310
mablag‗lar qabul qiladigan tijorat banklaridan soliq to‗lovchi jismoniy
shaxslarning SТIRlarini qo‗yib berilishni talab qilishi kerak.
Aks holda, O‗zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik
to‗g‗risidagi kodeksining 175-moddasiga asosan soliq to‗lovchilarning
identifikatsiya raqamlarini qo‗llanish tartibini buzganligi uchun aybdor
shaxslariga nisbatan ma‘muriy jazo qo‗llashga sabab bo‗ladi.
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda soliq to‗lovchi jismoniy shaxslardan
undirilgan soliq summalari tegishlicha shaxsiy kartochkalariga to‗liq
kiritilishi ta‘minlanganda, uchastka soliq inspektorining faoliyati har
bir soliq bo‗yicha 4 balldan, jami 8 ball, aksincha 0
ball bilan
baholanadi.
g) “Report” moduli orqali dasturiy mahsulda aniqlangan xato va
kamchiliklarni bartaraf qilish holati.
Davlat soliq Qo‗mitasi tomonidan o‗tkazilayotgan tekshirishlarda
uchastka soliq inspektorlarining faoliyatida aniqlanayotgan bir qator
doimiy xarakterga ega bo‗lgan kamchiliklarni uchastka soliq
inspektorlarining o‗zlari aniqlashi hamda ularni o‗z vaqtida bartaraf
etib
borishi maqsadida, dasturiy mahsulda mavjud xato va
kamchiliklarni shakllantirish imkoniyatini berish maqsadida, dasturiy
mahsuldagi xato va kamchiliklarni aniqlash uchun ―Report‖ moduli
ishlab chiqilgan.
Uchastka soliq inspektorining faoliyati u ―Report‖moduli orqali
dasturiy mahsulda aniqlangan xato va kamchiliklarni to‗liq bartaraf
qilgan bo‗lsa-5 ball, qisman bartaraf qilgan (50 foizdan yuqori) bo‗lsa -
3 bal va bartaraf qilmagan (50 foizdan past) bo‗lsa - 0 ball bilan
baholanadi.
Dostları ilə paylaş: