Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 Xo„jalik sudlarida davlat bojini to„lashdan ozod qilish 
Xo‗jalik sudlarida davlat bojini to‗lashdan quyidagilar ozod 
qilinadi: 
2) qishloq xo‗jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — tayyorlov va 
xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarma-
ganligi bilan bog‗liq da‘volar bo‗yicha; 
3) tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish bilan bog‗liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan 
davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor 
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat 
qilganda; 
4) arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddat-
larda moliya-xo‗jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) o‗z 
ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni 
tugatishga doir ishlar bo‗yicha; 
5) da‘vogarlar — o‗rmon daraxtlarini o‗zboshimchalik bilan kesish 
hamda o‗rmondan foydalanish, o‗rmonni qo‗riqlash va muhofaza qilish 
tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‗rmon fondiga 
yetkazilgan zararni undirish to‗g‗risidagi, o‗rmon xo‗jaligi daromadi 
summalarini (shu jumladan, o‗rmon daraxtlarini o‗sib turgan joyida 
sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek 
o‗zboshimchalik bilan o‗rmon daraxtlarini kesganlik, pichan o‗rganlik 
va mollarni o‗tlatganlik uchun jarimalarni) undirish to‗g‗risidagi ishlar 
bo‗yicha; 
6) O‗zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning 
hududiy boshqarmalari — palata a‘zolarining manfaatlarini ko‗zlab 
qilingan da‘volar yuzasidan, shuningdek davlat va xo‗jalik boshqaruvi 
organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan palata a‘zolarining manfaatlarini ko‗zlab 
qilingan shikoyatlar bo‗yicha; 
7) nodavlat notijorat tashkilotlari — o‗z huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini buzadigan davlat organlarining g‗ayriqonuniy qarorlari, 
ular mansabdor shaxslarining g‗ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) 
ustidan sudga shikoyat qilganda; 


264 
8) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foyda-
lanish tashkilotlari — majburiy badallarni to‗lash va kommunal 
xizmatlar to‗lovi bo‗yicha qarzlarni undirish to‗g‗risidagi da‘volar 
bo‗yicha; 
9) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-
foydalanish tashkilotlari — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-
joy-kommunal 
xizmatlari 
ko‗rsatuvchi 
korxonalar 
tomonidan 
bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli 
etkazilgan zararning o‗rnini qoplash to‗g‗risidagi da‘volar bo‗yicha; 
10) tumanlar, shaharlar (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar) 
hokimliklari — kommunal xizmatlar ko‗rsatuvchilar yoki xususiy uy-
joy mulkdorlari shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini to‗lash va 
majburiy badallarni to‗lash bo‗yicha qarzni undirish to‗g‗risidagi 
taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan da‘volar yuzasidan; 
11) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning 
muassasalari, o‗quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — 
barcha da‘volar bo‗yicha; 
12) O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasining hududiy tuzilmalari — 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‗g‗risida»gi O‗zbekiston 
Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni to‗lashga ketgan 
mablag‗larni tashkilotlardan undirib olish bo‗yicha da‘volar, shu 
jumladan regress da‘volar yuzasidan;
13) da‘vogarlar va javobgarlar — sug‗urta faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilish organlari — majburiy sug‗urta operatsiyalari 
bilan bog‗liq barcha ishlar bo‗yicha; 
14) «O‗zagrosug‗urta» aksiyadorlik jamiyati, uning direktsiyasi va 
joylardagi bo‗linmalari — qishloq xo‗jaligi korxonalari tomonidan 
bank kreditlarini to‗lamaslik xavfini hamda qishloq xo‗jaligi mahsuloti 
yetishtirish, shuningdek fyuchers kontraktlar bo‗yicha ishlarni amalga 
oshirish uchun oldindan beriladigan mablag‗larning qaytarilishini 
sug‗urta qilish shartnomalari bo‗yicha to‗langan sug‗urta tovoni uchun 
qishloq xo‗jaligi korxonalaridan qarzni undirish to‗g‗risidagi da‘volar 
bo‗yicha; 
15) O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi, 
uning joylardagi organlari — suv to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning o‗rnini qoplash uchun 


265 
mablag‗larni davlat daromadiga undirish to‗g‗risidagi da‘volar 
bo‗yicha; 
16) tuman qishloq va suv xo‗jaligi bo‗limlari — qishloq xo‗jaligi 
tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ko‗zlab berilgan 
da‘volar bo‗yicha; 
17) O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‗mitasi 
va uning joylardagi 
organlari 
— atrof muhitni 
ifloslantirganlik, tabiatdan o‗zboshimchalik bilan foydalanganlik va 
tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib 
va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va 
komplekslarga yetkazilgan zararning o‗rnini qoplash to‗g‗risidagi 
da‘volar bo‗yicha; 
18) 
O‗zbekiston 
standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish agentligi hamda uning joylardagi organlari — 
standartlarni, texnik shartlarni joriy etish va ularga rioya etilishi hamda 
mahsulotlar sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar 
yoki shunday vakolatga ega bo‗lgan boshqa organlar jo‗natishni man 
etgan mahsulotlarni yetkazib bergan yuridik shaxslardan byudjet 
daromadiga jarimalar undirish to‗g‗risidagi da‘volar bo‗yicha; 
19) 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
Xususiylashtirish, 
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi 
hamda uning hududiy organlari — qo‗mita vakolatlariga muvofiq 
sudlarga beriladigan da‘volar va arizalar yuzasidan; 
20) qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli 
davlat organi — investorlarning, qimmatli qog‗ozlar egalarining hamda 
davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi da‘volar 
bo‗yicha; 
21) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari 
— barcha ishlar va hujjatlar bo‗yicha, shuningdek alohida yuritiladigan 
ishlar bo‗yicha sudga arizalar berganlik uchun;
22) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy 
shaxslarning manfaatlarini ko‗zlab qilingan da‘volar hamda berilgan 
arizalar yuzasidan; 
23) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy 
shaxslarning manfaatlarini ko‗zlab qilingan da‘volar hamda berilgan 
arizalar yuzasidan; 
24) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan 
taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‗yicha 


266 
xarajatlarning o‗rnini qarzdor tomonidan qoplash to‗g‗risidagi da‘volar 
yuzasidan; 
25) yuridik va jismoniy shaxslar — sud ijrochisining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan shikoyatlari bo‗yicha;
26) xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan 
hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar bo‗yicha asosiy 
qarzdor sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari — 
subzayom oluvchilardan paydo bo‗lgan qarzdorliklarni undirish 
to‗g‗risidagi da‘volar yuzasidan;
27) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib 
berish shartnomalari bo‗yicha sotib oluvchi hisoblangan davlat 
organlari va tashkilotlari — yetkazib beruvchilar (pudratchilar) 
tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bog‗liq 
da‘volar yuzasidan; 
28) O‗zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — 
intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini 
himoya qilishni ko‗zlab qilinadigan da‘volar yuzasidan;
29) 
O‗zbekiston 
Fermerlar 
kengashi, 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari — fermer 
xo‗jaliklarining manfaatlarini ko‗zlab qilingan da‘volar yuzasidan, 
shuningdek davlat va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan fermer xo‗jaliklarining manfaatlarini ko‗zlab 
qilingan shikoyatlar yuzasidan; 
30) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan 
bog‗liq bo‗lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‗g‗risi-
da davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar o‗zini-o‗zi bosh-
qarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan; 
31) arizachi va javobgar — huquqiy ta‘sir choralarini qo‗llash 
to‗g‗risidagi ishlar bo‗yicha; 
32) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — 
ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‗g‗risidagi 
da‘volar yuzasidan. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin