152
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i miqdorini, shuningdek
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat
berilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo‗yicha organning tegishli xulosasini ko‗rsatadi.
Mol-mulkini ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs,
agar ushbu daromadlarga jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad
solig‗ining to‗lov manbaida soliq solinmasa, belgilangan muddatlarda
jami yillik daromad to‗g‗risida deklaratsiya taqdim etish bilan bir
qatorda ijaradan daromadlar paydo bo‗lgan kundan e‘tiboran birinchi
oy tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki tarzdagi
deklaratsiya ham taqdim etadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda
jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat
soliq xizmati organini
bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Agar soliq to‗lovchi daromadlar to‗g‗risidagi deklaratsiyani taqdim
etmagan bo‗lsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada
noto‗g‗ri ma‘lumotlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i summasini o‗zidagi
mavjud axborot asosida eng yuqori stavka bo‗yicha hisoblashga va
to‗lanishi lozim bo‗lgan, hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‗i summasi to‗g‗risida soliq to‗lovchiga o‗n kunlik
muddat ichida to‗lov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq to‗lovchi
tomonidan jami yillik daromadi to‗g‗risida deklaratsiya yoki to‗g‗-
rilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗ining yakuniy
summasi ushbu deklaratsiya
hisobga
olingan
holda
aniqlanadi.
O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi ―Statistik, soliq, moliyaviy
hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish
tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-
4453-sonli Farmoniga asosan, 2013 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy
shaxsning jami yillik daromadi to‗g‗risidagi deklaratsiya va jismoniy
shaxsning mol-mulkni ijaraga berishdan
olinadigan daromadlar
bo‗yicha yakuniy deklaratsiyalari birlashtirilib o‗rniga ―Jismoniy
shaxsning
jami
yillik
daromadi
to‗g‗risidagi
deklaratsiya‖ga
unifikatsiya qilingan holda Davlat soliq xizmati organlariga taqdim
etilishi belgilangan. Ushbu me‘yorlar O‗zbekiston Respublikasining
2012 yil 25 dekabrdagi O‗RQ-343 sonli qonunga asosan soliq
kodeksiga ham kiritildi. O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga
153
muvofiq, mehnat xaqi shaklidagi daromadni hisoblash, undirish va
davlat byudjeti daromadlariga o‗tkazib
berish ish beruvchi yuridik
shaxslar – soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan.
Deklaratsiyani тaqdim etish tartibini buzganlik uchun jazo
choralari.
Deklaratsiyani taqdim etish tartibini buzganlik uchun Soliq
kodeksi va Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksda moliyaviy
jazo choralari nazarda tutilgan.
Deklaratsiyani taqdim etmaganlik, o‗z vaqtida taqdim etmaganlik
yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlik uchun:
- O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 115-moddasiga
asosan - Sоliq hisоbоtini o‗z vaqtida taqdim etmaganlik va kameral na-
zоrat natijalari bo‗yicha aniqlangan tafоvutlar asоslarini yoxud aniq-
lashtirilgan sоliq hisоbоtini belgilangan
muddatda taqdim etmaganlik
uchun sоliq to‗lоvchi – yuridik shaxsning mansabdоr shaxsi yoki sоliq
to‗lоvchi – jismоniy shaxs mahmuriy javоbgarlikka tоrtiladi.
- O‗zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi
kodeksining 174-moddasiga asosan fuqarolarga eng kam ish haqining
bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‗ladi;
Deklaratsiya uzrli sabablar (xizmat safarida bo‗lish, kasallik va
boshqalar)ga ko‗ra o‗z vaqtida taqdim etilmagan hollarda, soliq
inspeksiyasiga deklaratsiya bilan birga qo‗shimcha tarzda tushuntirish
xati va kechikish sababini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
Deklaratsiyani taqdim etish tartibiga
rioya qilinmagan yoki soliq
to‗liq to‗lanmagan taqdirda DSI soliq to‗lovchiga jarima (boqimonda,
penya)ni ixtiyoriy to‗lash to‗g‗risida talabnoma yuboradi.
Deklaratsiya bo‗yicha soliq to‗lash tartibi.
Jismoniy shaxslar -
O‗zbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar to‗g‗risidagi
deklaratsiyaning ma‗lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini o‗tgan soliq davridan keyingi
yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‗laydilar.
Jismoniy shaxslar - O‗zbekiston Respublikasining rezidentlari
hisoblab chiqarilgan daromad solig‗ini xorijiy davlatda joylashgan
bank hisobvarag‗idan chet el valyutasida to‗lashi mumkin. Bunda
jismoniy
shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i to‗langan sanada
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs
bo‗yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.
154
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy
shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini taqdim
etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan
keyingi oyning beshinchi kunigacha to‗laydilar. Yil tugagach, jismoniy
shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi
haqiqatda olingan daromad bo‗yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa
bilan yil mobaynida to‗langan summalar o‗rtasidagi
farq kelgusi
yilning 1 iyunidan kechiktirmay soliq to‗lovchidan undirilishi yoki
unga qaytarilishi kerak.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq to‗langan
sana quyidagilardir:
- yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi
hisobvarag‗idan to‗langani taqdirda - ularning bankdagi hisobvara-
g‗idan mablag‗lar hisobdan chiqarilgan kun;
- jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‗lari kiritilgan
taqdirda - bank kassasiga mablag‗lar to‗langan sana.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini to‗lash to‗lov
xabarnomasida ko‗rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: