308
belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan baza sifatida dasturiy
mahsulga kiritiladi.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga
tegishli soliq solinadigan
obyektlar dasturiy mahsul elektron bazasiga to‗liq kiritilgandan so‗ng,
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda to‗liq hisoblanganligi va
shaxsiy kartochkalarga kiritilganligini nazorat qiladilar.
Bunda, uchastka soliq inspektorlari Soliq kodeksining 176-
moddasida mol-mulk solig‗i bo‗yicha nazarda tutilgan soliq stavkasini
qo‗llashning o‗ziga xos xususiyatlari, xususan, soliq solish obyektlari
jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan
yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga
berilgan taqdirda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‗lgan
yashash uchun mo‗ljallanmagan joylar bo‗yicha jismoniy shaxslarning
mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan
stavka bo‗yicha hisoblanishini inobatga olish lozim.
Shu kabi, Soliq kodeksining 291-moddasida yer solig‗i bo‗yicha
nazarda tutilgan soliq stavkasini qo‗llashning o‗ziga xos xususiyatlari,
xususan, tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala
hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa inshootlar,
joylar
yuridik shaxsga yoki tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer
uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗i yuridik
shaxslardan olinadigan yer solig‗ini to‗lash uchun belgilangan
stavkalar bo‗yicha undirilishi hamda ularga Soliq kodeksining 290-
moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmasligiga inobatga
olinishi shart.
Qayd qilish lozimki, mol-mulk va yer soliqlari bo‗yicha
hisoblangan soliq summalari shaxsiy kartochkalarda to‗lash muddatida
(15
oktyabr)
ko‗rsatilishini
inobatga
olib,
uchastka
soliq
inspektorlarining faoliyatini baholashda
yer maydoni va mulkning
inventarizatsiya qiymati dasturiy mahsul bazasiga kiritilganligiga
asosiy e‘tibor qaratilgan.
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda kadastr idoralari taqdim etgan
ma‘lumotlar asosida soliq obyektlari bo‗yicha yer maydoni va mulk
qiymati dasturga to‗liq kiritilishi hamda hisoblangan yer solig‗i va mol-
mulk
solig‗i
summalari
shaxsiy
kartochkalarga
o‗tkazilishi
ta‘minlangan taqdirda, uchastka soliq inspektorining
faoliyati har bir
soliq turi uchun 5 balldan, jami 10 ball, aksincha 0 ball bilan
baholanadi.