285
jismoniy
shaxslarni,
shuningdek
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug‗ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli
ishlarni bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni o‗z vaqtida
to‗lashlarini nazorat qiladilar.
Uchastka soliq inspektori ishini tashkil
qilishning huquqiy va me‘yoriy asoslari bo‗lib «Davlat
soliq xizmati
to‗g‗risida»gi
qonun, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, «Davlat soliq qo‗mitasi
to‗g‗risida»gi Nizom hisoblanadi.
Uchastka deganda O‗zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning
o‗zini-o‗zi boshqarish organlari to‗g‗risida»gi Qonuni va Vazirlar
Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan
«Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlarini mahalliy davlat
hokimiyati organlarida hisobga olish to‗g‗risida»gi Nizomga asosan
tashkil etilgan mahalla (qishloq) fuqarolar yig‗ini hududida joylashgan
jismoniy shaxslar egaligidagi mol-mulk obyektlari,
yer uchastkalari,
faoliyatida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lovchi
jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq
xizmati organlarida hisobga olish, ularga soliq hisoblash hamda
soliqlarning to‗lanishini doimiy nazorat qilib borishda bir uchastka
soliq inspektoriga biriktiriladigan ish hajmi va soliq to‗lovchilar
sonidan iborat bo‗lgan hudud tushuniladi.
Uchastka soliq inspektori o‗z faoliyatida bevosita davlat soliq
inspektsiyasining tegishli bo‗limi rahbariga bo‗ysunadi.
Har bir uchastka soliq inspektori o‗ziga biriktirilgan hududni
belgilovchi, davlat soliq inspektsiyasi boshlig‗i tomonidan tasdiqlangan
hujjatga va «Uchastka pasporti»ga ega bo‗lishi shart.
Uchastka
soliq
inspektori
mazkur
Nizom
va
lavozim
yo‗riqnomasida
zimmasiga
yuklatilgan
vazifalarni
bajarishga,
uchastkasi bo‗yicha soliq
obyektlari va subyektlari, hisoblangan va
to‗langan soliqlar nazoratini har oy yakuni bilan dasturiy mahsuldan
chiqariladigan hisobot ma‘lumotlari asosida olib borishga, dasturiy
mahsulda ko‗zda tutilmagan hisobotlarni yuqori soliq organi
tomonidan belgilanadigan shaklda yuritishga shaxsan javobgar.
Uchastka soliq inspektorining ish tartibi davlat soliq inspektsiyasi
boshlig‗i tomonidan tasdiqlanadi. Ish tartibi
mahalliy sharoitdan kelib
chiqqan holda va soliq to‗lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq tarzda
tashkil etiladi.
286
Uchastka soliq inspektori o‗z vazifalarini qishloq fuqarolar yig‗ini,
mahalla qo‗mitalari va ichki ishlar uchastka nozirlari bilan
hamkorlikda bajaradi, aholi o‗rtasida birgalikda tushuntirish ishlari olib
boradi, fuqarolar yig‗inlari, mahalla qo‗mitalarida bo‗ladigan
yig‗inlarda ishtirok etadi, amaldagi qonunchilikda belgilangan soliq va
to‗lovlarni to‗lashdan bo‗yin tovlayotgan shaxslar bilan tushuntirish
ishlarini olib boradi.
Vakolatli idoralardan soliq obyektlari va subyektlari to‗g‗risida
olingan ma‘lumotlar, imtiyoz huquqi bo‗yicha fuqarolar tomonidan
DSIga taqdim etilgan tegishli hujjatlar hamda biriktirilgan hududda
aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo‗yicha
uchastka soliq inspektori
tomonidan yozilgan bildirgilar kanselyariyada ro‗yxatga olinishi va
tegishli bo‗limda alohida jildlarga tikib borilishi shart.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning byudjetga o‗z
vaqtida tushishini ta‘minlash maqsadida uchastka soliq inspektori
hisoblangan soliqlarni belgilangan tartibda aholidan bevosita naqd pul
shaklida qabul qilishi va bank muassasasiga topshirishi mumkin.
Bunda uchastka soliq inspektori ishlatilgan 5-shakl patta nusxalarini 2-
ilovadagi shakldagi reyestr asosida DSIning hisob, tahlil va soliq
statistikasi bo‗limiga topshiradi.
Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy
shaxslardan soliq va to‗lovlar faqat bank muassasasi orqali undiriladi.
Soliq to‗lovchilarning amaldagi soliq qonunchiligi bo‗yicha
murojaatlariga joyida tegishli tushuntirishlar berilishini ta‘minlash,
turli masalalar bilan soliq organiga kelib-ketishlaridagi noqulayliklarni
kamaytirish maqsadida uchastka soliq inspektorlariga biriktirilgan
aholi punktlarining uzoqligi va joylashishidan
kelib chiqqan holda bir
nechta
uchastka
soliq
inspektoriga
biriktirilgan
uchastkalar
birlashtirilgan holda Soliq tayanch punktlari tashkil etiladi.
Soliq tayanch punktlari faoliyatini tashkil etish tartibi, har bir
uchastka soliq inspektoriga biriktiriladigan hudud va soliq obyektlari
soni Davlat soliq qo‗mitasining 2004 yil 3 maydagi «Uchastka soliq
inspektorlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi 132-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan me‘yor
asosida belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 12
yanvardagi «O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi
faoliyatini tashkil etish masalalari to‗g‗risida»gi 14-sonli qaroriga
287
muvofiq uchastka soliq inspektorlari biriktirilgan
uchastkasi hududida
xizmat xonasi bilan mahalliy hokimliklar tomonidan ta‘minlanadi.
Davlat soliq qo‗mitasining 2004 yil 3 maydagi «Uchastka soliq
inspektorlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi 132-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Soliq
tayanch punktlarini jihozlash va inventarlar bilan ta‘minlash tartibi»ga
asosan xizmat xonasi barcha zarur jihozlar, ko‗rgazmali stend, metodik
qo‗llanmalar, kitoblar, daftarlar va boshqa blankalar bilan DSI
tomonidan ta‘minlanadi.
Uchastka soliq inspektori xizmat vazifasini bajarishda doimiy
tarzda qishloq, mahalla va ko‗chalarda, noqulay iqlim sharoitida
yurishi, olis masofalarga qatnashini hisobga olgan holda oylik transport
xarajatlari DSI tomonidan har oylik ish haqiga qo‗shilgan
holda
to‗lanadi va kiyim-boshlari (qishki kostyum-shim, yozgi forma va oyoq
kiyimi) har yili Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan markazlashgan
tartibda ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: