Soliq tayanch punktiga biriktiriladigan xodimga qo„yiladigan talablar Soliq tayanch punktiga biriktirilgan xodim:
- soliq qonunchiligini chuqur o‗zlashtirgan, aholiga soliqlar
mohiyatini tushuntirish borasida targ‗ibot va tashviqot ishlarini
namunali tashkil qilish qobiliyatiga ega mutaxassis bo‗lishi lozim.
Soliq tayanch punktiga biriktirilgan xodimning javobgarligi: Soliq tayanch punktiga biriktirilgan xodim:
a) o‗z xizmat vazifasini bajarmagan;
b) amaldagi qonunchilikka zid harakat qilgan;
v) mehnat intizomini buzgan;
g) mazkur Nizom talablarini bajarmagan, yetarli darajada bajarma-
gan va buzganda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‗ladi.
Soliq tayanch punktining ta‟minoti Soliq tayanch punkti uchun ajratilgan xonalar:
- soliq tayanch punktiga biriktirilgan soliq xizmati xodimlari
uchun normal ish sharoiti yaratish uchun zarur sharoitlarga ega
bo‗lishi;
- soliq to‗lovchilarni, jumladan, ularning bir necha nafarini birga
qabul qilish, suhbatlar o‗tkazish uchun zarur inventarlar bilan
jihozlanishi;
- soliq to‗lovchilar uchun soliq qonunchiligiga tegishli normativ-
huquqiy hujjatlar, yo‗riqnomalar bilan ta‘minlanishi;
- kompьyuter va aloqa vositalari (USB-modem) bilan
ta‘minlanishi;
- mahalliy va markaziy matbuot nashrlariga obuna qilinishi;
- kompyuter va boshqa qiymatliklarning saqlanishini ta‘minlash
maqsadida deraza va eshiklariga temir panjara o‗rnatilgan bo‗lishi;
- qo‗riqlash uskunaci o‗rnatilgan bo‗lishi;
- yong‗in xavfsizligi moslamalari bilan jihozlanishi;