Jismoniy shaxslar


  9.5. Soliq qonunchiligini buzgan jismoniy shaxslarga



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 


304 
9.5. Soliq qonunchiligini buzgan jismoniy shaxslarga 
qo„llaniladigan choralar 
Soliq to‗lovchining Soliq kodeksda javobgarlik belgilangan 
g‗ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid 
huquqbuzarlik deb e‘tirof etiladi. 
Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik 
uchun javobgarligi o‗n olti yoshdan boshlab vujudga keladi. 
Hech kim soliqqa oid huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksda 
nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo‗yicha va tartibda javobgarlikka 
tortilishi mumkin emas.
Hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik 
uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Agar jismoniy shaxs sodir etgan soliqqa oid huquqbuzarlikda 
O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan 
jinoyat alomatlari bo‗lmasa, bu huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksda 
nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan sodir etilgan soliqqa oid 
huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanktsiyalar yuridik shaxslar uchun 
nazarda tutilgan tartibda qo‗llaniladi.
Soliq to‗lovchi soliqqa oid bir necha huquqbuzarliklar sodir etgan 
taqdirda, moliyaviy sanktsiyalar har bir huquqbuzarlikka nisbatan 
alohida-alohida qo‗llaniladi. 
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanktsiyalar 
qo‗llanilgan shaxs moliyaviy sanktsiyalar qo‗llanilgan kundan 
e‘tiboran bir yil ichida xuddi shunday huquqbuzarlikni takroran sodir 
etmagan bo‗lsa, u moliyaviy sanktsiyalarga tortilmagan hisoblanadi. 
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi 
holatlar deb quyidagilar e‘tirof etiladi: 
- og‗ir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar kechishi oqibatida 
huquqbuzarlik sodir etish;
- tahdid yoki majburlash ta‘sirida yoxud moddiy, xizmat yoki 
boshqa jihatdan qaramlik sababli huquqbuzarlik sodir etish;
- sud tomonidan javobgarlikni engillashtiruvchi deb topilishi 
mumkin bo‗lgan boshqa holatlar.
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik 
uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi 
javobgarlikni og‗irlashtiruvchi holat deb e‘tirof etiladi. 


305 
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgar-
lik chorasi bo‗lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qo‗llaniladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga — soliq 
to‗lovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‗llaniladi, soliqlar 
va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash muddati o‗tkazib yuborilganligi 
uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to‗lovchi sodir etilgan 
huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda 
to‗lagan hollar bundan mustasno.
Soliq 
to‗lovchi 
jismoniy 
shaxslarga 
nisbatan 
moliyaviy 
sanktsiyalar faqat sud tartibida qo‗llaniladi, penya hisoblash hollari 
bundan mustasno. 
Soliqlar, boshqa majburiy to‗lovlar va penya materiallar sudga 
berilgan kundan e‘tiboran o‗ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to‗langan 
taqdirda tadbirkorlik subyekti — soliq to‗lovchi o‗ziga nisbatan 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lamaganligi uchun jarimalar 
qo‗llanilishidan ozod qilinadi.
Soliq to‗lovchining, shu jumladan O‗zbekiston Respublikasi 
norezidentining, bundan bir vaqtning o‗zida davlat soliq xizmati 
organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‗yilgan holda 
davlat ro‗yxatidan o‗tkaziladigan soliq to‗lovchilar mustasno, davlat 
soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bo‗yin tovlashi quyidagi 
miqdorda jarima solinishiga sabab bo‗ladi: 
- agar faoliyat ko‗pi bilan o‗ttiz kun amalga oshirilgan bo‗lsa, — 
eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat 
natijasida olingan sof tushumning o‗n foizidan kam bo‗lmagan 
miqdorda;
- agar faoliyat o‗ttiz kundan ortiq amalga oshirilgan bo‗lsa, — eng 
kam ish haqining yuz baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat 
natijasida olingan sof tushumning ellik foizidan kam bo‗lmagan 
miqdorda.
Soliq to‗lovchining, shu jumladan O‗zbekiston Respublikasi nore-
zidentining davlat soliq xizmati organida obyektlar bo‗yicha hisobga 
turishdan bo‗yin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab 
bo‗ladi:
- agar hisobga turish bo‗yicha belgilangan muddatdan ko‗pi bilan 
o‗ttiz kun o‗tgan bo‗lsa, — eng kam ish haqining ellik baravari 
miqdorida;


306 
- agar hisobga turish bo‗yicha belgilangan muddatdan o‗ttiz 
kundan ortiq o‗tgan bo‗lsa, — eng kam ish haqining yuz baravari 
miqdorida. 
Soliq to‗lovchi — jismoniy shaxsga yoki soliq to‗lovchining 
mansabdor shaxsiga nisbatan ma‘muriy jazo qo‗llanilganidan keyin bir 
yil ichida takroran sodir etilgan soliq hisobotini o‗z vaqtida taqdim 
etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari bo‗yicha aniqlangan 
tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan 
muddatda taqdim etmaganlik — muddati o‗tkazib yuborilgan har bir 
kun uchun bir foiz miqdorida, biroq belgilangan to‗lov muddatida 
to‗lanishi lozim bo‗lgan to‗lov miqdoridan tegishli hisobot davri uchun 
ilgari hisoblangan to‗lovlar chegirib tashlangan summaning o‗n 
foizidan ko‗p bo‗lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi.
Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi 
hujjatlarsiz shug‗ullanish — faoliyatning ushbu turlarini litsenziyasiz 
yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish davrida 
olingan sof foyda miqdorida, biroq eng kam ish haqining ellik 
baravaridan kam bo‗lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash muddatlarini buzish 
— to‗lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e‘tiboran 
muddati o‗tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to‗lov kuni ham shunga 
kiradi, 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‗ladi. Bunda 
boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar bo‗yicha ortiqcha 
to‗langan summaga teng bo‗lgan qarz summasiga penya hisoblan-
maydi. Penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar 
bo‗yicha qarz summasidan oshib ketishi mumkin emas. Penya 
undirilishi soliq to‗lovchini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod 
qilmaydi. Yuridik shaxs — tadbirkorlik subyekti ixtiyoriy tugatilgan 
taqdirda, yuridik shaxslarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazuvchi organ 
ixtiyoriy tugatish to‗g‗risida qabul qilingan qaror haqida xabardor 
qilingan kundan e‘tiboran barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy 
to‗lovlar bo‗yicha penyalar hisoblash to‗xtatiladi. Ixtiyoriy tugatish 
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki 
tugatish tartib-taomili to‗xtatilgan va faoliyat qayta boshlangan 
taqdirda, penya belgilangan tartibda qo‗shib hisoblanadi hamda 
hisoblashlar to‗xtatib turilgan butun davr uchun undiriladi. 


307 
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‗lgan 
huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‗rsatilganidan kattaroq hajmda 
foydalanish yer solig‗ining summasiga ekvivalent miqdorda: 
- jismoniy shaxslarga — uch baravari miqdorida jarima solishga 
sabab bo‗ladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin