Davlat bojini to„lash va hisobga o„tkazish tartibi
Davlat boji, agar boshqacha qoida belgilanmagan bo‗lsa, davlat
boji undiriladigan harakatlar amalga oshirilguniga qadar naqd pulli
yoki naqd pulsiz shaklda to‗lanadi.
To‗lovchining davlat bojini naqd pulsiz shaklda to‗laganligi fakti
bankning to‗lov ijro etilganligi to‗g‗risidagi belgisi bo‗lgan to‗lov
topshiriqnomasi bilan tasdiqlanadi.
To‗lovchining davlat bojini naqd pul shaklida to‗laganligi fakti
bank tomonidan to‗lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi
kvitansiya yoki O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi belgilagan shaklda
to‗lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud davlat organi va
tashkilotning kassasi tomonidan to‗lovchiga beriladigan kvitansiya
bilan tasdiqlanadi.
Davlat bojini to‗lashning o‗ziga xos xususiyatlari amalga
oshirilayotgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarning turiga,
to‗lovchilarning toifalariga yoki boshqa holatlarga ko‗ra Soliq
kodeksning 337, 338, 339 va 340-moddalarida belgilanadi.
Davlat boji to‗lov hujjatlari asosida byudjet tasarrufiga o‗tkaziladi,
davlat bojining xizmatlari uchun davlat boji undirilayotgan davlat
organi tasarrufida qoldirilayotgan qismi bundan mustasno.
Davlat bojining bir qismi davlat organi tasarrufida qoldirilgan
taqdirda, davlat boji keyinchalik mablag‗lar byudjet va davlat organi
o‗rtasida qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‗yicha
taqsimlangan holda yagona hisob varag‗iga to‗lanadi.
Davlat bojining davlat organi tasarrufida qoldiriladigan miqdori
qonun hujjatlarida belgilanadi.
Mulkiy nizo bo‗yicha sudga da‘vo arizasi berilganda, shuningdek
mol-mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasini notarial
272
tartibda tasdiqlashda, merosga bo‗lgan huquqni rasmiylashtirishda,
agar da‘vo qiymati, shartnoma summasi yoki meros miqdori chet el
valyutasida belgilansa, davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan
hollarda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan tartibda chet el valyutasida undirilishi mumkin.
Sudlarda davlat bojini undirishning o„ziga xos xususiyatlari
Sudlarga beriladigan da‘vo arizalaridan, alohida tartibda
yuritiladigan
ishlar
bo‗yicha
arizalardan,
ma‘muriy-huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‗yicha sudlarga beriladigan
shikoyatlardan, sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya,
kassatsiya va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, shuningdek sudlar
tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun davlat boji
quyidagi tartibda undiriladi:
- shartnomalarni haqiqiy emas deb e‘tirof etish to‗g‗risidagi,
shartnomalarni bekor qilish to‗g‗risidagi yoki ularning shartlariga
o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqidagi da‘vo arizalariga
shartnoma to‗laligicha yoki uning biron bir qismi nizolashilayot-
ganligidan qat‘i nazar, shartnoma oldi nizolari bo‗yicha arizalar uchun
belgilangan stavkalar bo‗yicha to‗lanadi;
- qarshi da‘vo arizalaridan, shuningdek‚ uchinchi shaxslarning
ishga mustaqil da‘vo talablari bilan kirishganligi to‗g‗risidagi
arizalardan davlat boji umumiy asoslarda undiriladi;
- Sud dastlabki da‘vogarni uning roziligi bilan boshqa shaxs bilan
almashtirganda, bu shaxs davlat bojini umumiy asoslarda to‗lashi
kerak.
Ishdan dastlabki da‘vogar chiqib ketgan va u huquqiy voris bilan
almashtirilgan hollarda, davlat boji, agar u dastlabki da‘vogar
tomonidan to‗lanmagan bo‗lsa, huquqiy vorisdan undiriladi.
Sudya bir yoki bir nechta birlashgan da‘vo talablarini alohida ish
yuritish uchun ajratgan taqdirda, da‘vo taqdim etilganda to‗langan
davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. Alohida ish
yurituvga ajratganlik yuzasidan davlat boji ikkinchi bor to‗lanmaydi.
Ilgari ko‗rmasdan qoldirilgan takroran berilgan arizalar bo‗yicha
davlat boji qaytadan umumiy asoslarda to‗lanadi. Agar ariza
ko‗rmasdan qoldirilganligi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi
kerak bo‗lgan, lekin qaytarilmagan bo‗lsa, agar davlat boji byudjetga
o‗tkazilgan kundan e‘tiboran fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq
273
da‘vo muddati tugamagan bo‗lsa, davlat boji to‗langanligi to‗g‗risidagi
dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin.
Davlat boji hisoblab chiqariladigan da‘vo bahosi da‘vogar
tomonidan, belgilangan hollarda esa, fuqarolik protsessual va xo‗jalik-
protsessual qonun hujjatlariga muvofiq sud tomonidan aniqlanadi.
Agar ishni muhokamaga tayyorlash paytida da‘vogar alimentlarni
undirish to‗g‗risidagi ishni tugatish haqida ariza bergan bo‗lsa, bunday
hollarda javobgardan davlat boji undirilmaydi.
Da‘vogar tomonidan da‘vo talablari kamaytirilgan taqdirda,
to‗langan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi.
Da‘vo summasi ko‗paytirilgan taqdirda, davlat bojining
yetishmayotgan summasi da‘voning ko‗paytirilgan summasiga
muvofiq undiriladi.
Da‘vogar davlat bojini to‗lashdan ozod etilgan taqdirda da‘vo
qanoatlantirilsa, davlat boji javobgardan (agar u davlat bojini
to‗lashdan ozod etilmagan bo‗lsa) davlat daromadiga belgilangan da‘vo
summasiga muvofiq undiriladi.
Da‘vo birgalikda bir nechta da‘vogar tomonidan bir yoki bir nechta
javobgarga nisbatan taqdim etilganda, davlat boji da‘voning umumiy
summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va da‘vogarlar
tomonidan ular qo‗ygan talablar ulushiga mutanosib tarzda to‗lanadi.
Da‘voning umumiy summasidan kelib chiqqan holda davlat boji
quyidagi hollarda ham undiriladi:
- da‘vo da‘vogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim
etilganda;
- da‘vo arizalarini qabul qiladigan sudya bir tusdagi bir necha
talabni bir ish yurituviga birlashtirganda.
Davlat bojini to‗lashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta da‘vogar
tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan da‘vo to‗liq
yoki qisman qanoatlantirilganda davlat bojini undirish sudning hal
qiluv qaroriga binoan har bir javobgardan belgilangan qarz
summasidan kelib chiqqan holda alohida-alohida amalga oshiriladi.
Agar bunday da‘vo bir nechta da‘vogarlar tomonidan bir javobgarga
nisbatan taqdim etilgan bo‗lsa, davlat boji javobgardan umumiy
belgilangan qarz summasidan kelib chiqqan holda byudjetga undiriladi.
Sud boshqa shaxsni ikkinchi javobgar sifatida jalb qilgan va da‘vo
summasining bir qismini bir javobgardan, qolgan qismini esa
ikkinchisidan undirishga hukm qilgan taqdirda va, agar bunda da‘vogar
274
davlat bojini to‗lashdan ozod qilingan bo‗lsa, davlat boji da‘voning
qanoatlantirilgan umumiy summasidan hisoblab chiqariladi hamda har
bir javobgardan unga belgilangan da‘vo summasi miqdoriga mutanosib
ravishda byudjetga undiriladi.
Davlat bojini to‗lashdan ozod qilingan da‘vogar o‗z talablarini
da‘vo berilganidan keyin ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda
to‗liq yoki qisman qanoatlantirilganligi tufayli qo‗llab-quvvatlamagan
hollarda davlat bojining summasi javobgardan sud ajrimi bo‗yicha
byudjetga undirilishi lozim.
Da‘vogar arizada da‘vo summasini ko‗rsatmagan hollarda sudya
da‘vo arizasini qabul qilish asnosida, da‘voning taxminiy bahosidan
kelib chiqqan holda to‗lanishi lozim bo‗lgan davlat bojining miqdorini
dastlabki tarzda belgilaydi. Agar sud hal qiluv qarorini chiqarganda
da‘voning umumiy summasi oshsa, davlat boji da‘voning oshgan
summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda vujudga
kelgan farq da‘vogardan yoki da‘vo to‗liq qanoatlantirilgan taqdirda —
javobgardan byudjet daromadiga undirilishi lozim. Sud qonun
hujjatlarida belgilangan hollarda ish holatlariga bog‗liq ravishda
da‘vogar arizada ko‗rsatgan talablar doirasidan chiqib ketganda, davlat
boji shunday tartibda hisoblab chiqariladi. Bunday hollarda da‘vo
qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji javobgardan da‘voning
qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi, davlat
bojining qolgan qismi esa da‘vogardan undirilishi lozim.
Sud mol-mulkni meros qilib olish huquqi to‗g‗risida hal qiluv
qarori qabul qilgan taqdirda, davlat boji mol-mulkning umumiy
qiymatidan kelib chiqqan holda sud tomonidan hisoblab chiqariladi va
har bir merosxo‗rdan uning ulushiga mutanosib ravishda undiriladi.
Mol-mulkka bo‗lgan mulk huquqi to‗g‗risidagi, mol-mulkni talab
qilib olish to‗g‗risidagi, mol-mulkdagi ulushga bo‗lgan huquqni e‘tirof
etish to‗g‗risidagi, umumiy mol-mulkdan ulush ajratish to‗g‗risidagi va
merosxo‗rlarning o‗zlariga tegishli mol-mulk ulushini talab qilib olish
to‗g‗risidagi da‘vo arizalari uchun davlat boji ushbu mol-mulk yoki
uning ulushi qiymatidan kelib chiqqan holda to‗lanishi lozim.
Bir vaqtning o‗zida mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega bo‗lgan
da‘vo arizalari uchun mulkiy xususiyatdagi da‘vo arizalari uchun
belgilangan stavkalar bo‗yicha va nomulkiy xususiyatdagi da‘vo
arizalari uchun belgilangan stavkalarga ko‗ra har bir talab bo‗yicha
alohida-alohida davlat boji to‗lanadi.
275
Qiymat jihatidan baholanmaydigan talablar (o‗zboshimchalik bilan
egallangan joylarni bo‗shatish to‗g‗risidagi, natura shaklida maydon
berish to‗g‗risidagi, topshirish balansini qabul qilishga majburlash
bilan bog‗liq nizolar va boshqalar) nomulkiy xususiyatdagi da‘vo
arizalari jumlasiga kiradi.
Nikohni bekor qilish bilan bir vaqtda mol-mulkni bo‗lish
to‗g‗risidagi da‘vo arizalaridan nikohni bekor qilganlik uchun va mol-
mulkni bo‗lganlik uchun davlat boji undiriladi.
Arizani (iltimosnomani) qabul qilishni rad etishga yoki ish
yuritishni tugatishga asos bo‗lgan sharoitlar bartaraf etilganidan so‗ng
takroran beriladigan arizalarga, davlat boji takroran to‗lanishining
oldini olish uchun, davlat boji to‗langanligi to‗g‗risidagi dastlabki
hujjat ilova qilinishi mumkin.
Arizachi davlat bojini to‗lashdan ozod qilingan hollarda da‘vo
qanoatlantirilgan taqdirda davlat boji, agar javobgar davlat bojini
to‗lashdan ozod qilinmagan bo‗lsa, qanoatlantirilgan da‘vo talablari
miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan undiriladi.
Muayyan sudda ko‗rilishi kerak bo‗lgan bir necha ishlar uchun bir
to‗lov topshiriqnomasi bo‗yicha davlat boji o‗tkazilgan hollarda
topshiriqnoma ishlarning biriga ilova qilinadi. Mazkur ish bo‗yicha
to‗langan davlat bojining summasi to‗g‗risida qolgan ishlarga belgi
qo‗yiladi va to‗lov topshiriqnomasi qo‗shib qo‗yilgan ish ko‗rsatiladi.
Sud buyrug‗i bekor qilingan taqdirda, undiruvchi tomonidan
to‗langan davlat boji qaytarilmaydi. Da‘vo undiruvchi tomonidan
qarzdorga nisbatan da‘vo ishini yuritish tartibida qo‗zg‗atilgan taqdirda
u to‗lanishi lozim bo‗lgan davlat boji hisobiga olinadi.
Pul mablag‗lari mavjud bo‗lmagan, bu xizmat ko‗rsatuvchi bank
tomonidan
tasdiqlangan
taqdirda,
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug‗ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy yurisdiktsiya
sudining, xo‗jalik sudining ajrimiga ko‗ra davlat bojini kechiktirib
to‗lashga ruxsat berilishi mumkin. Bank tasdig‗ida umumiy
yurisdiktsiya sudiga, xo‗jalik sudiga murojaat qilingan sanadan ko‗pi
bilan uch kun oldingi sana qayd etilgan bo‗lishi lozim.
Aksiyadorlar
aksiyadorlik
jamiyatining
faoliyatidan
kelib
chiqadigan nizolar bo‗yicha o‗z huquqlari va qonuniy manfaatlari
buzilganligi to‗g‗risidagi da‘vo bilan xo‗jalik sudiga murojaat qilgan
taqdirda aksiyadorlarga davlat bojini to‗lash muddati kechiktirilib, bu
boj keyinchalik aybdor tarafdan undirib olinadi.
|