Jismoniy shaxslar


 Uchastka soliq inspektorining asosiy vazifalari



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

9.2. Uchastka soliq inspektorining asosiy vazifalari,
huquq va majburiyatlari 
Soliq tayanch punkti Davlat soliq inspektsiyasining hududiy quyi 
bo‗g‗ini bo‗lib, soliqqa tortish subyektlari va obyektlarining to‗liq 
xamda o‗z vaqtida xisobga olinishini ta‘minlash, biriktirilgan uchastka-
da mol-mulk solig‗i, yer solig‗i tulovchi jismoniniy shaxslarni, 
shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanayotgan jismoniy 
shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajarish, tegishli 
soliqlarni o‗z vaqtida to‗lashlarini nazorat qilish va bu boradagi 
qonunbuzulishlarning oldini olish maqsadida tuziladi. Soliq tayanch 
punkti aholi yashash joylarida, hokimiyat qaroriga asosan ajratilgan 
binoda Davlat soliq boshqarmasining buyrug‗i bilan tashkil etiladi. 
Soliq tayanch tunktiga biriktiriladigan xodimlar soni Davlat soliq 
boshqarmasi tomonidan belgilanadi. Soliq tayanch punktiga hududlar 
Davlat soliq inspektsiyasi buyrug‗i bilan biriktiriladi. Bunda qishloq 
(mahalla, qo‗rg‗on) fuqarolar yig‗inlari hududning ikkita soliq tayanch 
punktiga bo‗lib biriktirilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Soliq tayanch punkti 
faoliyati «Davlat soliq xizmati to‗g‗risida»gi qonun, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, 


288 
«Davlat soliq qo‗mitasi to‗g‗risida»gi Nizom, mazkur Nizom va soliq 
xizmati organlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa huquqiy-
me‘yoriy hujjatlarga muvofiq olib boriladi. Soliq tayanch punktiga 
biriktirilgan hodimlar o‗z faoliyatini «Uchastka soliq inspektorlari 
to‗g‗risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiradilar. Ularning xizmat 
vazifalari taqsimoti Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‗i tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Uchastka soliq inspektorining asosiy vazifalari quyidagilar 
hisoblanadi: 

biriktirilgan hududdagi soliqqa tortish subyektlari va obyekt-
larining xususan mol-mulk va yer solig‗i obyektlari, suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun solig‗ini to‗lovchilar va tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‗ullanayotgan jismoniy shaxslarning to‗liq hamda o‗z 
vaqtida hisobga olinishini ta‘minlash, soliq to‗lovchilarning tegishli 
soliqlarni o‗z vaqtida to‗lashni nazorat qilish;

aholi o‗rtasida soliq qonunchiligini tushuntirish ishlarini olib 
borish, targ‗ibot va tashviqot qilish;
Bu vazifalarni amalga oshirishda uchastka soliq inspektori 
amaldagi qonunchilik doirasida qishloq fuqarolar yig‗inlari va mahalla 
faollarini jalb qilgan holda televidenie, radio va boshqa ommaviy 
axborot vositalaridan foydalanadi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin