Jismoniy shaxslar


Interaktiv davlat xizmatini ko„rsatish maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Interaktiv davlat xizmatini ko„rsatish maqsadi va vazifalari 
Interaktiv davlat xizmatini ko‗rsatishning asosiy maqsadi va 
vazifasi soliq to‗lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratishdan 
iboratdir. Interaktiv davlat xizmatini ko‗rsatish soliq to‗lovchilarning 
sarf xarajatlarini kamaytirishga va soliq to‗lovchilarning vaqtini tejash-
ga olib keladi. Soliq to‗lovchilarga ko‗rsatiladigan axborot xizmatlar 
sifati oshiriladi. Bundan tashqari soliq to‗lovchi hamda soliq organ-
larining o‗zaro munosabatlarida subyektiv aralashuvlar cheklanadi. 
Interaktiv davlat xizmatini ko‗rsatish soliq ma‘murchiligini 
takomillashtirishga, soliq to‗lovchilar tomonidan soliq to‗g‗risidagi 


165 
qonunlar bajarilishini nazorat qilish va tahlil ishlari samaradorligini 
oshirishga olib keladi. Jismoniy shaxslar tomonidan soliq deklarat-
siyalarini elektron ko‗rinishda taqdim etilishi elektron ma‘lumotlar 
bazasini shakllanishini ta‘minlanadi. 
Interaktiv davlat xizmatini ko‗rsatish muddati.
 
Ma‘lumotlarni 
elektron ko‗rinishda qabul qilish yuzasidan xizmat ko‗rsatish elektron 
soliq deklaratsiyalari haqiqatda kelib tushgan vaqtda amalga oshiriladi. 
Ma‘lumotlar olish bo‗yicha kutish vaqti Internet tarmog‗i va 
kompyuter uskunalarini texnik ko‗rsatkichlariga bog‗liq. 
Jismoniy shaxs o‗zining davlat soliq xizmati organiga daromadlari 
to‗g‗risidagi deklaratsiyasini elektron tarzda taqdim etish uchun avvalo 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasining (keyingi 
o‗rinlarda – DSQ deb yuritiladi) Yangi ilmiy axborot markazi 
tomonidan olingan elektron raqamli imzoga (keyingi o‗rinlarda – ERI 
deb yuritiladi) bo‗lishi shart. ERIga ega bo‗lgan jismoniy shaxs uni 
fleshkaga saqlagan holda, DSQning htt://soliq.uz/ yoki htt://hisob‘t.uz/ 
elektron manzillaridan biriga kirib, kompyuter ekarinda hosil bo‗lgan 
o‗ziga tegishli STIRni tanlaydi va parolga ham mazkur STIRni 
kiritgandan so‗ng quyidagi ko‗rinishdagi oyna shakllanadi. 
Elektron shakldagi hisobotlarni jo‗natish, qabul qilish va qayta 
ishlash davomida soliq to‗lovchilar va davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan Adliya vazirligida 2007 yil 13 avgustda 1702-son bilan 
ro‗yhatga olingan «Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini 
elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini ta‘minlash 
bo‗yicha 
elektron 
hujjat 
aylanishining 
ishtirokchilari 
uchun 
yo‗riqnoma»ga asosan axborot xavfsizligi ta‘minlanishi lozim. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin