Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
4.7. Jismoniy shaxslar tomonidan elektron tarzda deklaratsiya 
topshirish xususiyatlari va elektron deklaratsiya topshirilishi bilan 
bog„liq dasturiy mahsullar 
«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli O‗zbekis-
ton Respublikasining Soliq kodeksi, O‗zbekiston Respublikasi Birinchi 


158 
Prezidentining 2002 yil 5 sentabrdagi «Jismoniy shaxslarning jami 
yillik daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy 
etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PF-3127- sonli Farmoni hamda 
Adliya vazirligida 2008 yil 21 yanvarda 1760-son bilan ro‗yxatga 
olingan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo‗mitasining 
«Soliq deklaratsiyasining shakllarini tasdiqlash 
to‗g‗risida»gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan hamda Davlat soliq 
qo‗mitasining 2012 yil 11 fevraldagi 64-sonli buyrug‗iga asosan 
tasdiqlangan. «Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli 
davlat soliq inspeksiyalarida jismoniy shaxslarning asosiy va asosiy 
bo‗lmagan ish joylaridan olgan daromadlari haqidagi ma‘lumotlarni 
kompyuter bazasiga kiritish, qayta ishlash natijasida hosil bo‗lgan 
natijalarni SHHVlarga o‗tkazish, jismoniy shaxslarning jami yillik 
daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiya blankalarini, shuningdek barcha 
zaruriy hujjatlarni chop etish uchun mo‗ljallangan. 
Soliq deklaratsiyasini qabul qilish, dasturiy mahsulga kiritish va 
qayta ishlash bo‗yicha xizmat ko‗rsatishning maqsadi va vazifalariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslardan 
soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va uni dasturiy mahsulga kiritish-
ning asosiy maqsadi va vazifasi soliq to‗lovchilarga qulay shart-
sharoitlar yaratish hamda ma‘lumotdarning elektron ko‗rinishda 
saqlash va soliq to‗lovchilar ustidan vertikal nazoratni o‗rnatish hamda 
tahlil qilishni soddalashtirish va qulaylashtirish. 
2. Soliq deklaratsiyalarini dasturiy mahsul orqali qabul qilish sarf 
xarajatlarini 
kamaytirishga 
va 
davlat 
soliq 
xizmati 
hamda 
deklarantlarning vaqtini tejash. 
3. Soliq to‗lovchilarga ko‗rsatiladigan axborot xizmatlar sifatini 
oshirish; 
soliq 
to‗lovchi 
hamda 
soliq 
organlarining 
o‗zaro 
munosabatlarida subyektiv aralashuvlarga chek qo‗yish. 
Jismoniy shaxslar tomonidan qabul qilib olingan soliq deklaratsi-
yalarini dasturiy mahsulga kiritilishi elektron bazaning shakllantiri-
lishini ta‘minlaydi. Dasturiy mahsul texnik soz holatda bo‗lishini 
ta‘minlash Axborot tizimi sho‗basi xodimlari hamda soliq deklarat-
siyalarini qabul qilish va mazkur ma‘lumotlarni dasturga kiritish va 
ularning tahlilini olib borish va dasturiy mahsulga kiritilgan ma‘lumot-
larni DSQning yagona ma‘lumotlar bazasiga yuklash jismoniy 
shaxslarga soliq solish bo‗limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 


159 
Soliq deklaratsiyalarini qabul qilish, dasturiy mahsulga kiritish va 
qayta ishlash bo‗yicha xizmatning tarkibi jismoniy shaxslarning 
daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiyani qabul qilish, dasturiy maxsulga 
kiritish va qayta ishlash xizmatlarini web texnologiyalari orqali amalga 
oshirishdan iboratdir. 
Soliq deklaratsiyasini qabul qilish, dasturiy mahsulga kiritish va 
qayta ishlash xizmatining mazmuniga quyidagilar kiradi: 
-soliq organlari tomonidan soliq deklaratsiyalarini qabul qilish, 
ro‗yxatga olish, dasturiy mahsulga kiritish va qayta ishlash; 
-elektron hujjat ko‗rinishida soliq deklaratsiyalarini yuborgan soliq 
to‗lovchilarga, ularni qabul qilinganligi yuzasidan tasdiqnoma 
yuborish; 
-belgilanmagan shaklda taqdim etilgan hisobotlar yuzasidan yozma 
bildirishni jo‗natish; 
-soliq to‗lovchi tomonidan, yozma bildirish olingandan so‗ng, 
belgilanmagan shaklda taqdim etilgan soliq deklaratsiyalarini qaytadan 
to‗g‗ri shakllantirish va o‗rnatilgan tartibda soliq idoralariga taqdim 
etilishini nazoratga olish va desturiy mahsulga belgilangan tartibda 
kiritish; 
-taqdim etilgan deklaratsiyani amaldagi qonunchilikda belgilangan 
muddatlar davomida saqlash. Soliq deklaratsiyasini qabul qilish, 
dasturiy mahsulga kiritish va qayta ishlash bo‗yicha xizmatlar Davlat 
soliq qo‗mitasining rasmiy web portali orqali amalga oshiriladi. 
Davlat 
soliq 
qo‗mitasining 
rasmiy 
web 
portalida 
soliq 
to‗lovchilariga tasdiqlangan shakllardagi soliq deklaratsiyalarini 
elektron ko‗rinishda shakllantirishda quyidagi ma‘lumotlar ko‗rsatilishi 
lozimligi ko‗zda tutilgan: 
-soliq to‗lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‗ilgan yili, 
jinsi, fuqaroligi, doimiy yashash joyi manzili; 
-soliq to‗lovchining identifikatsiya raqami; 
-soliq solinishi lozim bo‗lgan daromadlar turlarga ajratib 
ko‗rsatilgan holda olingan jami yillik daromad (bir martalik 
operatsiyalardan hamda mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan 
daromadlarni deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu operatsiyalarning 
o‗zidan olish mo‗ljallanayotgan daromad aks ettiriladi); 
-daromadlarning manbalari; 
-daromad olish bilan bog‗liq xarajatlar, majburiy to‗lovlar, 
chiqimlar va ajratmalarning summalari; 


160 
-jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo‗yicha 
imtiyozlar; 
-hisoblab chiqarilgan soliq summasi; 
-haqiqatda to‗langan soliq summasi. 
Jismoniy 
shaxsning 
jami 
yillik 
daromadi 
to‗g‗risidagi 
deklaratsiyada 
jismoniy 
shaxslarning 
jami 
yillik 
daromadini 
deklaratsiya qilish bilan bog‗liq boshqa ma‘lumotlar ham ko‗rsatilgan. 
Dasturiy 
mahsuldagi 
soliq 
deklaratsiyalarining 
himoyasini 
ta'minlash maqsadida kriptografiya himoya vositalari qo‗llaniladi. 
Soliq deklaratsiyasini dasturiy mahsulga kiritilgan bekor qilib 
bo‗lmaydigan vaqt soliq deklaratsiyasini taqdim etish sanasi va vaqti 
hisoblanadi. Soliq deklaratsiyasining dasturiy mahsulga kiritilgan 
vaqti, Davlat soliq qo‗mitasining dasturiy-apparat vositalari mazkur 
ma‘lumot dasturiy mahsulga kiritilgan sana va vaqtni ko‗rsatgan holda 
avtomatik tarzda tasdiqlanishini ta‟minlaydi. 
Soliq deklaratsiyalarini dasturiy mahsulga kirituvchi mas‘ul xo-
dimlar soliq to‗lovchilardan qabul qilingan ma‘lumotda quyidagilar-
ning mavjudligini tekshiradilar: 
-ma'lumotlar to‗liqligini; 
-ma'lumotning barcha majburiy rekvizitlari (soliq to‗lovchining 
identifikatsiya raqamlari, yuridik manzili, sanalar va shu kabilarni) 
to‗ldirilganligini; 
-ma'lumotdagi shakllarda nazarda tutilgan barcha ko‗rsatkichlarni 
to‗ldirishini, agarda mavjud bo‗lmagan holda bu modda ("x" belgi 
bilan) qo‗yilganligini. Ma‘lumotga doir e‘tirozlar bo‗lmagan taqdirda 
mas‘ul shaxs hisobot kuniga hisoblangan soliq to‗lovlari summasini 
soliq 
to‗lovchining 
shaxsiy 
kartochkasiga 
o‗tkazadi. Soliq 
deklaratsiyasini qabul qilinganligi haqida davlat soliq inspeksiyasining 
mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan holda dasturiy mahsuldan 
chop etilgan ma‘lumotning bir nusxasi soliq to‗lovchiga taqdim etiladi. 
Davlat soliq inspeksiyasining soliq deklaratsiyalarini qabul qiluvchi 
mas‟ul xodimi tomonidan deklarant soliq deklaratsiyasi taqdim 
etilgandan so‗ng, ma‘lumot davlat soliq inspeksiyasida yuritiladigan 
«Soliq deklaratsiyalarini ro‗yxatga olish jurnali»ga bir kun muddatda 
qayd qilinadi. 
«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli ishlatish 
texnologiyasi Davlat soliq qo‗mitasining 2005 yil 12 noyabrdagi 7/1-
sonli Hay`at qarorida berilgan topshiriqqa asosan «Soliq 


161 
deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli ishlab chiqildi va 
DSQning 2007 yil 6 noyabrdagi 263-sonli buyrug‗i bilan amaliyotga 
joriy qilindi. 
Dasturiy 
mahsul 
davlat 
soliq 
inspektsiyalarida 
jismoniy 
shaxslarning asosiy va asosiy bo‗lmagan ish joylaridan olgan 
daromadlari haqidagi ma`lumotlarni komp‘yuter bazasiga kiritish va 
qayta ishlash natijasida hosil bo‗lgan natijalarni SHHVlarga o‗tkazish, 
jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiya 
blankalarini, shuningdek barcha zaruriy hujjatlarni chop etish uchun 
mo‗ljallangan. 
DSIlarda jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari haqidagi 
ma`lumotlar dastur yordamida komp‘yuter bazasiga kiritiladi va Soliq 
deklaratsiyalarini qayta ishlash markaziga yuboriladi. Ushbu 
yuborilgan ma`lumotlar avtomatik ravishda saralanib, jismoniy shaxs-
larning yashash manziliga qarab tegishli DSIlarga etkazib beriladi. 
«Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash» 
dasturiy mahsuli moduli o‗rnatilgandan so‗ng 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin