Decl_lan.Pro.exe
fayli
yuklanadi.
«Soliq deklaratsiyalarini elektron tarzda topshirish‖ dasturiy
mahsuli
Jismoniy shaxslar uchun. ERI bilan tasdiqlangan elektron
hujjat ko‗rinishidagi soliq deklaratsiyalarini qog‗ozdagi nusxalarini
olmagan holda soliq to‗lovchilar tomonidan avtomatlashtirilgan holda
shakllantirish, jo‗natish hamda davlat soliq xizmati organlari
tomonidan qabul qilish.
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‗zbekiston
Respublikasi
Birinchi
Prezidentining
2002-yil
5-sentyabrdagi
«Jismoniy shaxslarning jami daromadini deklaratsiyalash tizimini
bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PF-3127-
sonli Farmoni hamda Adliya vazirligida 2013 yil 22-martda 2439-son
bilan ro‗yxatga olingan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Davlat soliq qo‗mitasining «Soliq hisobotlarining shakllarini tasdiqlash
to‗g‗risida»gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan.
Ushbu
Reglament
O‗zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2007-yil
23-avgustdagi
«Davlat va xo‗jalik
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va
jismoniy shaxslar bilan o‗zaro hamkorligini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 181-sonli qaroriga binoan Davlat soliq
162
qo‗mitasi tomonidan ko‗rsatiladigan elektron soliq deklaratsiyasini
qabul qilish va qayta ishlash bo‗yicha bazaviy interaktiv davlat
xizmatining (keyingi o‗rinlarda interaktiv davlat xizmati deb ataladi)
tartibi, shartlari va muddatlarini belgilaydi.
Reglamentda interaktiv davlat xizmatining tarkibi, mazmuni,
xizmat ko‗rsatish turi, shakli va usuli, kutilayotgan natija, xizmat
ko‗rsatish muddati va boshqa qoidalar ifodalangan.
Interaktiv davlat xizmatining tarkibi hamda mazmuni.
Interaktiv
davlat xizmatining tarkibi jismoniy shaxslardan asosiy bo‗lmagan ish
joyidan olgan daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiyani elektron
ko‗rinishda jo‗natish, qabul qilish va qayta ishlash xizmatlarini web
texnologiyalari orqali amalga oshirishdan iboratdir.
Interaktiv davlat xizmatining mazmuniga qo‗yidagilardan iborat:
-elektron soliq deklaratsiyalarini shakllantirish, elektron raqamli
imzo bilan imzolash, shifrlash va elektron hujjat ko‗rinishida soliq
idoralariga jo‗natish;
-davlat soliq xizmati organlari tomonidan elektron soliq
deklaratsiyalarini qabul qilish, ro‗yhatga olish va qayta ishlash;
-elektron hujjat ko‗rinishida soliq deklaratsiyalarini yuborgan soliq
to‗lovchilarga, ularni qabul qilinganligi yuzasidan tasdiqnoma
yuborish, shu jumladan, belgilanmagan shaklda taqdim etilgan
hisobotlar yuzasidan yozma bildirishni jo‗natish;
-soliq to‗lovchi tomonidan, yozma bildirish olingandan so‗ng,
belgilanmagan shaklda taqdim etilgan soliq deklaratsiyalarini qayta
to‗g‗ri shakllantirish va o‗rnatilgan tartibda elektron hujjat ko‗rinishida
davlat soliq xizmati organlariga jo‗natish;
-elektron ko‗rinishda taqdim etilgan hisobotlarni qonun hujjatlarida
belgilangan muddatlar davomida saqlash.
Interaktiv davlat xizmatini ko‗rsatish shakli va usuli.
Interaktiv
davlat xizmati Davlat soliq qo‗mitasining rasmiy sayti orqali
ko‗rsatiladi.
Davlat soliq qo‗mitasining rasmiy saytida soliq to‗lovchilarga
tasdiqlangan shakllardagi soliq deklaratsiyalarini elektron ko‗rinishda
shakllantirish imkoniyati yaratilgan. Shu jumladan, ma‘lumotda soliq
to‗lovchining identifikatsiya raqami, soliq davri, soliq summasi,
elektron hujjatni jo‗natuvchi soliq to‗lovchining nomi, elektron hujjatni
jo‗natuvchining pochta va elektron manzili, hujjat yaratilgan sana
ko‗rsatilishi lozimligi ko‗zda tutilgan.
163
Elektron ko‗rinishda shakllantirilgan soliq deklaratsiyalarining
himoyasini ta‘minlash maqsadida kriptografiya himoya vositalari
qo‗llaniladi. Soliq deklaratsiyalari soliq to‗lovchining elektron raqamli
imzosi bilan tasdiqlanib, davlat soliq xizmati organlariga yuboriladi.
Elektron ko‗rinishdagi soliq deklaratsiyalari Davlat soliq
qo‗mitasining rasmiy sayti orqali jo‗natilib, soliq deklaratsiyani qabul
qilib oluvchining elektron manzilidan qabul qilib olinganligi to‗g‗risida
tasdiqnoma kelgan va bekor qilib bo‗lmaydigan vaqt soliq
deklaratsiyani taqdim etish sanasi va vaqti hisoblanadi.
Elektron ko‗rinishdagi soliq deklaratsiyani qabul qilib olish
vaqtida, O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasining dasturiy
vositalari mazkur ma‘lumotni qabul qilib olganligi to‗g‗risida, qabul
qilib olingan sanasi va vaqti ko‗rsatilgan holda, avtomatik tarzda
tasdiqlanishini ta‘minlaydi.
Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qiluvchi mas‘ul xodimlar
soliq to‗lovchilardan qabul qilingan ma‘lumotda quyidagilarning
mavjudligini tekshiradilar:
-ma‘lumotlar shakllarining to‗liqligini;
-ma‘lumotdagi
deklarantning
elektron
raqamli
imzoning
mavjudligini (elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli
imzo kalitining sertifikati amal qilib turganligi ham tekshiriladi);
-ma‘lumotdagi barcha majburiy rekvizitlarini (soliq to‗lovchining
identifikatsiya raqamlari, yuridik manzili, sanalar va shu kabilarni)
to‗ldirilganligini;
Ma‘lumotdagi shakllarda nazarda tutilgan barcha ko‗rsatkichlarni
to‗ldirilganligini.
Ma‘lumotga doir e‘tirozlar bo‗lmagan taqdirda taalluqli kompyuter
dasturi orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq to‗lovlari summalari
ko‗rsatkichlari hisob varaqlariga yozuvlarni o‗tkazish va byudjet bilan
o‗zaro hisob-kitoblarga ko‗ra operativ taqqoslanishni amalga oshirish
uchun, soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq
statistikasini olib boruvchi tuzilmaga topshiriladi, shundan keyin
byudjet bilan hisob-kitoblar haqidagi ma‘lumotlar ko‗chirilib, soliq
summalarining shaxsiy kartochkalariga o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi
ma‘lumot kompyuterdan chiqarilib, belgilangan tartibda hisobotlarni
qabul qiluvchi bo‗linmaga topshiriladi.
164
Elektron shakldagi ma‘lumot qabul qilinganligi haqida davlat soliq
inspeksiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo
qo‗yiladi va imzolangan ma‘lumot soliq to‗lovchiga qaytariladi.
Davlat soliq inspeksiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi mas‘ul
xodimi tomonidan deklarantning elektron soliq deklaratsiyasi
tushgandan so‗ng, uning olinganligi soliq to‗lovchilarning «Soliq
deklaratsiyalarini ro‗yhatga olish jurnali»ga bir kun muddatda qayd
qilinadi. Taqdim etilgan elektron soliq deklaratsiyalaridagi ma‘lumotlar
belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda davlat soliq
inspeksiyasi xodimlari tomonidan, Soliq kodeksida belgilangan
muddatlarda «Ma‘lumotga doir mulohazalar» tayyorlanib, davlat soliq
inspeksiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo
qo‗yilib, qayta ishlash uchun deklarantga qaytariladi. Bildirilgan
mulohazalarni hisobga olgan holda takroran ishlab chiqilgan elektron
soliq deklaratsiyasi davlat soliq xizmati organiga belgilangan tartibda
qayta taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan soliq
deklaratsiyasiga doir ma‘lumotlar maxsus ajratilgan kompyuterlarda
saqlanadi. Elektron soliq deklaratsiyalarini saqlash chog‗ida ulardan
foydalanish va ularning qog‗oz nusxalarini chiqarish (chop etish)
imkoniyati ta‘minlanishi lozim. Elektron shakldagi hisobotlarni saqlash
muddati, qog‗oz nusxalardagi hisobotlar uchun belgilangan muddatdan
kam bo‗lmasligi kerak. Elektron shakldagi hisobotlarni jo‗natish, qabul
qilish va qayta ishlash davomida soliq to‗lovchilar va davlat soliq
xizmati organlari tomonidan Adliya vazirligida 2007 yil 13 avgustda
1702-son bilan ro‗yhatga olingan «Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-
kitoblarini elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini
ta‘minlash bo‗yicha elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari uchun
yo‗riqnoma»ga asosan axborot xavfsizligi ta‘minlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |