Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to„lashdan 
ozod qilish
Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‗lashdan 
quyidagilar ozod qilinadi: 


267 
1) shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur 
bo‗lgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish to‗g‗risidagi 
ishlar yuzasidan hujjatlarning ko‗chirma nusxalari to‗g‗riligini ularga 
tasdiqlab berganlik uchun; 
2) shaxslar — mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik 
shaxslar foydasiga hadya qilish to‗g‗risidagi vasiyatnomalari va 
shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;
3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga 
davlatning merosga bo‗lgan huquqi to‗g‗risidagi guvohnomalarni 
(guvohnomalarning 
dublikatini) 
berganlik, 
shuningdek 
ushbu 
guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur 
bo‗lgan barcha hujjatlar uchun; 
4) nogironlarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, 
o‗quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial 
harakatlar bo‗yicha; 
5) shaxslar — ularga quyidagilar uchun merosga bo‗lgan huquqi 
to‗g‗risida guvohnoma berganlik uchun: 
- Vatanni himoya qilish chog‗ida, boshqa davlat yoki jamoat 
vazifalarini bajarayotganligi munosabati bilan yoxud inson hayotini 
qutqarish, davlat mulkini va huquq-tartibotni muhofaza qilish bo‗yicha 
fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok bo‗lgan 
shaxslarning mol-mulki uchun; 
- uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi pay 
uchun, agar ular meros qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga 
yashagan, turar joyda qayd etilgan bo‗lsa va meros qoldiruvchining 
vafotidan keyin ham shu uy-joyda (kvartirada) yashayotgan bo‗lsa; 
- banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sug‗urta shartnomalari 
bo‗yicha sug‗urta summalari, davlat zayom obligatsiyalari uchun, ish 
haqi summalari uchun;
- fan, adabiyot va san‘at asarlari, ixtiro, selektsiya yutug‗i, foydali 
model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasi 
muallifining mulkiy huquqlari, shuningdek ijrochining ijroga doir 
mulkiy huquqlari uchun;
- fan, adabiyot va san‘at asarlari, ixtiro, selektsiya yutug‗i, foydali 
model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasini 
yaratish va ulardan foydalanish, shuningdek ijrolarni yaratish hamda 
ulardan foydalanish haqi summalari uchun. 


268 
6) shaxslar — pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani 
tasdiqlatganlik uchun; 
7) onalar — ko‗p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar 
berilganligi haqidagi ishlar bo‗yicha hujjatlar ko‗chirma nusxalarining 
to‗g‗riligini tasdiqlab berganlik uchun; 
8) maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi 
ta‘minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‗g‗risidagi ijro 
yozuvlarini amalga oshirganlik uchun; 
9) moliya organlari — farzandlarining O‗zbekiston Respublikasi 
Xalq ta‘limi vazirligining ixtisoslashtirilgan maktablaridagi ta‘minoti 
uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‗g‗risidagi ijro yozuvlarini 
amalga oshirganlik uchun; 
10) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etish va halok 
bo‗lish hodisasiga korxonalar va tashkilotlar hisobidan sug‗urta 
qilingan jismoniy shaxslarning merosxo‗rlari — sug‗urta puliga 
vorislik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berganlik uchun; 
11) surunkali ruhiy kasallikka chalingan, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda vasiylik belgilangan shaxslar — mol-mulkka 
vorislik qilishlari to‗g‗risida guvohnoma olganliklari uchun; 
12) O‗zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda uning 
joylardagi organlari — xodimlarni tashkiliy yo‗sinda ishga qabul qilish 
tartibida tuziladigan mehnat shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun; 
13) 1941—1945 yillardagi urush nogironlari, 1941—1945 
yillardagi urush frontlarida yaralangan shaxslar va 1941—1945 
yillardagi urush frontlarida halok bo‗lgan yoki bedarak yo‗qolgan 
shaxslarning oila a‘zolari, 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari 
hamda Vatanni himoya qilishda va Sovet Armiyasida o‗z xizmat 
burchini o‗tayotganda yaralangan shaxslar, Afg‗oniston Respublikasida 
baynalmilal burchini o‗tagan shaxslar, shuningdek 1986—1987 
yillarda Chernobil AESining zaharlangan mintaqasi doirasida avariya 
oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, 1986 yilda Chernobil 
AESidagi 
avariya 
munosabati 
bilan 
zaharlangan 
mintaqadan 
ko‗chirilgan (shu jumladan, o‗z ixtiyori bilan chiqib ketgan) shaxslar, 
agar ular vafot etgan bo‗lsa, ularning oila a‘zolari — imtiyozlar 
berilishi uchun zarur bo‗lgan hujjatlar ko‗chirma nusxalarining 
to‗g‗riligini tasdiqlatganligi uchun; 
14) O‗zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — 
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‗yicha to‗lanishi kerak 


269 
bo‗lgan mukofotning undirilishi to‗g‗risidagi ijro yozuvlarini amalga 
oshirganlik uchun; 
15) shaxslar — ularga yo‗lovchilarning majburiy sug‗urtasi 
yuzasidan sug‗urta summalariga hamda fuqarolarga qarashli mol-
mulkning majburiy sug‗urtasi yuzasidan sug‗urta tovoni summalari 
bo‗yicha merosga bo‗lgan huquqi to‗g‗risida guvohnoma berganlik 
uchun; 
16) fermer xo‗jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‗rlar 
— ularga fermer xo‗jaligining mol-mulki bo‗yicha merosga bo‗lgan 
huquqi to‗g‗risida guvohnoma berganlik uchun; 
17) yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‗jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‗rlar — 
ularga dehqon xo‗jaligi mol-mulki bo‗yicha merosga bo‗lgan huquqi 
to‗g‗risida guvohnoma berganlik uchun; 
18) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-
foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni to‗lash va kommunal 
xizmatlar to‗lovi bo‗yicha qarzlarni undirish to‗g‗risidagi ijro 
yozuvlarini amalga oshirganlik uchun.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin