1-masala. Fuqaro Sh.Hamidova 2019 yil 20 yanvarda Toshkent
viloyati Qibray tumanida 60 kvadrat metrni tashkil etgan yer uchastkasi
mavjud uy-joy sotib oldi. Fuqaro Sh.Hamidova yer solig‗i bo‗yicha
imtiyozga ega emas.
Fuqaro Sh.Hamidova sotib olgan uy-joy uchun yer solig„i summasini hisoblang? 2-masala. Fuqaro A.Farmonov Toshkent viloyatining Zangiota
tumanida yashaydi. Uning yer uchastkasi 60 kvadrat metrni tashkil
etadi. Fuqaro A.Farmonov pensioner hisoblanadi.
Fuqaro A.Farmonov yer uchastkasi uchun qancha miqdorda yer solig„ini to„lashi lozim? 3-masala. Fuqaro A.Karimov uy-joy sotib oldi. Oldi-sotdi
shartnomasi notarius tomonidan 2019 yil 5 aprelda rasmiylashtirildi.
Mol-mulkka bo‗lgan mulk huquqi esa 2019 yil 20 aprelda ro‗yxatdan
o‗tkazildi. Yer uchastkasi Toshkent shahrining 3-zonasida joylashgan
bo‗lib, umumiy maydoni 60 kvadrat metrni tashkil etadi.
Fuqaro A.Karimovning 2019 yil uchun yer solig„i summasini aniqlang. O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar 1.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗ining to‗lovchilari
kimlar?
2.
Jismoniy shaxslarning qanday yerlari uchuastkalari soliq solish
obyekti hisoblanadi?
3.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗i stavkalari qanday
belgilanadi?
4.
Jismoniy shaxslar berilgan yer uchastkalaridan foydlanmagan
holatda qanday tartibda ulardan soliq undiriladi?
5.
Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer
uchastkalaridan qanday tartibda soliq undiriladi?
6.
Qanday jismoniy shaxslar yer solig‗ini to‗lashdan ozod etiladi?
7.
Jismoniy shaxslarning yer solig‗i qaysi davlat organi tomonidan
hisoblab chiqariladi?
8.
Yer solig‗i bo‗yicha to‗lov xabarnomasi soliq to‗lovchilarga
qaysi muddatgacha etkaziladi?