Jismoniy shaxslar


Konsert-tomosha tadbirlari bilan shug„ullanuvchi jismoniy



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Konsert-tomosha tadbirlari bilan shug„ullanuvchi jismoniy 
shaxslar faoliyat turlariga litsenziya olish uchun quyidagi 
hujjatlarni taqdim etadi: 

litsenziya berish to‗g‗risida ariza; 

litsenziya berish to‗g‗risidagi ariza ko‗rib chiqilganligi uchun 
yig‗im to‗langanligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya nusxasi); 

4x6 sm. o‗lchamli 2 ta fotosurat; 

ijrochilarning musiqa ma‘lumotiga ega ekanligini, davlat 
mukofotlari, 
mukofotlar, 
sovrinlar 
va 
hokazolar 
olganligini 
tadsiqlovchi hujjatlar (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar)ning 
notarial tasdiqlangan nusxalari. Istisno hollarda (alohida qobiliyat va 
iste‘dod yaqqol mavjud bo‗lganda) Milliy estrada san‘atini 
rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Ijodiy 


283 
ko‗maklashuvchi vakillar guruhining qarori bo‗yicha musiqa 
ma‘lumoti mavjudligi to‗g‗risidagi hujjatlarning nusxalari taqdim 
etilmasdan litsenziya berishga hujjatlar qabul qilinishi mumkin; 

litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilar repertuari 
to‗g‗risida ma‘lumotnoma; 

litsenziyalovchi organ, Milliy estrada san‘atini rivojlantirish va 
muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Ijodiy ko‗maklashuvchi vakillar 
guruhi asosli ravishda talab qilishi mumkin bo‗lgan yoki litsenziya 
talabgori litsenziya talabgorining malakasi to‗g‗risida yorqinroq 
tasavvur tug‗dirish maqsadida mustaqil ravishda o‗zi qo‗shimcha 
ravishda taqdim etish istagini bildirgan boshqa hujjatlar. 
Davlat 
boji 
miqdorlari 
(choraklar 
bo‗yicha 
bo‗lib-bo‗lib 
to‗langanda - davlat bojining tegishli qismi) to‗lov kunidagi eng kam 
oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar 
1. Davlat boji deb nimaga aytiladi? 
2. Davlat boji stavkalari kim tomonidan belgilanadi? 
3. Davlat bojining to‗lovchilari kimlar? 
4. Davlat bojining udirilish obyektini aytib bering. 
5. Umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini to‗lashdan ozod 
qilingan shaxslarni aytib bering. 
6. Xo‗jalik sudlarida davlat bojini to‗lashdan ozod qilingan 
shaxslarni aytib bering. 
7. Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‗lashdan 
ozod qilingan shaxslarni aytib bering. 
8. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat bojini 
to‗lashdan ozod qilingan shaxslarni aytib bering. 
9. Davlat bojini to‗lash va hisobga o‗tkazish tartibi qanday? 
10. Yuridik shaxslarni tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo‗jaliklari qanday soliq va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗laydilar? 
11. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy 
shaxslar qanday tartibda soliqqa tortiladi? 


284 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin