Uchastka soliq inspektorining huquq va majburiyatlari. Uchastka soliq inspektori o‗z faoliyatini amalga oshirishda
O‗zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‗g‗risida»gi Qo-
nuni, Soliq kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy huj-
jatlar hamda mazkur Nizomda belgilangan huquqlardan foydalanadi.
Uchastka soliq inspektori quyidagi huquqlarga ega:
- o‗z vakolati doirasiga kirgan masalalarda inspektsiyaning Jis-
moniy shaxslarga soliq solish bo‗limi faoliyatini tartibga solish
yuzasidan ichki idoraviy hujjatlarni takomillashtirish bo‗yicha takliflar
kiritish;
- qonunchilikda belgilangan tartibda vazifa (topshiriq)larni o‗z
vaqtida va sifatli bajarilgani uchun, lavozim maoshiga ustama,
mukofotlar va boshqa turdagi moddiy rag‗batlantirish, mehnat ta‘tili
hamda moddiy yordam olish.
Uchastka soliq inspektorlari o‗z zimmalariga yuklatilgan
vazifalarni
bajarishda
O‗zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchilik hujjatlari hamda «Uchastka soliq inspektori to‗g‗risida»gi
Nizomda belgilab qo‗yilgan huquq va vakolatlardan foydalanadilar.
Uchastka soliq inspektoriga qo‗yiladigan talablar. Uchastka soliq
inspektori davlat soliq xizmati tizimida kamida 3 yillik ish stajiga,
etarli bilim va ish tajribasiga;
- yuqori muomala madaniyatiga, fuqarolar bilan ishlash
qobiliyatiga;
- o‗rta maxsus darajadan kam bo‗lmagan iqtisodiyot, moliya yoki
yuridik ixtisos bo‗yicha ma‗lumotga;
- soliq qonunchiligini chuqur o‗zlashtirgan, aholiga soliqlar
mohiyatini tushintirish borasida targ‗ibot va tashviqot ishlarini
namunali tashkil qilish qobiliyatiga ega mutaxassis bo‗lishi lozim.
Uchastka soliq inspektorining javobgarligi
. Uchastka soliq inspektori
o‗z xizmat vazifasini bajarmagan;
amaldagi qonunchilikka zid harakat qilgan;
mehnat intizomini buzgan;
Nizom talablarini bajarmagan, etarli darajada bajarmagan va
buzganda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‗ladi.