang? O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar 1.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining mohiyatini
tushuntirib bering?
2.
Qanday shaxslar jismoniy shaxslar hisoblanadi?
3.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining o‗ziga xos
xususiyatlari nimada?
4.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i byudjet daro-
madlari tarkibida qanday ahamiyatga ega?
5.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining to‗lov-
chilari kimlar?
6.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlariga qaysi daromad
turlari kiradi?
7.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i stavkalari
qaysi mezonlar asosida belgilanadi?
8.
Mehnatga haq to‗lash shaklida olinadigan daromadlar tarkibiga
qanday daromadlar kiradi?
9.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga soliq stavkalari
qanday belgilanadi?
10.
Norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to‗lov
manbaida qanday tartibda soliq stavkalari qo‗llaniladi?
11.
Qaysi jismoniy shaxslarning daromadlari har bir to‗liq oy
uchun eng kam ish haqining to‗rt baravari miqdorida soliqdan ozod
etiladi?