Umumiy yurisdiktsiya sudlarida davlat bojini to„lashdan ozod
qilish
Umumiy yurisdiktsiya sudlarida davlat bojini to‗lashdan
quyidagilar ozod qilinadi:
1) da‘vogarlar — ish haqini undirib olish to‗g‗risidagi da‘volar va
mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar
yuzasidan;
2) da‘vogarlar — mualliflik huquqlari va turdosh huquqlardan,
shuningdek ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi,
xizmat ko‗rsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomiga, selektsiya
yutug‗iga bo‗lgan huquqdan kelib chiqadigan da‘volar yuzasidan;
3) da‘vogarlar — alimentlar undirish to‗g‗risidagi da‘volar
yuzasidan;
4) da‘vogarlar — mehnatda mayib bo‗lganligi yoki sog‗lig‗ining
boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot
etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‗rnini qoplash to‗g‗risidagi
da‘volar yuzasidan;
5) da‘vogarlar — noqonuniy hukm etish, jinoiy javobgarlikka
tortish, ma‘muriy jazo berish tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan
zararning o‗rnini qoplash bilan bog‗liq nizolar yuzasidan;
6) da‘vogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning
o‗rnini qoplash to‗g‗risidagi da‘volar yuzasidan;
7) jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning undirib olinishi
to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri ekanligi nizolashilayotgan jinoyat ishlari bo‗yicha
apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar;
8) nikohni bekor qilish to‗g‗risidagi mol-mulkni bo‗lish bilan
bog‗liq bo‗lmagan ishlar bo‗yicha apellyatsiya va kassatsiya
shikoyatlari bilan murojaat qilgan shaxslar;
9) yuridik va jismoniy shaxslar — jinoyat ishlari va alimentlarni
undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bog‗liq hujjatlarni ularga
berganlik uchun;
259
10) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslar-
ning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlarini
himoya qilinishini so‗rab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va
jismoniy shaxslar;
11) yuridik va jismoniy shaxslar:
- sudning ishni tugatish yoki uni ko‗rmasdan qoldirish to‗g‗risidagi
ajrimini bekor qilish to‗g‗risidagi ariza bo‗yicha;
- sudning hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish yoki bo‗lib-bo‗lib
ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‗zgartirish to‗g‗risidagi ariza
bo‗yicha;
- da‘voni ta‘minlash yoki da‘voni ta‘minlashning bir turini
boshqasi bilan almashtirish to‗g‗risidagi ariza bo‗yicha;
- sudning yangi ochilgan holatlar bo‗yicha hal qiluv qarorini,
ajrimini yoki qarorini qayta ko‗rib chiqish to‗g‗risidagi ariza bo‗yicha;
- sud tomonidan belgilangan jarimani bekor qilish yoki kamaytirish
to‗g‗risidagi, sudning hal qiluv qarori ijrosini o‗zgartirish to‗g‗risidagi,
o‗tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‗g‗risidagi ariza bo‗yicha;
12) yuridik va jismoniy shaxslar — sud ijrochisining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan, sudning jarimani bekor
qilish yoki kamaytirishni rad etish to‗g‗risidagi ajrimi ustidan xususiy
shikoyatlar hamda sud ajrimi ustidan boshqa xususiy shikoyatlar
yuzasidan;
13) tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
bilan bog‗liq bo‗lgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan
davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat
qilganda;
14) iste‘molchilar — o‗z huquqlari va qonuniy manfaatlari
buzilishi bilan bog‗liq da‘volar yuzasidan; tovarlarning (ishlarning,
xizmatlarning) xavfsiz bo‗lishi va sifati ustidan nazoratni amalga
oshiruvchi davlat organlari; iste‘molchilarning jamoat birlashmalari —
iste‘molchilarning
(iste‘molchilar
nomuayyan
doirasining)
manfaatlarini ko‗zlab qo‗zg‗atilgan da‘volar yuzasidan;
15) da‘vogarlar — o‗rmon daraxtlarini o‗zboshimchalik bilan
kesish hamda o‗rmondan foydalanish, o‗rmonni qo‗riqlash va
muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish
tufayli o‗rmon fondiga yetkazilgan zararni undirish to‗g‗risidagi ishlar
yuzasidan;
260
16) davlat organlari — o‗zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni
buzish to‗g‗risidagi da‘volar yuzasidan, shuningdek jismoniy
shaxslarga tegishli bo‗lgan, tarixiy, badiiy qimmatga yoki jamiyat
uchun boshqa qimmatga ega bo‗lgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu
mol-mulkka xo‗jasizlarcha munosabatda bo‗lgan hollarda jismoniy
shaxslardan davlat mulkiga olib qo‗yish to‗g‗risidagi ishlar yuzasidan;
17) O‗zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning
hududiy boshqarmalari — palata a‘zolarining manfaatlarini ko‗zlab
qilingan da‘volar bo‗yicha, shuningdek davlat va xo‗jalik boshqaruvi
organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan palata a‘zolarining manfaatlarini ko‗zlab
qilingan shikoyatlar yuzasidan;
18) nodavlat notijorat tashkilotlari — o‗z huquqlari va qonuniy
manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining g‗ayriqonuniy qarorlari,
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga
shikoyat qilganda;
19) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek‚ ularning
muassasalari, o‗quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari —
barcha da‘volar yuzasidan;
20) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-
foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni kiritish va kommunal
xizmatlar haqini to‗lash bo‗yicha qarzni undirish to‗g‗risidagi da‘volar
yuzasidan;
21) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-
foydalanish tashkilotlari, shuningdek fuqarolar — tuzilgan shartno-
malar shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlari ko‗rsatuvchi
korxonalar
tomonidan
bajarilmaganligi
yoki
lozim
darajada
bajarilmaganligi tufayli yetkazilgan zararning o‗rnini qoplash
to‗g‗risidagi da‘volar yuzasidan;
22) tumanlar, shaharlar (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar)
hokimliklari — kommunal xizmatlar ko‗rsatuvchilar yoki xususiy uy-
joy mulkdorlari shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini to‗lash va
majburiy badallarni kiritish bo‗yicha qarzni undirish to‗g‗risidagi
taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan da‘volar yuzasidan;
23) O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasining hududiy tuzilmalari —
pensionerlardan (nafaqa oluvchilardan) ortiqcha (noqonuniy) to‗langan
261
pensiyalarning va nafaqalarning summalarini undirish bilan bog‗liq
da‘volar yuzasidan;
24) O‗zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda uning
joylardagi organlari — ko‗chish joyiga bormagan yoki ko‗chib borgan
joylarini o‗zboshimchalik bilan tark etgan ko‗chirib keltiriluvchilarga
nisbatan ko‗chish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarning o‗rnini qoplash
to‗g‗risida taqdim etilgan da‘volar yuzasidan;
25) O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‗mitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantir-
ganlik, tabiatdan o‗zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy
resurslardan foydalanish hamda ularning muhofaza qilishning tartibi va
shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va
komplekslarga yetkazilgan zararning o‗rnini qoplash to‗g‗risidagi
da‘volar yuzasidan;
26) O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi
hamda uning joylardagi organlari — suv to‗g‗risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning o‗rnini
qoplash uchun mablag‗larni davlat daromadiga undirish to‗g‗risidagi
da‘volar yuzasidan;
27) sug‗urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organlari
— majburiy sug‗urta operatsiyalari bilan bog‗liq ishlar yuzasidan;
28) qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli
davlat organi — investorlarning, qimmatli qog‗ozlar egalarining hamda
davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi da‘volar
yuzasidan;
29) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari
— barcha ishlar va hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida
yuritiladigan ishlar bo‗yicha sudga arizalar berganlik uchun;
30) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa to‗lovlarni
to‗lashdan bo‗yin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan
xarajatlarni undirish to‗g‗risidagi ishlar yuzasidan;
31) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy
shaxslarning manfaatlarini ko‗zlab qilingan da‘volar hamda berilgan
arizalar yuzasidan;
32) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy
shaxslarning manfaatlarini ko‗zlab qilingan da‘volar hamda berilgan
arizalar yuzasidan;
262
33) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qarzdorni yoki uning mol-
mulkini qidirish bo‗yicha xarajatlarning o‗rnini qarzdor tomonidan
qoplash to‗g‗risidagi ishlar yuzasidan;
34) O‗zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi —
intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini
himoya qilishni ko‗zlab qilinadigan da‘volar yuzasidan;
35) O‗zbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpog‗iston Respub-
likasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari — fermer xo‗jalik-
larining manfaatlarini ko‗zlab qilingan da‘volar yuzasidan, shuningdek
davlat va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)
ustidan fermer xo‗jaliklarining manfaatlarini ko‗zlab qilingan
shikoyatlar yuzasidan;
36) O‗zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliya-
dan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi hamda uning
hududiy organlari — qo‗mita vakolatlariga muvofiq sudlarga
beriladigan da‘volar va arizalar yuzasidan;
37) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan
bog‗liq bo‗lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi
to‗g‗risida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar o‗zini-
o‗zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining
harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar
yuzasidan;
38) yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnomaga ko‗ra
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‗yicha yakka tartibda uy-joy
qurish chog‗ida buyurtmachining vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq
qaysi yuridik shaxsning zimmasiga yuklatilgan bo‗lsa, o‗sha yuridik
shaxs — qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‗yicha yakka tartibda
uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi quruvchilar bilan
nizolarni hal etish to‗g‗risidagi da‘volar bo‗yicha;
39) qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‗yicha yakka tartibda
uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonun hujjatlariga
muvofiq qaysi tijorat banklarining zimmasiga yuklatilgan bo‗lsa, o‗sha
tijorat banklari — qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‗yicha
yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari
yuzasidan
qarz
oluvchilarning
kreditorlik
qarzlarini
undirish
to‗g‗risidagi da‘volar bo‗yicha;
263
40) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari —
ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‗g‗risidagi
da‘volar yuzasidan.
Dostları ilə paylaş: |