4.2. Jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida
soliq solinadigan daromadlari tarkibi
Deklaratsiya – soliq idoralariga soliq to‗lovchi jismoniy shaxslar
tomonidan topshiriladigan va o‗z ichiga olingan daromadlar va ushbu
daromadlar bilan bog‗liq xarajatlar haqidagi ma‗lumotlarni aks
ettiradigan hamda soliq to‗lovchining hisoblangan soliqlarni ixtiyoriy
ravishda va belgilangan vaqtda davlat byudjetiga to‗lashga majbur
etadigan hujjat hisoblanadi.
Moliya yilida soliqqa tortiladigan daromadga ega bo‗lgan jismoniy
shaxslar soliq to‗lashga jalb etiladi. Bundan tashqari, asosiy ish joyidan
tashqari boshqa daromad manbalariga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar
olgan daromadlari haqida o‗zlari yashab turgan hududdagi soliq
idoralariga hisobot davridan keyingi yilning 1 apreliga qadar
deklaratsiya topshirishlari lozim bo‗ladi. Yillik jami daromad haqida
144
deklaratsiya to‗ldirish va uni soliq idoralariga taqdim etish O‗zbekiston
Respublikasining soliq kodeksi asosida amalga oshiriladi.
Deklaratsiya jismoniy shaxslarning soliq organlariga hisobot
davridagi daromadlari va o‗zlariga bevosita daxldor bo‗lgan soliq
imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishini anglatadi. Soliq
deklaratsiyasi va soliq stavkalari asosida to‗lanishi lozim bo‗lgan
soliqni Davlat soliq xizmati organlari nazorat qiladilar. Yillik jami
daromad haqidagi soliq deklaratsiyasini, odatda, asosiy ish joyidan
tashqarida daromadga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar, shuningdek,
hisobot yilida asosiy ish joyiga ega bo‗lmagan va qonunchilik doirasida
boshqa manbalardan daromad olgan barcha toifadagi jismoniy shaxslar
taqdim etishlari shart hisoblanadi.
Soliq kodeksiga ko‗ra jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi
haqidagi deklaratsiya quyidagi hollarda soliq organlariga topshiriladi:
a) mulkiy daromad, fan, adabiyot va san‘at asarlarini yaratganlik
hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqqi tariqasida
olingan daromad (agar bunday daromadlarga to‗lov manbaida soliq
solinmagan bo‗lsa);
b) asosiy bo‗lmagan ish joyidan (O‗zbekiston Respublikasidagi,
shuningdek uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad
olgan jismoniy shaxslar tomonidan (asosiy bo‗lmagan ish joyidagi
mehnat
to‗lovi
bo‗yicha
daromad
oluvchi
jismoniy
shaxs
buxgalteriyaga eng yuqori stavka bo‗yicha daromadidan soliq ushlab
qolinishi haqida ariza topshirganlar bundan mustasno);
v) rezident - chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan;
g) grant olgan jismoniy shaxslar tomonidan daromadlar
to‗g‗risidagi
deklaratsiyani
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va texnologiyalarni
rivojlantirishni
muvofiqlashtirish
bo‗yicha
organning
tegishli
xulosasini ko‗rsatgan holda;
d) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy
shaxslar deklaratsiyalashning dastlabki va yakuniy deklaratsiya
bo‗yicha alohida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
y) jismoniy shaxslarning O‗zbekiston Respublikasi oliy o‗quv
yurtlarida o‗zi yoki 26 yoshgacha bo‗lgan farzandining ta‘lim olish
uchun yo‗naltiriladigan daromadlari deklaratsiya qilinishi mumkin;
j) O‗zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy
jamg‗arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda
145
yo‗naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daro-
mad solig‗i bo‗yicha imtiyozni deklaratsiya asosida qo‗llashi mumkin.
Agar soliq to‗lovchining asosiy bo‗lmagan ish joyidan olgan
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i uning
arizasiga ko‗ra belgilangan eng yuqori stavka qo‗llanilgan holda ushlab
qolingan bo‗lsa, daromadlar to‗g‗risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.
O‗zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan
daromadlar va soliq agentlari bo‗lmagan manbalardan olingan
daromadlar bundan mustasno.
O‗zbekiston Respublikasi rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy
shaxs, Soliq kodeksining 192-moddasida nazarda tutilgan tartibda va
muddatlarda daromadlari to‗g‗risida deklaratsiya taqdim etadi.
Mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlarga soliq solish.
Fan,
adabiyot va san‘at asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik
uchun mualliflik haqi tariqasida daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar
bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan
o‗tmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i
solinadigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‗ini davlat soliq xizmati organining yozma xabarnomasi
asosida to‗laydi.
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‗liq xarajatlarga
quyidagilar kiradi:
fan, adabiyot va san‘at asarlarini yaratish va ulardan foydala-
nish uchun zarur materiallar olishga doir xarajatlar;
faqat fan, adabiyot va san‘at asarlarini yaratish, nashr qilish,
ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida
foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‗g‗risidagi deklaratsiya.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‗g‗risidagi deklaratsiya
soliq to‗lovchining olingan yillik daromadi to‗g‗risidagi yozma
arizasidan iborat bo‗ladi.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‗g‗risidagi deklarat-
siyasiga asosiy ish joyi bo‗yicha to‗langan daromadlar va jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining ushlab qolingan summalari
to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan
shakldagi ma‗lumotnoma ilova qilinadi.
|