156
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadga O‗zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasiga muvofiq, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining belgilangan eng kam soliq
stavkasi bo‗yicha soliq solinadi. 2018 yilda jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗ining eng kam stavkasi 7,5 foiz miqdorida
belgilangan. Jismoniy shaxsning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan
daromadiga dastlabki deklaratsiya O‗zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomoni-
dan tasdiqlangan shakli asosida taqdim etiladi.
Belgilangan ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib
hisoblangan summa hamda ijara shartnomasida belgilangan ijara haqi
miqdori o‗rtasidagi ijobiy farq qo‗shimcha hisoblash deb e‘tirof etiladi.
Jismoniy shaxsning uy-joyni ijaraga berishdan olingan daromadi
summasi hamda qo‗shimcha hisoblash summasiga jismoniy shaxsning
yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlariga uy-joy ijaraga
berilgan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan,
taqdim
etiladigan dastlabki deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗i solinadi. Uy-joy yuridik shaxsga ijaraga
berilsa, ijara bo‗yicha daromadlarga soliq solish to‗lov manbaida ijara
shartnomasida belgilangan ijara haqi miqdoridan kelib chiqib, biroq
belgilangan eng kam stavkalardan kam bo‗lmagan miqdorda amalga
oshiriladi. Bir vaqtning o‗zida shuni ma‘lum
qilamizki, jismoniy
shaxslar tomonidan noturar joylarni (yuridik va jis- moniy shaxslarga)
ijaraga berishda, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadga
soliq solish shartnomada belgilangan ijara haqi summasidan kelib
chiqib amalga oshiriladi. Jismoniy shaxs
tomonidan noturar joyni
jismoniy shaxsga ijaraga berilganda, ijara shartnomasi majburiy tarzda
notarial tasdiqlanishi shart. Jismoniy shaxs tomonidan noturar joyni
yuridik shaxsga ijaraga berilganda, ijara shartnomasi ixtiyoriy asosda
notarial tasdiqlanadi. Jismoniy shaxs tomonidan noturar joyni yuridik
shaxsga ijaraga berishdan olingan daromad summasiga jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i to‗lov manbaida, noturar joylar
jismoniy shaxslarga berilganda esa – noturar joy ijaraga berilgan oydan
keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan yashash joyidagi davlat
soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan
jami yillik daromad
to‗g‗risidagi dastlabki deklaratsiya asosida solinadi. O‗zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, to‗lov manbai soliq agenti
hisoblanmasa, jismoniy shaxs mustaqil ravishda yashash joyidagi
157
davlat soliq xizmati organlariga jami yillik daromad to‗g‗risidagi
dastlabki deklaratsiyani taqdim etishi shart.
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, jismoniy
shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‗lgan ko‗chmas
mulk – turar joy fondini realizatsiya qilishdan
olingan daromadlarga
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining eng kam stavkasi
bo‗yicha soliq solinadi. Jismoniy shaxslarning ketma-ket keladigan o‗n
ikki oylik davr mobaynida ko‗chmas mulk – turar joy fondini ikki
martadan ortiq sotishdan olingan daromadlariga soliq solinadi. O‗n ikki
oylik davr ko‗chmas mulk – turar joy fondi birinchi marta sotilgan
sanadan boshlab hisoblanadi. Ko‗chmas mulk – turar joy fondi
uchinchi va undan keyingi marta sotilganda, soliq solinadigan
daromadlar ko‗chmas mulk – turar joy fondining birinchi ikki
obyekti
sotilishining hisobi bilan aniqlanadi. Ko‗chmas mulk obyektlari – turar
va noturar joy fondini sotishdan olingan daromad deganda sotib
olingan narx va sotish narxi o‗rtasidagai farq tushuniladi, sotib olingan
narxi mavjud bo‗lmasa – inventarizatsiya qiymati va sotish narxi
o‗rtasidagi farq tushuniladi. Ko‗chmas mulk obyektlari – turar va
noturar joy fondini sotishdan olingan daromadlarga soliq solish –
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ining eng kam stavkasi
bo‗yicha amalga oshiriladi. Ko‗chmas mulk obyekti – turar joy fondi
yuridik shaxs tomonidan sotib olingan taqdirda,
daromadlarga soliq
solish to‗lov manbaida, ko‗chmas mulk obyekti – noturar joy fondi
jismoniy shaxslarga sotilgan taqdirda yashash joyidagi davlat soliq
xizmati organlariga sotish amalga oshirilgan yildan keyingi yilning 1
aprelidan kechiktirmasdan taqdim etiladigan jismoniy shaxsning jami
yillik daromadi to‗g‗risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
Ko‗chmas mulk obyekti–turar joy fondini sotishdan olingan daromadga
soliq solish faqat jami yillik daromad to‗g‗risidagi deklaratsiya asosida
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: