Jismoniy shaxslar


 Uchastka soliq inspektorining ish faoliyatini tashkil qilish



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

9.3. Uchastka soliq inspektorining ish faoliyatini tashkil qilish, 
nazorat qilish va lavozimiga tayinlanadigan xodimga
qo„yiladigan talablar 
Uchastka soliq inspektori o‗z faoliyatida bevosita davlat soliq ins-
pektsiyasining jismoniy shaxslarga soliq solish bo‗limi hamda uchastka 
soliq inspektorlari faoliyatini nazorat qilish va yakka tartibdagi 
tadbirkorlarni soliqqa tortish sho‗basi boshliqlariga bo‗ysunadi.
Har bir uchastka soliq inspektori o‗ziga biriktirilgan hududni 
belgilovchi, davlat soliq inspektsiyasi boshlig‗i buyrug‗i bilan 
tasdiqlangan hujjatga va «Uchastka pasporti»ga ega bo‗lishi shart. 
«Uchastka pasporti» har yili yangilab boriladi va unda: 

biriktirilgan uchastkaning joylashgan joyi xaritasi; 

soliq tayanch punkti joylashgan manzili va unda o‗rnatilgan 
telefon raqami; 

mahalla (qishloq) fuqarolar yig‗ini va undagi ko‗cha 
(qishloq)lar nomi; 

har bir mahalla (qishloq) fuqarolar yig‗ini va ko‗cha 
(qishloq)lar kesimida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‗lgan 
ko‗chmas mulk obyektlari va yer uchastkalari maydoni, ularning 
umumiy inventarizatsiya qiymati; 

har bir imtiyoz turi bo‗yicha soliq imtiyozidan foydalanayotgan 
jismoniy shaxslar soni, ularning umumiy inventarizatsiya qiymati va 
yer uchastkasi maydoni;

yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‗jaliklari soni, ularning yer uchastkasi maydoni va soliq 
davrida bir gektar sug‗oriladigan yerlarni sug‗orish uchun sarflana-
digan suvning butun xo‗jalik bo‗yicha o‗rtacha hajmi; 

yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanayotgan 
jismoniy shaxslar soni (faoliyat turi bo‗yicha); 

asosiy bo‗lmagan ish joyidan, jumladan o‗z mol-mulkini 
ijaraga berib daromad topayotgan fuqarolar soni; 

hisoblangan soliqlar, imtiyoz summasi va undirilishi lozim 
bo‗lgan soliq summasi hamda uchastkaga bog‗liq bo‗lgan boshqa 
ma‘lumotlar bo‗lishi shart. 
Soliq to‗lovchilarning turli masalalar bilan davlat soliq xizmati 
organiga kelib-ketishlaridagi noqulayliklarga barham berish maqsa-
dida, ularning amaldagi soliq qonunchiligi bo‗yicha murojaatlariga 


295 
tegishli tushuntirishlar berilishi uchastka soliq inspektorlariga birik-
tirilgan aholi punktlarining uzoqligi va joylashishidan kelib chiqqan 
holda, Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari hamda 
viloyatga bo‗ysunuvchi yirik shaharlarda tashkil etilgan soliq tayanch 
punktlarida amalga oshiriladi. 
Uchastka soliq inspektori mazkur Nizom va lavozim yo‗riqno-
masida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga, uchastkasi 
bo‗yicha soliq obyektlari va subyektlari, hisoblangan va to‗langan 
soliqlar nazoratini har hafta yakuni bilan dasturiy mahsuldan 
chiqariladigan hisobot ma‘lumotlari asosida olib borishga, dasturiy 
mahsulda ko‗zda tutilmagan hisobotlarni yuqori turuvchi davlat soliq 
xizmati organi tomonidan belgilanadigan shaklda yuritishga shaxsan 
javobgardir. 
Uchastka soliq inspektorining ish tartibi davlat soliq inspektsiyasi 
boshlig‗i tomonidan tasdiqlanadi. Ish tartibi mahalliy sharoitdan kelib 
chiqqan holda va soliq to‗lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq tarzda 
tashkil etiladi. 
Uchastka soliq inspektori o‗z vazifalarini bajarishda qishloq va 
mahalla fuqarolar yig‗inlari va ichki ishlar organlarining profilaktika 
inspektorlari bilan hamkorlik qiladi, aholi o‗rtasida tushuntirish 
ishlarini olib borishda qatnashadi, fuqarolar yig‗inlarida bo‗ladigan 
yig‗ilishlarda ishtirok etadi, amaldagi qonunchilikda belgilangan 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lashdan bo‗yin tovlayotgan 
shaxslar bilan tushuntirish ishlarini olib boradi. 
Vakolatli idoralardan soliq osolish obyektlari va subyektlari 
to‗g‗risida olingan ma‘lumotlar, imtiyoz huquqi bo‗yicha fuqarolar 
tomonidan davlat soliq inspektsiyasiga taqdim etilgan tegishli hujjatlar 
hamda biriktirilgan hududda aniqlangan qonunbuzarlik holatlari 
bo‗yicha uchastka soliq inspektori tomonidan yozilgan bildirgilar 
kanselyariyada ro‗yxatga olinishi va tegishli bo‗limda alohida jildlarga 
tikib borilishi shart. Uchastka soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan 
asosiy vazifalar doirasida amalga oshirgan kundalik ishlari va boshqa 
qo‗shimcha ravishda bajarilgan rahbariyat topshiriqlarining qisqacha 
umumiy hisobotini 3-ilovadagi shaklda qayd etib boradi. 
Uchastka soliq inspektorining faoliyati davlat soliq inspektsiyasi 
rahbariyati tomonidan nazorat qilib boriladi va natijalari har chorak 
yakuni bilan 4-ilovadagi baholash mezonlariga muvofiq baholanadi. 


296 
Davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari uchastka soliq inspektorining 
hisobot davrida amalga oshirgan ishlari, qat‘iy hisobdagi blankalarning 
ishlatishi, aholidan soliq to‗lovlarini qabul qilishi hamda pul 
mablag‗ini o‗z vaqtida to‗liq bank muassasasiga topshirishi borasidagi 
faoliyati belgilangan tartib va muddatlarda taftishdan o‗tkazilishini 
nazorat qiladilar. Uchastka soliq inspektori bilan tuzilgan mehnat 
shartnomasi bekor qilinganda yoki boshqa lavozimga o‗tkazilganda 5-, 
5a- va 5b-ilovalardagi shaklda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi 
tuziladi. Uchastka soliq inspektori lavozimiga davlat soliq tizimida 
ishlab turgan, soliq sohasida kamida 1 yillik mehnat stajiga ega oliy 
ma‘lumotli, yuqori malakali, sog‗lom, yuqori muomala madaniyatiga, 
fuqarolar bilan ishlash va soliqlar mohiyatini tushuntirish qobiliyatiga 
ega mutaxassislar qabul qilinadi. 
Uchastka soliq inspektori lavozimiga zimmasiga yuklatilgan 
funktsional vazifalarni bajara olmaganligi, sha‘niga dog‗ tushirganligi 
uchun boshqa bo‗linma va lavozimdan chetlatilgan xodimlarni 
tayinlash ta‘qiqlanadi. Uchastka soliq inspektorlarini rag‗batlantirish 
Davlat soliq qo‗mitasining 2004 yil 12 maydagi «O‗zbekiston 
Respublikasi Soliq xizmati tizimi xodimlarining kasbiy mehnatini 
mukofotlash va ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida»gi 140-sonli 
buyrug‗i bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. 
Biriktirilgan uchastkasida hisoblangan soliqlarni muddatidan oldin 
byudjetga to‗lanishini ta‘minlagan, qo‗shimcha manbalarni aniqlashda 
boshqa uchastka soliq inspektorlariga o‗rnak ko‗rsatgan, aholi o‗rtasida 
soliq to‗g‗risidagi qonunlarni targ‗ibot va tashviqot qilish ishlarini 
namunali tashkil etib, soliq to‗lovchilarning hurmat va ishonchiga 
sazovor bo‗lgan, o‗z sha‘niga dog‗ tushirmasdan mehnat qilayotgan, 
baholash mezonlari bo‗yicha yuqori ko‗rsatkichlarga erishgan uchastka 
soliq inspektorlari har chorak yakuni bilan DSI va DSB tomonidan 
rag‗batlantirilib boriladi, eng yuqori ko‗rsatkichga erishgan namunali 
uchastka soliq inspektorlari esa Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan har 
yili Mustaqillik bayrami arafasida alohida rag‗batlantiriladi. 
Talablarini bajarmagan yoxud etarli darajada bajarmagan va 
buzgan uchastka soliq inspektorlari qonunchilikda belgilangan tartibda 
javobgar bo‗ladilar. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin