4.4. Deklaratsiya taqdim etuvchi chet ellik jismoniy shaxslarning
daromadlariga soliq solishning o„ziga xos xususiyatlari
O‗zbekiston Respublikasi hududida chet ellik jismoniy shaxslarga
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan
holda soliq solinadi.
149
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy
to‗lovlarni undirish o‗zarolik prinsipi bo‗yicha tugatilishi yoki
cheklanishi mumkin.
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‗ida bunday
bitimlarning shartlariga O‗zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga
oshiradigan soliq to‗lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik
jismoniy shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash
bo‗yicha xarajatlarini o‗z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq
haqidagi izohlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
Chet ellik jismoniy shaxsning - O‗zbekiston Respublikasi
rezidentining daromadlariga belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗i solinadi
Ko‗chmas mulk, yuridik shaxslarning - O‗zbekiston Respublikasi
rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalari va ulushlari (paylari) bir
chet ellik jismoniy shaxs tomonidan boshqa jismoniy shaxsga -
O‗zbekiston Respublikasi rezidentiga yoki norezidentiga, yuridik
shaxsga - O‗zbekiston Respublikasi norezidentiga realizatsiya qilingan
taqdirda, ushbu daromadlar bo‗yicha jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‗ini ushlab qolish majburiyati, agar Soliq kodeksining
194-moddasining oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‗lsa, soliq agenti deb e‘tirof etiluvchi daromadni to‗lash manbaiga
(mol-mulkni sotib oluvchi zimmasiga) yuklatiladi.
Aksiyalar qimmatli qog‗ozlarning birja bozori va uyushgan
birjadan tashqari bozorida realizatsiya qilinganda O‗zbekiston
Respublikasining qimmatli qog‗ozlar bozoridagi hisob-kitob-kliring
palatasi soliq agenti deb e‘tirof etiladi.
Chet ellik jismoniy shaxs tomonidan mol-mulkni realizatsiya
qilishdan olinadigan daromadlar bo‗yicha jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗ini hisoblash, ushlab qolish, o‗tkazib berish,
soliq agenti tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan
shakl bo‗yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i hisob-
kitobini va aksiyalar oldi-sotdisi bo‗yicha bitimlar reyestrini taqdim
etish, soliq to‗langanligi to‗g‗risida ma‘lumotnoma berish va mol-
mulkka bo‗lgan mulk huquqini ro‗yxatdan o‗tkazish (rasmiylashtirish)
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i bo‗yicha amaldagi Soliq
kodeksning 155
1
-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
150
Agar sotuvchida — chet ellik jismoniy shaxsda mol-mulk
realizatsiya qilingan yildan keyingi yilning 1 apreliga qadar Soliq
kodeksning 192-moddasi uchinchi qismiga muvofiq daromadlarni
deklaratsiya qilish bo‗yicha majburiyat yuzaga kelsa, soliq agenti
tomonidan ushbu moddaga muvofiq ushlab qolingan jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i summasi jami yillik daromad
to‗g‗risidagi deklaratsiya taqdim etilayotganda davlat soliq xizmati
organi tomonidan qayta hisoblab chiqarilishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi rezidenti bo‗lgan chet ellik jismoniy
shaxs o‗tgan soliq davri uchun daromadlar to‗g‗risida joriy yilning 1
apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.
Chet ellik jismoniy shaxs - O‗zbekiston Respublikasining rezidenti
belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo‗lgan daromad
keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O‗zbekiston
Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo‗lsa, uning
O‗zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida
haqiqatda olgan daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiya mazkur
jismoniy shaxs O‗zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib
ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy
shaxs - O‗zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga
qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan bo‗lsa, joriy yil
uchun daromadlar bo‗yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.
O‗zbekiston
Respublikasi
norezidentlarining
O‗zbekiston
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarini soliq solishdan
ozod etish tartibi.
O‗zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro
shartnomasini qo‗llash huquqiga ega bo‗lgan O‗zbekiston Respublikasi
norezidentining O‗zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i
byudjetga to‗langan taqdirda, O‗zbekiston Respublikasining bunday
norezidenti to‗langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‗ini soliq majburiyati bo‗yicha da‘vo muddati mobaynida
byudjetdan qaytarib olish huquqiga ega. Bunda O‗zbekiston
Respublikasi norezidenti jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‗ini to‗lashdan ozod qilish to‗g‗risidagi yoki uning summasini
kamaytirish to‗g‗risidagi iltimos bayon etilgan arizani, shuningdek
quyidagi hujjatlarni O‗zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati
organiga taqdim etadi:
151
- O‗zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning
oldini olish to‗g‗risida xalqaro shartnomaga ega bo‗lgan davlatning
rezidenti ekanligini rasmiy jihatdan tasdiqlovchi hujjatni;
- olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatni;
- ushbu O‗zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan
O‗zbekiston
Respublikasi
hududidan
tashqarida
O‗zbekiston
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i to‗langanligi to‗g‗risidagi
tegishli xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan
hujjatni.
O‗zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi arizani
uch oy muddatda ko‗rib chiqadi va hujjatlar ishonchli bo‗lgan taqdirda,
O‗zbekiston Respublikasining norezidentiga jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗i summasini byudjetdan qaytaradi.
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi g‗ayriqonuniy
qo‗llanilgan bo‗lsa, O‗zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati
organi O‗zbekiston Respublikasi norezidentiga asoslangan rad javobini
yuboradi. Rezidentlar tomonidan O‗zbekiston Respublikasidan tashqa-
rida to‗langan soliqni hisobga olish.
O‗zbekiston Respublikasidan
tashqarida to‗langan, jismoniy shaxslardan — O‗zbekiston Respublika-
sining rezidentlaridan olinadigan daromad solig‗i summalari O‗zbekis-
ton Respublikasida soliq to‗lashda O‗zbekiston Respublikasining xal-
qaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.
O‗zbekiston Respublikasidan tashqarida to‗langan jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i summasini hisobga olish uchun
chet davlat vakolatli organining ma‘lumotnomasi yoki jismoniy shaxs-
lardan olinadigan daromad solig‗i O‗zbekiston Respublikasidan
tashqarida to‗langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |