297
xizmati tizimi xodimlarining kasbiy mehnatini mukofotlash va ijtimoiy
qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida»gi 140-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan
Nizom asosida amalga oshiriladi.
O‗ziga
biriktirilgan
uchastkasida
hisoblangan
soliqlarni
muddatidan oldin byudjetga to‗lanishini ta‘minlagan, qo‗shimcha
manbalarni aniqlashda boshqa uchastka soliq inspektorlariga o‗rnak
ko‗rsatgan, aholi o‗rtasida soliq to‗g‗risidagi qonunlarni targ‗ibot va
tashviqot qilish ishlarini namunali tashkil etib, soliq to‗lovchilarning
hurmat va ishonchiga sazovor bo‗lgan, baholash mezonlari bo‗yicha
yuqori ko‗rsatkichlarga erishgan uchastka soliq inspektorlarining oylik
ish haqiga «Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy
rag‗batlantirish maxsus jamg‗armasi to‗g‗risida»gi Nizomning (ro‗yxat
raqami 177, 1995 yil 20 sentyabr) 3.2-bandiga muvofiq byudjet
mablag‗larining moddiy rag‗batlantirish jamg‗armasi hisobidan
lavozim maoshining 50 foizdan ko‗p bo‗lmagan miqdorda, lozim
bo‗lgan hollarda soliq organlarini rivojlantirish jamg‗armasi hisobidan
ustama to‗lanadi. Davlat soliq qo‗mitasining 2011 yil 23 yanvardagi
«O‗zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari uchastka
soliq inspektorlarining faoliyatini baholash tartibini tasdiqlash
to‗g‗risida»gi 14-sonli buyrug‗iga asosan, uchastka soliq inspektorlari
har oy yakuni bilan davlat soliq inspektsiyasi va har chorak yakuni
bilan hududiy davlat soliq boshqarmasi tomonidan rag‗batlantirib
boriladi, shuningdek eng yuqori ko‗rsatkichga erishgan namunali
uchastka soliq inspektorlari Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan yiliga bir
marotaba alohida rag‗batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: