Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Notarial harakatlar bajarilganligi uchun davlat boji undirishning 
o„ziga xos xususiyatlari
Notarial 
harakatlar 
davlat 
notarial 
idoralari 
tomonidan 
bajarilganligi uchun davlat boji notarial harakatlar amalga oshirilganda 
undiriladi, notarial idoralardagi ishlarda mavjud bo‗lgan hujjatlarning 
dublikatini, hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun esa ular 
berilayotganda undiriladi. 
Davlat boji to‗lashdan bir taraf ozod etiladigan bitimlar bo‗yicha 
davlat bojini boshqa taraf to‗liq to‗laydi. 
Davlat notarial idorasi depozitiga qabul qilish uchun pul summalari 
pochta orqali yoki bankdan kelib tushgan hollarda davlat bojining 
tegishli summalari kelib tushgan puldan ushlab qolinadi, ularning 
qoldig‗i esa depozitga qabul qilinadi. Ushlab qolingan davlat boji 
summalari davlat notarial idorasi depozit summalarini bankka 
navbatdagi topshirish chog‗ida byudjetga o‗tkazilib, bank kvitansiyasi 
notarial idora ishlarida saqlanadi. 
Davlat notarial idorasi binosidan tashqarida amalga oshiriladigan 
notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, 
ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan 
shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash bundan 
mustasno. 
Merosga bo‗lgan huquq to‗g‗risida guvohnoma berganlik uchun 
davlat boji meros ochilgan kunda (meros qoldiruvchi vafot etgan 
kunda) vorislik tartibida o‗tayotgan butun mol-mulkning qiymatidan 
undiriladi. 
Bir nechta merosxo‗r (shu jumladan qonun bo‗yicha, vasiyatnoma 
bo‗yicha va merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega merosxo‗rlar) 
bo‗lgan hollarda davlat boji har bir merosxo‗rga tegishli meros 
ulushidan hisoblab chiqariladi. 
Voyaga etmagan merosxo‗rlar bo‗lgan (shu jumladan meros 
qoldiruvchilarning bolalari bo‗lmagan) taqdirda ham davlat boji butun 
meros mol-mulk qiymatidan hisoblab chiqariladi, lekin faqat voyaga 
yetgan merosxo‗rlardan ularning merosdagi ulushiga tegishli 
summadan undiriladi. 
Agar 
merosga 
bo‗lgan 
huquq 
to‗g‗risidagi 
guvohnoma 
merosxo‗rlarning arizasi bo‗yicha meros mol-mulkning bir qismiga 
berilayotgan bo‗lsa, davlat boji berilayotgan guvohnomada ko‗rsatilgan 
mol-mulk qismining qiymati uchun belgilangan stavka bo‗yicha 


277 
hisoblab chiqariladi. Keyinchalik mol-mulkning qolgan qismiga 
guvohnoma berilganida davlat boji mol-mulkning umumiy qiymatidan 
hisoblab chiqariladi, to‗lashga esa hisoblab chiqarilgan summa bilan 
birinchi guvohnoma berilganligi uchun to‗langan summa o‗rtasidagi 
farq taqdim etiladi. 
Qonun bo‗yicha bir vaqtning o‗zida boshqa merosxo‗rlar mavjud 
bo‗lgan taqdirda, meros mol-mulkning bir qismi merosxo‗rlarga 
vasiyatnoma bo‗yicha o‗tgan hollarda davlat boji vasiyatnoma bo‗yicha 
mol-mulk qiymatidan alohida hisoblab chiqariladi, qolgan mol-mulk 
qiymatidan esa umumiy tartibda hisoblab chiqariladi. 
Qonun bo‗yicha va vasiyatnoma bo‗yicha meros qilib olinayotgan 
mol-mulkdan merosning majburiy ulushi ajratilgan hollarda davlat boji 
qonunga binoan vorislik huquqi bo‗yicha o‗tayotgan butun mol-mulk 
qiymatidan, shu jumladan majburiy ulush bilan birga hisoblab 
chiqariladi.
Sudlarning ilgari berilgan guvohnomalar haqiqiy emasligi 
to‗g‗risidagi hal qiluv qarorlari asosida beriladigan merosga bo‗lgan 
huquq to‗g‗risidagi takroriy guvohnomalar uchun davlat boji umumiy 
asoslarda undiriladi. Bunda birlamchi guvohnoma uchun to‗langan 
davlat boji summasi qaytarilishi yoki soliq to‗lovchining arizasiga 
ko‗ra yangi guvohnoma berganlik uchun beriladigan summa hisobiga, 
agar summalar byudjetga o‗tkazilgan kundan e‘tiboran fuqarolik qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan da‘vo muddati tugamagan bo‗lsa, 
o‗tkazilishi lozim. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan har 
qanday shartnoma takroran tasdiqlangan taqdirda, masala xuddi 
shunday tartibda hal qilinadi. 
Davlat notarial idorasi reyestrida takroriy guvohnomalar va 
shartnomalarni qayd qilishda tegishli katakchada davlat boji qachon va 
qancha summada undirilganligi hamda undirish to‗g‗risidagi yozuv 
qayerda borligi ko‗rsatiladi. Bunda notarial idora ishlarida qoladigan 
asosiy hujjatlarga sudning tegishli guvohnomalar va shartnomalarni 
haqiqiy emas deb topish to‗g‗risidagi hal qiluv qarorlari ilova qilinishi 
kerak. 
Kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan sertifikatlar va 
akkreditivlarga doir merosga bo‗lgan huquq to‗g‗risida guvohnoma 
berganlik uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi. 
Er-xotinning birgalikda yashaganda olingan va er-xotindan 
birining vafotidan keyin qolgan mol-mulkka doir merosga bo‗lgan 


278 
huquq to‗g‗risida guvohnoma berganlik uchun davlat boji meros 
bo‗yicha haqiqatda o‗tayotgan mol-mulk qismining qiymatidan 
undiriladi. 
Davlat boji mutanosib ravishda undiriladigan notarial harakatlar 
bajarilganda uni hisoblab chiqarish taraflar ko‗rsatgan summadan 
ushbu moddada belgilangan qoidalarga rioya etgan holda amalga 
oshiriladi. 
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralar, dala 
hovlilari, garajlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlarni boshqa 
shaxsga o‗tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji 
summasi ularning turar joyi yoki umumiy maydonidan kelib chiqqan 
holda hisoblab chiqariladi. 
To‗lovlar vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan shartnomalarni 
tasdiqlashda davlat boji shartnoma bo‗yicha u amal qilgan butun vaqt 
uchun to‗lovlarning umumiy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab 
chiqariladi va undiriladi. Agar shartnoma uning amal qilish muddati 
ko‗rsatilmagan holda tuzilgan bo‗lsa, davlat boji shartnoma bo‗yicha 
uch yil uchun to‗lovlar summasidan kelib chiqqan holda hisoblab 
chiqariladi va undiriladi. 
Eng kam va eng ko‗p summa ko‗rsatilgan shartnomalarni 
tasdiqlashda davlat boji eng ko‗p summadan kelib chiqqan holda 
hisoblab chiqariladi va undiriladi. 
Talablardan o‗zganing foydasiga voz kechish va qarzni o‗tkazish 
to‗g‗risidagi, ilgari tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini 
uzaytirish to‗g‗risidagi yoki shartnomaning dastlabki summasini 
ko‗paytirish to‗g‗risidagi shartnomalarni tasdiqlashda davlat boji 
amalga oshirilmagan huquqlarni hamda ijro etilmagan majburiyatlarni 
baholashdan yoxud ilgari tuzilgan shartnoma summasi ko‗payayotgan 
summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi. 
Ayirboshlash shartnomalari bo‗yicha davlat boji qiymati yuqori 
bo‗lgan mol-mulkdan hisoblab chiqariladi. 
Shartlariga ko‗ra to‗lovlar summasida ijaraga oluvchi tomonidan 
quriladigan imoratlar va boshqa inshootlar, xonalarni jihozlash qiymati, 
shuningdek ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan kapital 
ta‘mirlash va boshqa shu kabilarning qiymati hisobga olinadigan mulk 
ijarasi shartnomasini tasdiqlashda hisoblab chiqariladigan va 
undiriladigan 
davlat 
bojining 
summasi 
amalga 
oshiriladigan 
xarajatlarning qiymati hisobga olingan holda belgilanadi. 


279 
Ijro yozuvlari bo‗yicha yozuvni amalga oshirganlik uchun tegishli 
davlat boji summasi undiruvchi uni to‗lashdan ozod qilingan taqdirda 
yozuv bo‗yicha qarz undirilayotganda qarzdordan undiriladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin