Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
15-VAZIYAT 
Ilgari boshqa korxonada ishlagan yangi ishga qabul qilingan 
xodimning daromadlaridan JSHDS hisob-kitobi. 
Mart oyida yangi xodim ishga qabul qilindi. Unga oyiga 600 000 
so‗m maosh belgilandi. U avvalgi ish joyidan ma‘lumotnoma va STIR 
ni buxgalteriyaga taqdim etmagan. 
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‗qish) joyi o‗zgargan taqdirda, 
jismoniy shaxs joriy yilda o‗ziga to‗langan daromadlar va ushlab 
qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i summalari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotnomani yangi ishjoyidagi buxgalteriyaga 
dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadap taqdim etishi shart (Soliq 
kodeksining 186-moddasi 5-qismi). Ma‘lumotnoma yoki soliq 
to‗lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, JSHDS 


134 
eng yuqori stavka bo‗yicha ushlab qolinadi. Ma‘lumotnoma va STIR 
taqdim etilgan takdirda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‗i summasi ilgarigi asosiy ish (xizmat, o‗qish) joyida olingan 
daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi. 
Shunga asoslanib mart oyida yangi ishga qabul qilingan xodimning 
600 000 so‗mlik daromadiga eng yuqori stavkada soliq solinadi: 
600 000 x 22,5%=135 000 so‗m. 
Mart oyi uchun SHJBPHga majburiy badallar quyidagiga teng 
bo‗ladi: 
(600 000 x 2%)=12 000 so‗m. 
Byudjetga o‗tkaziladigan summa quyidagicha hisoblanadi: 
135000 – 12000 = 123 000 so‗m. 
Mart oyi uchun majburiy sug‗urta badallari quyidagi summani 
tashkil qiladi: 
600 000x8%=43 000 so‗m. 
Soliq va majburiy ajratmalar ushlanganidan keyin xodimga 417 
000 so‗m (600 000 -135 000 - 48 000) to‗lanadi. 
 
16-VAZIYАT 
Daromadlar hisoblab yoziladigan vaqtda ishdan bo‗shab ketgan 
xodimning daromadlaridan JSHDS hisob-kitobi. 
Korxona 2018-yilning mart oyida ishlab chiqarish sexining 
xodimlariga 2017-yili moliya-xo‗jalik faoliyati natijalari bo‗yicha 
mukofot to‗ladi. 2017-yilda to‗liq ishlaganlar 1 500 000 so‗mdan 
olishchdi. Rahbariyatning qaroriga ko‗ra 1 500 000 so‗mlik mukofot 
2017- yilda 12 oy to‗liq ishlagan va 2018-yilning 1 yanvaridan ishdan 
bo‗shab ketgan xodimga ham to‗landi. Xodim daromadlaridan 
JSHDSni eng yuqori stavka bo‗yicha ushlab qolish haqida arizani 
topshirmagan. Unga 2017-yilda to‗langan daromadlardan oyiga 
EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyozni 
hisobga olgan holda, soliq ushlab qolingan, chunki u II guruh nogironi 
hoblanadi (Soliq kodeksining 180-moddasi). Mehnat shartnomasi 
bekor qilingandan so‗ng xodimga ilgarigi asosiy ish joyida to‗lovlar 
amalga oshirilgan taqdirda, mazkur to‗lovlarga JSHDS Soliq 
kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‗llanilmagan 
holda solinadi (Soliq kodeksining 186-moddasi 7-qismi). 
Yuridik shaxs bu xodimga to‗lagan daromadning jami summasi va 
undan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining ushlab 


135 
qolingan umumiy summasi haqida bu yuridik shaxs hisobga qo‗yilgan 
joydagi davlat soliq xizmati organiga 30 kun ichida yozma shaklda 
ma‘lum qilishi shart. 
Sobiq xodimning mart oyi uchun daromadi -1 500 000 so‗mga 
7,5%lik stavka buyicha soliq solinadi, chunki bu summa 2 583 600 
so‗mdan oshmaydi: 
(1 500 000 - 516 720) x 7,5% = 73 746 so‗m. 
Mart oyi uchun SHJBPHga majburiy badallar quyidagi summani 
tashkil qiladi: 
(1 500 000 - 516 720) x 2% = 19 665,6 so‗m. 
Uni hioblangan JSHDS summasidan chegirib tashlaymiz va 
byudjetga quyidagi soliq summasi o‗tkaziladi: 
73 746-19 665,6 = 54 080,4 so‗m. 
Mart oyi uchun majburiy sug‗urta badallari quyidagiga teng: 
1 500 000 x 8%= 120 000 so‗m. 
Soliqlar va majburiy ajratmalar ushlanganidan keyin xodimga 1 
306 254 so‗m (1 500 000 - 73 746 -120 000) to‗lanadi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin