298
mezonlar bo‗yicha yuqori ko‗rsatkichga erishilgan jami 100 ball
to‗planadi.
Shuga muvofiq:
-hisobot choragida 81 va undan yuqori ball to‗plagan
uchastka
soliq inspektorining faoliyati ―namunali‖ deb baholanadi;
-hisobat choragi 50 balldan 80 ballgacha to‗plagan
uchastka soliq
inspektorining faoliyati ―qoniqarli‖ deb baholanadi;
-hisobot choragi 50 balldan kam ball to‗plagan uchastka soliq
inspektorining faoliyati ―qoniqarsiz‖ deb baholanadi.
Respublikada eng past ko‗rsatkichga yo‗l qo‗ygan uchastka soliq
inspektorining javobgarligi har oy yakuni bilan davlat soliq boshqar-
malari Kengashi va davlat soliq inspeksiyalarining umumiy yig‗ili-
shida, har chorak yakuni bilan Davlat soliq Qo‗mitasi Hay‘atining
yig‗ilishida ko‗rib chiqiladi.
Uchastka soliq inspektorlari faoliyatini baholash qo‗yidagi ikki
yo‗nalishda:
-―Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish‖
hamda ―Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‗i ob‘eklarini
hisobga olish‖ dasturiy mahsullarining elektron
axborotlar bazasi va
joylardan olinadigan BL-pochta ma‘lumotlari tahlili asosida;
-Davlat soliq qo‗mitasining 2011 yil 10 yanvardagi 01-F-sonli
farmoyishiga asosan DSQ va DSB larda tuzilgan Ishchi guruhlari
tomonidan o‗tkazilgan o‗rganishlar natijalari asosida amalga oshiriladi.
Har bir yo‗nalishda belgilangan ko‗rsatkichlar bo‗yicha uchastka
soliq inspektorlarining faoliyati baholanadi va qo‗yidagi
mezonlar
asosida tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: