Jismoniy shaxslar


IV BOB. JISMONIY SHAXSLARNING DAROMADLARINI



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

IV BOB. JISMONIY SHAXSLARNING DAROMADLARINI 
DEKLARATSIYA ASOSIDA SOLIQQA TORTISH 
XUSUSIYATLARI 
==================================================
 
 
4.1. Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya usulida
soliqqa tortishni zarurligi va ahamiyati 
 
Ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy islo-
hotlarga mos ravishda mamlakatimiz soliq tizimida chuqur o‗ylangan 
chora-tadbirlar, shu jumladan, jismoniy shaxslarning daromadlarini 
soliqqa tortishda qator samarali hamda ijobiy o‗zgarishlar amalga 
oshirilmoqda. Davlat soliqlar yordamida fuqarolarning daromadlari va 
turmush darajasini tartibga solib turadi. Ushbu ta‘sirning qanchalik 
darajada bo‗lishi jismoniy shaxslarning daromadlarini legallashtirishni, 
xususiy tadbirkorlikka bo‗lgan qiziqishlarni va mulkning qaysi holatda 
saqlanishini belgilab beradi. Jahon amaliyoti ko‗rsatishicha, agar ta‘sir 
darajasi ham, soliq yuki ham yuqori bo‗lsa daromadlarni ko‗proq 
yashirishga moyillik ortadi, daromad olishga bo‗lgan qiziqishlar bir 
muncha so‗nadi, aksincha, soliq yuki kam bo‗lsa aks holat yuz beradi. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, jismoniy 
shaxslarning daromadlarini to‗liq hisobini yuritish va ijtimoiy aha-
miyatga ega soliq chegirmalarini qo‗llashda daromadlarni deklarat-
siyalash usuli yuqori samara beradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va 
modernizatsiyalash sharoitida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va 
daromad 
topishga 
erkinlik 
yaratish 
bilan 
birgalikda 
ushbu 
daromadlarning qonuniyligini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunda deklaratsiyalash tizimi orqali fuqarolar daromadlarining hisobga 
olinishi va adolatli soliqqa tortilishi ta‘minlanadi. Jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‗i stavkalarini pasaytirish va hisobga olish, 
daromadlarning qonuniyligini ta‘minlash va soliqlarni to‗liq 
to‗langanligini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish dolzarb 
vazifa bo‗lib, bu daromadlarni deklaratsiyalash tizimini joriy etish va 
uni to‗liq kompyuterlashtirishni taqozo etadi. 


138 
Deklaratsiya – bu soliq to‗lovchi tomonidan topshiriladigan, o‗z 
ichiga daromadlar haqidagi ma‘lumotlarni olgan, shuningdek ushbu 
daromadlarni topish bilan bog‗liq xarajatlar haqidagi ma‘lumotlarni aks 
ettirgan, qayta hisoblangan soliqni belgilangan muddatda ixtiyoriy 
ravishda to‗lashga majbur etadigan hujjatdir. 
Deklaratsiya jismoniy shaxslarning soliq organlariga hisobot 
davridagi daromadlari va o‗zlariga bevosita daxldor bo‗lgan soliq 
imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni anglatadi. Soliq 
deklaratsiyasi va soliq stavkalari asosida to‗lanishi lozim bo‗lgan 
soliqni Davlat soliq xizmati organlari nazorat qiladilar. Yillik jami 
daromad haqidagi soliq deklaratsiyasini, odatda, asosiy ish joyidan 
tashqarida daromadga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar, shuningdek 
hisobot yilida asosiy ish joyiga ega bo‗lmagan va qonunchilik doirasida 
boshqa manbalardan daromad olgan barcha toifadagi jismoniy shaxslar 
taqdim etishlari shart hisoblanadi.
Jismoniy 
shaxslarning 
daromadlarini 
deklaratsiyalashning 
murakkab tizim ekanligini hisobga olib, respublikamizda uni joriy 
etishdan oldin bir nechta hududlar misolida eksperimentlar o‗tkazildi. 
Eksperiment dastlab 1994 yilda Toshkent shahrining ikkita tumanida, 
1995 yilda Toshkent shahrining barcha tumanlariga keyinchalik butun 
respublikaga joriy etildi. O‗tkazilgan eksperiment o‗z natijalarini berdi. 
Hozirgi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida ham deklaratsiya taqdim 
etuvchilar soni hamda ushbu mexanizm orqali byudjetga soliq tushumi 
tobora ortib bormoqda.
Olib borilgan eksperiment yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar 
besh bosqichga bo‗lindi. 
Birinchi bosqichda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga 
asosiy joyidan tashqaridan daromad olgan fuqarolar to‗g‗risida 
mahlumotlar taqdim etishlarini so‗rab xatlar yuborildi.
Ikkinchi bosqichda olingan ma‘lumotlar qayta ishlandi, tegishliligi 
bo‗yicha boshqa soliq inspektsiyalariga yuborildi. 
Uchinchi bosqichda ikki va undan ko‗p daromad manbasiga ega 
bo‗lganlar va tadbirkorlik bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslarning 
daromadlari to‗g‗risida deklaratsiyalarni to‗ldirishlari bo‗yicha ishlar 
amalga oshirildi. 
To‗rtinchi bosqichda olingan ma‘lumotlar kompyuterlarda qayta 
ishlandi, daromadlarga soliqlar hisoblandi va ularning tushishi 
nazoratga olindi.


139 
Beshinchi bosqichda to‗lov xabarnomalari yozildi va hisoblangan 
soliqlar yig‗ildi. Respublikamizda daromadlarni deklaratsiyalashning 
birinchi tajribasi shu tariqa joriy etilgan edi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi 
―O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi 
to‗g‗risida‖gi 397-1-son qarorining 5-bandida ―2002 yildan e‘tiboran, 
daromadlar olish manbalaridan qat‘iy nazar, barcha jismoniy 
shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash tizimi joriy etilishi 
nazarda tutilsin‖, deya qayd etib qo‗yilgan edi. O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 7 dekabrda qabul qilingan 
qaroriga binoan esa, jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini 
deklaratsiyalash tizimi 2003 yilda olingan daromadlardan boshlab joriy 
etilishi belgilab qo‗yildi.
Vazirlar Mahkamasiga esa ―1997-2001-yillar mobaynida jismoniy 
shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash tizimini, shu 
jumladan deklaratsiya shaklini, uni taqdim etish va ko‗rib chiqish 
tartibini hamda muddatlarini, shuningdek, deklaratsiya taqdim 
etmaganlik, uni belgilanmagan shaklda taqdim etganlik yoki noto‗g‗ri 
ma‘lumotlarni taqdim etganlik uchun javobgarlik choralarini ishlab 
chiqish‖ vazifasi topshirilgan. O‗zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidentining 2002 yil 5 sentyabrdagi ―Jismoniy shaxslarning jami 
daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish 
chora-tadbirlari 
to‗grisida‖gi 
Farmoni 
esa, 
daromadlarni 
deklaratsiyalash tizimini yaratish bo‗yicha chet el tajribasini chuqur 
o‗rganishni, aholini tegishli tarzda tayyorlashni, zarur qonunchilik va 
me‘yoriy negiz qabul qilinishini, butun bir tashkiliy chora-tadbirlar 
majmui amalga oshirilishini talab etishini hisobga olgan holda uni 
2002-2005 yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini belgilab berdi. 
Bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik faoliyati erkinligi tamoyillari 
amal qilayotgan barcha iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda 
fuqarolar tomonidan o‗z daromadlarini majburiy deklaratsiyalash 
amaliyoti keng qo‗llaniladi. Daromadlar to‗g‗risidagi deklaratsiyani 
to‗ldirish fuqarolar tomonidan soliqlar to‗lash chog‗ida, shuningdek uy, 
yer maydonlari va ko‗chmas mulk, qimmatbaho qog‗ozlar hamda 
boshqa qimmatli buyumlarni xarid qilish bilan bog‗liq yirik moliyaviy 
bitimlarni amalga oshirishda qat‘iy shart hisoblanadi. Xullas, fuqarolar 
daromadlarining manbalari oshkoraligi, qonuniyligini tasdiqlash zarur 
bo‗lgan joyda deklaratsiya talab qilinadi. 


140 
Xorijiy mamlakatlarda mavjud bo‗lgan deklaratsiyalash tizimining 
asosiy sharti, bir tomondan, o‗z daromadlari va ularning manbalari 
to‗g‗risida 
odamlarning 
o‗zlari ixtiyoriy ravishda ma‘lumot 
berishlaridir. Ikkinchi tomondan, deklaratsiya, mol-mulk xarid qilishga 
sarflangan pul mablag‗larining manbalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni 
taqdim etmaslik uchun, o‗z daromadlarini atayin kamaytirib 
ko‗rsatganligi yoki ularni yashirganligi uchun iqtisodiy jazo va 
jarimalarning qonun yo‗li bilan mustahkamlangan, hatto jinoiy 
javobgarlikka tortishgacha bo‗lgan kuchli tizimi mavjuddir. 
Fuqarolarning daromadlarini deklaratsiyalash yashirin iqtiso-
diyotga, pul mablag‗larining noqonuniy aylanishiga, korruptsiya va 
poraxo‗rlikka hamda iqtisodiyot sohasidagi boshqa jinoyatlarga qarshi 
kurashda ta‘sirchan vositalardan biri hisoblanadi. 
Shuni taassuf bilan e‘tirof etish kerakki, bizda korruptsiya va 
g‗ayriqonuniy daromadlarga, savdo-vositachilik faoliyati natijasida 
tushadigan naqd pullarni yashirishga qarshi qat‘iy kurash olib borish 
zarurligi to‗g‗risida ko‗p gapiriladi-yu, ammo ayni vaqtda jahon 
amaliyotida hamma tomonidan qabul qilingan mexanizmni joriy etish 
bo‗yicha aniq-ravshan choralar ko‗rilmayapti. Bunday mexanizm 
poraxo‗rlik payini qirqib, yashirin iqtisodiyot uchun zamin 
yaratayotgan, bankdan tashqari pul aylanishini ta‘minlayotgan barcha 
manbalarni tugatishga yordam beradi. 
Shuni hisobga olish zarurki, daromadlarni deklaratsiyalashni joriy 
etmay, fuqarolarning o‗z daromadlari va ularni olish manbalari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etishning 
barqaror tizimini vujudga keltirmasdan, shuningdek o‗z daromadlari 
haqidagi ma‘lumotlarni taqdim etishdan bo‗yin tovlayotganlarni 
jazolash choralarini puxta ishlab chiqmay turib korruptsiya va yashirin 
iqtisodiyotga qarshi kurash borasidagi ishlarni tasavvur qilish qiyin. 
Ayni shu boisdan, bunday ishlarning jami qonun hujjatlariga, 
huquqiy me‘yorlarga tayanadigan taraqqiy etgan mamlakatlarda tarkib 
topgan tajribadan kelib chiqqan holda bizning respublikamizda ham 
xuddi shunday tizim faollik bilan yaratilishi lozim. 
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‗tish tufayli aholi uchun 
o‗z qobiliyatlarini yana ham kengroq namoyon etish, o‗zini 
iqtisodiyotning turli sohalarida yuzaga chiqarish hamda turli qonuniy 
manbalardan daromad olish imkoniyatlari ochiladi. 


141 
Respublikada xususiy tadbirkorlikni rag‗batlantirish, kichik 
biznesni rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mehnatga haq 
to‗lashdagi cheklashlarni bekor qilish, korxonalarning xo‗jalik 
faoliyatiga davlat va nazorat idoralarining aralashuvini keskin 
kamaytirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning 
hammasi odamlar uchun faol mehnat qilish va o‗z mehnati bilan 
ko‗proq pul ishlab topish imkoniyatini yaratishga qaratilgandir. Shu 
munosabat bilan aholi daromadlarini hisobga olish, daromadlarning 
qonuniyligini hamda soliqlar bekamu ko‗st to‗langanligini nazorat 
qilish mexanizmini takomillashtirish dolzarb vazifa bo‗lib qolmoqdaki, 
bu ham daromadlarni umumdeklaratsiyalash tizimini joriy etish 
zarurligini taqozo etadi. 
Ayni paytda, fuqarolarning shaxsiy mulkiga tajovuz qilish yoki 
ularning huquq va erkinliklarini cheklash kabi faktlarga barham berish 
maqsadida 
Farmonda 
shu 
narsa 
belgilanganki, 
daromadlarni 
deklaratsiyalash mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish 
chog‗ida 
fuqarolarning 
konstitutsiyaviy 
va 
mulkiy 
huquqlari 
buzilishiga, ularning daromadlari va mol-mulki miqdorlari to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar oshkor etilishiga, fuqarolarning xususiy turmushiga 
aralashishga hamda boshqa suiste‘molchiliklar va huquqbuzarliklarga 
qat‘iyan yo‗l qo‗yilmaydi. Mansabdor shaxslar jismoniy shaxslarning 
daromadlari va mol-mulki bilan bog‗liq axborot hamda hujjatlardan 
foydalanish tartibini buzgan hollarda ular javobgarlikka, hatto jinoiy 
javobgarlikka ham tortiladilar. 
Shuning uchun daromadlarni deklaratsiyalashning butun tizimi 
qonunchilikka asoslanadi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masiga tegishli tuzilmalar va mutaxassislarni jalb etgan holda ―Jismo-
niy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash to‗g‗risida‖gi 
Qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlisga tasdiqlash uchun 
topshirildi. 
Daromadlarni deklaratsiyalash tizimini yaratish bo‗yicha chet el 
tajribasini chuqur o‗rganishni, aholini tegishli tarzda tayyorlashni, 
zarur qonunchilik va me‘yoriy negiz qabul qilinishini, butun bir 
tashkiliy chora-tadbirlar majmui amalga oshirilishini talab etishni 
hisobga olgan holda uni 2002-2005 yillarda bosqichma-bosqich joriy 
etishga qaror qilindi. 
Shu bilan bir vaqtda soliq organlariga jismoniy shaxslarning daro-
madlarini deklaratsiyalash tizimi joriy etilgunga qadar fuqarolarning 


142 
daromadlarini 
ixtiyoriy 
ravishda 
deklaratsiyalash 
tizimini 
takomillashtirish yuzasidan tanlab olish yo‗li bilan tajriba tariqasida ish 
olib borish, shuningdek ularning javobgarlik choralarini, jumladan 
zarur ma‘lumotlarni taqdim etmaganlik va daromadlarni qasddan 
yashirganlik uchun qonunchilikda ko‗zda tutilgan jazolarni qo‗llash 
choralarini belgilash huquqi berildi. 
Shuni qayd etib o‗tish kerakki, hozirgi vaqtda amaldagi qonunchi-
likka muvofiq jismoniy shaxslar asosiy ish joyidan tashqarida olayot-
gan daromadlar, shuningdek jismoniy shaxs tomonidan uni yakka 
tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tkazmagan holda bir 
marotabalik operatsiyalar (savdo, ish, xizmatlar)ni amalga oshirishdan 
oladigan daromadlari deklaratsiya qilinishi lozim. 
Farmonda ko‗rsatib o‗tilganidek, fuqarolarning o‗z jamg‗armala-
rini banklarga qo‗yishni rag‗batlantirish, pul mablag‗larining bankdan 
tashqari aylanishini kamaytirish choralari amalga oshirilishini ta‘min-
lash maqsadida fuqarolarning respublika tijorat banklaridagi depozit 
hisobvaraqlariga qo‗yiladigan naqd mablag‗lari deklaratsiya qilinmaydi 
va ularning kelib chiqish manbalarini tasdiqlash talab etilmaydi. 
Soliq idoralarini axborot bilan ta‘minlashni yaxshilash uchun 2003 
yilning 1 iyuliga qadar O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‗mitasi huzurida jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan 
daromadlar (daromad manbalari) to‗g‗risidagi deklaratsiyalarni qayta 
ishlaydigan Markazni tashkil etish, uni zarur texnika bilan jihozlash 
ko‗zda tutilgan. 
Respublikada jismoniy shaxslarning jami daromadini deklarat-
siyalash tizimi joriy etilishi daromadlarni oshkoralashtirish imkonini 
beradi, yashirin iqtisodiyot yo‗liga g‗ov solib xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun yana ham qulayroq shart-sharoitlarni yaratishga 
ko‗maklashadi, 
tsivilizatsiyalashgan 
bozor 
munosabatlarini 
shakllantirishning obyektiv va zarur sharti hisoblanadi. 
Shuni ta‘kidlash joizki, o‗tgan yillarda bu yo‗nalishda muayyan 
ishlar amalga oshirildi. Barcha darajadagi davlat soliq organlari 
zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari 
bilan ta‘minlangan. Soliq to‗lovchi yuridik shaxslarni identifikat-
siyalash raqamlari (STIR)ni berish va qo‗llash tizimi ishlab chiqildi 
hamda muvaffaqiyatli joriy etildi. Soliq to‗lovchi yuridik va jismoniy 
shaxslarni ro‗yxatga va hisobga olish mexanizmi yo‗lga qo‗yildi. Shu 


143 
bilan birga, bizning fikrimizcha, o‗z yechimini kutib turgan bir qator 
masalalar mavjud.
Ko‗plab chet davlatlar tajribasini o‗rganish va deklaratsiyalashning 
amaldagi tajribasini tahlil kilish shuni ko‗rsatadiki, daromadlarni 
umumdeklaratsiyalash tizimini tadbiq etish bosqichma – bosqich 
o‗tkazilishi kerak.
Umuman olganda, ikki va undan ko‗p daromad manbaiga ega 
bo‗lgan jismoniy shaxslar daromadini yil yakuni bilan deklaratsiyalash 
zaruriyati


birinchidan, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‗tishning 
boshlang‗ich bosqichlarida tadbirkorlik harakatiga keng yo‗l 
ochilgandan keyin, ularning turli joyda ishlab topadigan daromadlarini 
aniqlash, hisobga olish va tegishli tartibda soliqqa tortish; 

ikkinchidan, soliqlarning eng bosh tamoyili - ularning barcha 
uchun barobarligini ta‘minlash; 

uchinchidan, mamlakatimizda jismoniy shaxslar daromad 
solig‗ini hisoblashning o‗sib boruvchi tartibda hisoblash mexaniz-
mining joriy etilishi ham ikki va undan ortiq daromad manbaiga ega 
bo‗lgan jismoniy shaxslarning daromadlarini yil yakuni bilan qayta 
deklaratsiyalash mexanizmini obyektiv zaruriyat qilib qo‗ydi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin