257
arizalardan, yuridik ahamiyatga ega bo‗lgan
faktlarni aniqlash
to‗g‗risidagi arizalardan, xo‗jalik sudining qarorlari, ish yuritishni
tugatish to‗g‗risidagi ajrimi ustidan berilgan, da‘voni ko‗rmasdan
qoldirish to‗g‗risidagi, sud jarimalarini solish to‗g‗risidagi apellyatsiya
va kassatsiya shikoyatlaridan, hakamlik
sudining qarorlarini bekor
qilish to‗g‗risidagi, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish
uchun ijro varaqasi berish to‗g‗risidagi arizalardan, xo‗jalik sudining
hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‗g‗risidagi, shuningdek
hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro
varaqasini berish to‗g‗risidagi va ijro varaqasini
berishni rad etish
to‗g‗risidagi ishlar bo‗yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyatsiya va
kassatsiya shikoyatlaridan;
3) notariuslar va O‗zbekiston Respublikasining konsullari
tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun;
4) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuning-
dek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi
to‗g‗risida takroriy guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati
dalolatnomalari yozuviga o‗zgartishlar, qo‗shimchalar, tuzatishlar
kiritilishi va uning qayta tiklanishi
munosabati bilan guvohnoma
berganlik uchun;
5) chet eldan O‗zbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi
hujjatlarni, O‗zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‗g‗risida
hujjatlarni berganlik uchun; yashash guvohnomasini berganlik yoki
uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va
respublika hududidan chet elga chiqish huquqini beradigan chet el
pasportiga yoki uning o‗rnini bosuvchi
hujjatga viza berganlik uchun,
shuningdek O‗zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va
O‗zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‗g‗risida beriladigan
arizalardan;
6) O‗zbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini yoki uning
o‗rnini bosuvchi hujjatlarni, O‗zbekiston Respublikasi fuqarolariga
chet elga chiqish huquqi uchun hujjatlar berganlik uchun;
7) O‗zbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik
va ro‗yxatdan chiqarganlik, turgan joyi bo‗yicha
hisobga olganlik
uchun, shuningdek chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‗l-
magan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va ro‗yxatdan chiqarganlik
uchun.
258
8) yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat
ro‗yxatidan o‗tkazganlik uchun;
9) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya
berganlik uchun;
10) ov qilish huquqiga ega ekanligi to‗g‗risida ruxsatnoma
berganlik uchun.
Dostları ilə paylaş: